1-mavzu: Olovli ishlarni bajarishda yong‘in xavfsizligi talablarini tartibga soluvchi normativ hujjatlar.
Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora tadbirlar. Olovli ishlarni bajarishda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mansabdor shaxslar va ishchilarning majburiyati va javobgarligi (2 soat).
Olovli ishlarni bajarishda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning tartibga soluvchi asosiy normativ huquqiy hujjatlar.
Olovli ishlarni bajarishni tashkil etish tartibi. Olovli ishlarni bajarish bosqichlari. Olovli ishlarni bajarishga tayyorlash va o‘tkazish uchun javobgar shaxslarning majburiyatlari. Olovli ishlar bajarilishini rasmiylashtirish bosqichlari.
Olovli ishlarni bajaruvchilarga qo‘yiladigan talablar.
Olovli ishlarni bajarishda mas’ul shaxslar va ijrochilarning yong‘in xavfsizligi va texnika xavfsizligi talablarini buzganlik uchun javobgarlik.
2-mavzu: Olovli ishlarning yong‘in xavfliligi. Yong‘in kelib chiqishining asosiy sabablari. Olovli ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan modda va materiallarning yong‘in xavfliligi (2 soat).
Yong‘in xavfini keltirib chiqaruvchi omillar. Modda va materiallarning yong‘in va portlash xavfliligining asosiy ko‘rsatgichlari, yonuchan muhiti.
Olovli ishlarni bajarishda foydaliniladigan apparatlar tuzilishi va ularning yong‘in xavfliligi. Olovli ishlarni bajarishda yondirish manbai, ularning tasnifi va energetik xususiyatlari. Yong‘in tarqalishining asosiy yo‘llari va uning xavflari omillari.
Yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan omillar, ularning ahamiyati.
Olovli ishlarni bajarish natijasida respublikada va chet davlatlarda sodir bo‘lgan yong‘inlar statistikasi va tahlili. Gaz payvandlash, elektr payvandlash, kavsharlash lampalaridan foydalanish, temirni kesish, bitum va qatronlarni eritish hamda uchqun chiqarish bilan bog‘liq boshqa ishlarni olib borishda (ishlarni olib borish qoidalarini buzish, uskunalarning nosozligi, ish yakunlangandan so‘ng ishlar olib borilgan joylarni nazoratsiz qoldirish va boshqalar) yong‘in chiqish sabablari.