10-mavzu. Amaliy mashg‘ulot (1 soat).
Yong‘in (alanga) aniqlaganda harakat qilish tartibini o‘rganish. Jabrlanuvchilarga tez tibbiy yordam kelgunga qdar birinchi yordam ko‘rsatish.
Yong‘in-texnik minimumi bo‘yicha bilimlarni sinovdan o‘tkazish (1 soat).
3-§. G‘alla ekinlari hosilini o‘rib-yig‘ib olish, dag‘al yem-xashaklarni tayyorlash va saqlashga jalb etilgan ishchilar uchun yong‘in-texnik minimumi dasturi
1-mavzu. Kirish (0,5 soat).
Respublikada sodir bo‘lgan yong‘inlar, ularlarning sabablari va oqibatlari to‘g‘risida statistika ma’lumotlari. G‘alla ekinlari hosilini o‘rib-yig‘ib olish, dag‘al yem-xashaklarni (pichan, somonni) tayyorlash, taxlash va saqlash bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligi obyektlarida sodir bo‘lgan yong‘inlar to‘g‘risida misollar. Yong‘inning oldini olish vazifalari.
Ishchilarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasidagi huquq va majburiyatlari, yong‘in xavfsizligi qonunchiligini buzganlik uchun javobgarligi. Davlat yong‘in nazorati organlari xodimlarining huquqlari, yong‘in xavfsizligi qonunchiligini buzganlik uchun ta’sir choralari turlari.
2-mavzu. Qishloq xo‘jaligi obyektlarida va turar joylarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning umumiy talablari (2 soat).
Hududni, yong‘inga qarshi oraliqlar, yo‘llar, yong‘inga qarshi suv ta’minoti manbalarini saqlash. Elektr uskunalari, isitish tizimlari va qurilmalaridan foydalanishda yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlar. Chekish va ochiq olovdan foydalanish tartibi. Bino va inshootlarda yong‘in xavfsizligining umumiy talablari. Yonuvchi suyuqliklar va yonuvchi gazlardan foydalanishdagi yong‘in xavfsizligi qoidalari. Turar joylarda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘inlarni o‘chirish uchun jamoatchilikni jalb qilish (tashkilotlarning YOTK va KYoSB). KYoSK haqida umumiy ma’lumot va ularning qishloq joylari uchun ahamiyati.
3-mavzu. Ish joyida yong‘in xavfsizligi choralari (2 soat).
Foydalanilayotgan qishloq xo‘jalik texnikalari, agregatlari, qurilmalari, shuningdek, ishlatilayotgan modda va materiallarning yong‘in xavfi xususiyatlari.
Ish joyidagi yong‘inga qarshi rejim.
G‘alla ekinlari hosilini o‘rib-yig‘ib olish, dag‘al yem-xashaklarni (pichan, somonni) tayyorlash, taxlash va saqlashda yong‘in xavfsizligi choralari. Ish joyida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in yoki avariyaviy holatlarning ehtimoliy sabablari. Yong‘in yoki avariya holatlarida yong‘inlarning oldini olish maqsadida ishchilar ishga kirishganda va uning yakunidagi harakatlari.