7-mavzu: Tashkilotda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy asoslari (5 soat).
Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mas’ul shaxslarni tayinlash. Yong‘in-texnik komissiyasiyalar (keyingi o‘rinlarda — Komissiya): asosiy vazifalari va funksiyalari, Komissiyani tashkil etish tartibi va ishini tashkil etish, Komissiya a’zolari ishini ma’naviy rag‘batlantirish, ularining huquqlari, faoliyatini rasmiylashtirish, yong‘inga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Ko‘ngilli yong‘indan saqlash bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — KYoSB): asosiy vazifalari, bo‘linmalarni tashkil etish tartibi va ishini tashkil etish, huquqlari va majburiyatlari, KYoSB uchun belgilangan imtiyozlar va ma’naviy rag‘batlantirish, ishchilarni KYoSB a’zoligidan chiqarish. KYoSBning ish tartibi.
Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ishchilarni tayyorlash va bilimlarini tekshirish (yong‘inga qarshi yo‘riqnoma, yong‘in-texnik minimum). Obyektda yong‘inga qarshi rejim. Yong‘inga qarshi yo‘riqnoma. Yong‘inga qarshi targ‘ibot. Yong‘in xavfsizligi va hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash uchun axborot stendlari.
Obyektlarda sodir bo‘lgan yong‘inlarni hisobga olish: yong‘inlarni davlat (idoraviy) statistik hisobga olish. Davlat (idoraviy) statistika ma’lumotlari noto‘g‘ri berilganligi uchun javobgarlik.
Amaliy mashg‘ulot: yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan hujjatlarni ishlab chiqish (obyektda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha buyruq, umumiy obyektning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma (alohida bo‘limlar bilan boshqa yo‘riqnomalarni kiritgan holda); odamlarni evakuatsiya qilish rejasi).
8-mavzu: Yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanish tartibi (2 soat).
Yong‘inning rivojlanish dinamikasi va uning xavfli omillarining tarqalishidan kelib chiqib amalga oshiriladigan harakatlar.
Texnologik uskunalarni, kommunikatsiyalarni, elektr qurilmalarini va shamollatish tizimlarini o‘chirish (zarur hollarda sodir bo‘lgan vaziyatdan kelib chiqib).
Yong‘in to‘g‘risida yong‘in-qutqaruv bo‘linmasiga, shuningdek, obyekt rahbariga xabar berish (obyektda mavjud bo‘lgan aloqa vositalari va signalizatsiya, ularning joylashish joylari, uskunalar, hududlarda mavjud bo‘lgan tovushli xabar berish qurilmalari, yong‘in sodir bo‘lganda ulardan foydalanish qoidalari, aloqa vositalari orqali sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida xabarni yetkazish tartibi).
Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yetib kelgunga qadar yong‘in o‘chirishni tashkil etish (KYoSBning jangavor bo‘linma tabeli bo‘yicha vazifalari, yong‘inni o‘chirish tartibi, texnika xavfsizligi).
Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarini kutib olishni tashkil etish.
Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yong‘in joyiga yetib kelganidan so‘ng yong‘in o‘chirishni tashkil etish.
Boshqa harakatlar (moddiy boyliklarni qo‘riqlash, yong‘inni o‘chirishga jalb etilmagan odamlar kirishini cheklash va hakazo).
Amaliy mashg‘ulot: yong‘in-qutqaruv bo‘linmalariga yong‘in to‘g‘risida xabarni berish tartibini o‘rganish; o‘t o‘chirgichlardan foydalanish tartibini ko‘rsatish va qo‘llash usullarini o‘rganish, ichki yong‘inga qarshi jo‘mraklardan foydalanish, ishchi-xizmatchilarni evakuatsiya qilish harakatlarini mashq qilish.
Yong‘in-texnik minimumi bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish (1 soat).
2-§. Olovli ishlarni bajaruvchilarni tayyorlash va (yoki) ishlarni bajarishga mas’ul bo‘lgan ishchilar uchun yong‘in-texnik minimumi dasturi