1. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə9/21
tarix02.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#92502
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
649 20.10.2020

4-mavzu. Yong‘inga qarshi texnik himoya vositalari haqida umumiy ma’lumotlar. Yong‘in vaqtidagi harakatlar (2,5 soat).
Yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari, ularning maqsadi, foydalanish qoidalari, yozgi va qishki sharoitlarda saqlash tartibi.
Aloqa, signalizatsiya, yong‘in haqida xabar berish vositalari. Ularning joylashgan joyi, yong‘in sodir bo‘lganda ulardan foydalanish qoidalari.
Texnologik uskunalarni, kommunikatsiyalarni, elektr qurilmalarini va shamollatish tizimlarini o‘chirish (zarur hollarda sodir bo‘lgan vaziyatdan kelib chiqib). Yong‘in haqida telefon orqali xabar berish tartibi. Odamlarni (moddiy boyliklarni) evakuatsiya qilishni tashkil etish.
Ish joyida yoki obyekt hududida, aholi punktida tutun, alanga yoki yong‘in aniqlanganda ishchilarning harakatlari. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari va KYoSKlarini chaqirish hamda ularni kutib olish tartibi. Yong‘in va alangalarni o‘chirish, texnika xavfsizligi.
Amaliy mashg‘ulot: avariya-qutqaruv xizmatiga yong‘in haqida xabar berish mashqlarini bajarish, shuningdek, o‘t o‘chirgichdan amalda foydalanishni namoyish etish.
Yong‘in-texnik minimumi bo‘yicha bilimlarni sinovdan o‘tkazish (1 soat).
Yong‘in xavfsizligi qoidalariga
3-ILOVA
Yong‘in xavfsizligi va hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha axborot stendlarini rasmiylashtirishga va mazmuniga qo‘yiladigan
TALABLAR
Yong‘in xavfsizligi va hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha axborot stendi — yong‘in xavfsizligi va hayot faoliyati xavfsizligi asoslari mavzuidagi profilaktik tusdagi matnli yoki grafikli axborot materiallarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan statsionar qurilma (keyingi o‘rinlarda — stend).
Xodimlar soni 15 nafardan ortiq yoki bir vaqtning o‘zida obyektda bo‘ladigan odamlarning soni 10 nafardan ortiq bo‘lgan obyektlarda stendlar rasmiylashtirilishi shart.
Stend, undagi ma’lumotlardan keng tanishish imkonini beradigan joylarga joylashtiriladi (masalan, binoning birinchi qavati, tashkilot yoki korxonaning foyesi, obyekt binosiga kirish qismida va hakazo). Stendga borish yo‘li obyektning ish vaqti mobaynida ochiq bo‘lishi va hech qanday tashqi to‘siqlar bilan cheklanmasligi kerak.
Axborot stendlarini kamida 490 x 770 mm o‘lchamda, bir xil uslubda tayyorlash, profilaktika materiallarini joylashtirish uchun qutilar soni A4 formatida kamida 4 ta bo‘lishi tavsiya etiladi.
Stendlarga joylashtirish uchun axborot materiallarining ro‘yxati:
asosiy yong‘in xavfsizligi talablari va yong‘in sodir bo‘lgandagi harakatlar;
uy-ro‘zg‘orda yong‘in xavfsizligi choralari;
jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish tartibi;
obyektning yong‘in xavfsizligi holati, sodir bo‘lgan yong‘inlar (favqulodda vaziyatlar), ularning sabablari va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
profilaktik varaqalar, broshyuralar va boshqalar.;
yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining “101” chaqiruv raqami va boshqalar.;
biriktirilgan davlat yong‘in nazorati inspektori haqida ma’lumot (F.I.O., ish telefoni).
Yong‘in xavfsizligi masalalari bilan bog‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni stendlarga joylashtirish taqiqlanadi.
Yong‘in xavfsizligi qoidalariga
4-ILOVA
Obyektning yong‘in xavfsizligi pasporti
1. Yong‘in xavfsizligi pasporti (keyingi o‘rinlarda — pasport) — obyektning (binoning) mavjud yong‘in xavfsizligi darajasini tavsiflovchi va yong‘in xavfini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan, belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjat.
2. Yong‘in xavfsizligi pasporti quyidagi obyektlar uchun ishlab chiqilishi lozim:
a) yong‘in va portlash xavfi mavjud ishlab chiqarishlar:
500 m2 dan ortiq ishlab chiqarish maydoniga ega yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz sanoati korxonalari;
kuniga 50 mln m3 ortiq gazni haydash (o‘tkazish) korxonalari;
kuniga 20 ming t dan ortiq neftni haydash (o‘tkazish) korxonalari;
kuniga 15 ming t dan ortiq neftni qayta ishlash korxonalari;
kuniga 100 t dan ortiq ishlab chiqarish quvvatiga ega kimyoviy tola ishlab chiqarish korxonalari;
kuniga 20 t dan ortiq ishlab chiqarish quvvatiga ega asosi yonuvchan bo‘lgan lok-bo‘yoq mahsulotlari korxonalari;
umumiy sig‘imi 20 000 m3 dan ortiq bo‘lgan neft, neft mahsulotlari omborlari;
belgilangan quvvati 100 MV dan ortiq bo‘lgan elektr stansiyalar va issiqlik elektr markazlari;
sig‘imi 15 ming t dan ortiq bo‘lgan don mahsulotlarini saqlash va ularni qayta ishlash elevatorlari;
quvvati kuniga 1 000 t dan ortiq shakar ishlab chiqarish korxonalari;
portlash va yong‘in xavfliligi bo‘yicha A, B va V toifaga kiruvchi maydoni 10 000 m2 dan ortiq bo‘lgan ishlab chiqarish va (yoki) omborxona binolari;
b) belgilangan vazifasi yoki loyihasiga muvofiq bir vaqtning o‘zida 800 dan ortiq kishi bo‘lishi mumkin bo‘lgan izolatsiya qilingan xonaga ega binolar va (yoki) inshootlar:
shifoxonalar, gospitallar, davolash stansionarlari, tug‘ruqxonalar, reabilitatsiya markazlari;
mehmonxonalar, sanatoriylar, profilaktoriylar, dam olish uylari;
konsert zallari, teatrlar, amfiteatrlar, kinoteatrlar, madaniyat uylari, sport (ko‘ngilochar) saroylari, markazlar;
davlat boshqaruv organlari, ta’lim, ilmiy va loyihalash tashkilotlarini joylashtirish uchun foydalaniladigan binolar va (yoki) inshootlar, kutubxonalar;
bozorlar, savdo markazlari va do‘konlar, ko‘ngilochar va dam olish maskanlari;
aeroportlar va temir yo‘l vokzallari;
teleradio markazlari;
ko‘p funksiyali bino va inshootlar.
3. Yong‘in xavfsizligi pasporti xo‘jalik va tezkor boshqaruvida obektlarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar uchun ishlab chiqiladi. Obyektlarni shartnoma asosida obyektning yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun javobgarlikni zimmasiga olish bilan boshqa yuridik shaxsga (ijara, beg‘araz foydalanish va hakazo) foydalanishga berilganda, pasport ushbu obyektdan foydalanayotgan yuridik shaxs uchun ishlab chiqiladi.
4. Pasport obyekt rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Pasport kamida uch nusxada ishlab chiqiladi va bir nusxasi davlat yong‘in nazorati organiga taqdim etiladi.
Obyektning funksional vazifasi, texnologik jarayoni, xajmiy-rejalashtirish va loyihalash yechimlarini o‘zgartirishda pasport yangilanishi shart.
6. Pasport obyektning xususiyatlarini o‘z ichiga olishi va sarlavha sahifasi, pasportning qisqacha tavsifi, mazmuni, foydalanilgan manbalar ro‘yxati va quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga olishi kerak:
a) obyektning yong‘in xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy-funksional sxemasi;
b) obyektning yong‘in xavfi xususiyatlari;
v) yong‘indan himoyalanish xususiyatlari;
g) portlashga qarshi himoya xususiyatlari;
d) yong‘in sodir bo‘lganda odamlar xavfsizligini ta’minlash;
e) muhandislik tizimlarining yong‘in xavfsizligi xususiyatlari;
j) yong‘inga qarshi himoya vositalari va yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarining xususiyatlari;
z) yong‘in xavfsizligi darajasini baholash;
i) obyektning yong‘in xavfini kamaytirish choralari.
Har bir bo‘lim (ro‘yxatdan oxirgi ikkitasi bundan mustasno) obyektdagi yong‘in xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi holatni tavsiflovchi oraliq xulosalar bilan tugaydi.
Pasportga texnologik jarayonni tasvirlovchi chizmalar, shuningdek, quyidagi rejalar ilova qilinadi:
a) yong‘in o‘tish joylari ko‘rsatilgan holda obyektning binolar, inshootlar, ochiq qurilmalarini joylashtirish;
b) obyektning yong‘inga qarshi suv ta’minoti;
v) binolar va tashqi qurilmalarga yong‘inga qarshi himoya uskunalarini joylashtirish.
Funksional vazifasi yoki loyihasiga muvofiq bir vaqtning o‘zida 800 dan ortiq kishilar bo‘lishi mumkin bo‘lgan izolatsiya qilingan xonaga ega binolar va (yoki) inshootlar uchun ko‘rsatilgan xonaning joylashish tartibi belgilanadi.
7. Pasportning qisqacha tavsifi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: barcha ishlab chiquvchilar imzosi bilan ular tomonidan ishlab chiqilgan bo‘limlarni ko‘rsatgan holda tuzuvchi tashkilot haqida qisqacha ma’lumot, ishlab chiqqan tashkilot to‘g‘risida qisqacha ma’lumot, pasportni ishlab chiqish uchun asoslar, pasport ishlab chiqilgan binolar va hudud chegaralarining to‘liq ro‘yxati, ilgari ishlab chiqilgan pasportga kiritilgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar haqida ma’lumotlar (mavjud bo‘lsa).
8. “Obyektning yong‘in xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy-funksional sxemasi” bo‘limiga obyektning yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun xodimlarning o‘zaro hamkorligi, bo‘ysunishi va javobgarligi, obyektda tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning izchilligi va sifati haqidagi ma’lumotlar kiritilishi lozim.
9. “Obyektning yong‘inga xavfli xususiyatlari” bo‘limida jadval shaklidagi quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
a) texnologik jarayonlarda ishlatiladigan barcha modda va materiallarning yong‘inga xavfli ko‘rsatkichlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari (mavjud bo‘lsa), yong‘in-portlash xavfi mavjud modda va materiallarni saqlash (foydalanish) sharoitlari, ehtimoliy yondirish manbalarining tahlili natijalari, yong‘inning (portlashning) sodir bo‘lish, rivojlanish ssenariylari va yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlar;
b) portlash va yong‘in xavfi mavjud barcha xonalarning toifalari, Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari bo‘yicha zonalar sinfi, portlovchi aralashmalarning tasnifi (toifasi, guruhi);
v) barcha binolarning portlash va yong‘in xavfililigi toifalari;
g) barcha tashqi qurilmalarning portlash va yong‘in xavfliligi toifalari, ularning atrofidagi Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari bo‘yicha zonalar sinfi, portlovchi aralashmalarning toifalari va guruhlari, portlovchi zonalarning o‘lchamlari;
d) ishlatiladigan modda va materiallarning birga saqlanishi mos kelishi.
10. “Yong‘inga qarshi himoyaning xususiyati” bo‘limida jadval shaklidagi quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
a) bino va inshootlarning yong‘in xavfliligi va olovga bardoshliligi, ularning maydoni va qavtliligi;
b) bino va inshootlarda foydalaniladigan asosiy qurilish konstruksiyalarning olovga bardoshlik chegaralari va yong‘inga xavflilik sinflari;
v) yong‘in-texnik xususiyatlarini ko‘rsatgan holda yong‘inga qarshi to‘siqlar va ulardagi teshiklar to‘ldirilishi.
11. “Portlashga qarshi himoyaning xususiyatlari” bo‘limida portlashlarning oldini olish uchun qo‘llaniladigan yechimlar, portlash mumkin bo‘lgan xonalarning binolarda joylashishi, portlashga qarshi himoya elementlari, inshootlarning yengil tashlab yuboruvchi konstruksiyalari va xususiyatlariga oid ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
12. “Yong‘in sodir bo‘lganda odamlar xavfsizligini ta’minlash” bo‘limida jadval shaklidagi quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
a) binolarda, qavatlarda, xonalardagi odamlar soni;
b) xonalar, qavatlar va binolar evakuatsiya va chiqish yo‘llari bilan ta’minlanganligi, ularning parametrlari baholanishi;
v) yong‘inda evakuatsiyani boshqarish va foydalanilayotgan xabar berish tizim qurilmalarining mavjudligi va xususiyatlari;
g) binoning tutunga qarshi himoya elementi qurilmalarining mavjudligi va xususiyatlari.
13. “Muhandislik tizimlarining yong‘in xavfsizligi xususiyatlari” bo‘limida elektr uskunalar, isitish va shamollatish tizimlarining xususiyatlari, portlash xavfi bo‘lgan bino va xonalarda yashinga qarshi himoya vositalarining xususiyatlari, ularning yong‘in xavfsizligiga ta’sir qiluvchi hamda holatini baholash to‘g‘risidagi ma’lumotlar jadval shaklida bo‘lishi kerak.
14. “Yong‘inga qarshi texnik himoya vositalari va yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari xususiyatlari” bo‘limida jadval shaklidagi quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
a) avtomatik yong‘in o‘chirish va yong‘in signalizatsiyasi qurilmalarining mavjudligi va xususiyatlari;
b) ichki va tashqi yong‘inga qarshi suv ta’minoti tizimlarining mavjudligi va xususiyatlari;
v) obyektning yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari bilan ta’minlanganligi.
15. “Yong‘in xavfsizligi darajasini baholash” bo‘limi oldingi bo‘limlar orasidagi xulosalar asosida tuziladi (zarur hollarda yong‘in xavfini baholash) va obyektning yong‘in xavfsizligi holati haqida batafsil xulosani o‘z ichiga olishi kerak.
16. “Obyektning yong‘in xavfini kamaytirish choralari” bo‘limiga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqlashtirish uchun obyektda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asoslangan chora-tadbirlar jadval shaklida kiritilishi lozim.
17. Pasport bo‘limlarining ro‘yxati va ularning mazmuni obyektning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zgartirilishi mumkin. Pasportni ishlab chiqishda yong‘in xavfini baholash tavsiya etiladi.
Yong‘in xavfsizligi qoidalariga
5-ILOVA
Evakuatsiya qilish rejalariga qo‘yiladigan
TALABLAR
1. Evakuatsiya qilish rejasi (keyingi o‘rinlarda — reja) obyekt rahbari tomonidan tasdiqlanishi hamda grafik va matnli qismlardan iborat bo‘lishi kerak.
2. Rejaning grafikli qismini tuzishda quyidagilarni hisobga olish kerak:
a) qavat rejasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: zinapoyalar, liftlar va lift xollari, yashash xonalari, maishiy-xo‘jalik xonalar, balkonlar, tashqi zinapoyalar, shuningdek, zinapoya, lift zallari eshiklari va evakuatsiya yo‘llarida joylashgan eshiklar. Xonalarning nomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri qavat rejalarida ko‘rsatilishi yoki ular raqamlanishi va xonalarga izohlar berilishi kerak. Rejada eshiklar ochiq holda ko‘rsatilishi kerak. Agar foydalanish vaqtida alohida chiqish joylari qulflangan bo‘lsa, evakuatsiya rejasida eshik yopiq holda va kalitlar saqlangan joyda “Tashqi eshik kalitlari qutisi” yozuvi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Agar binoda tashqi yong‘inga qarshi zinapoya mavjud bo‘lsa, rejada “Yong‘inga qarshi zinapoyaga chiqish yo‘li” yozuvi bo‘lishi kerak;
b) qavatlardagi odamlarni evakuatsiya qilishning asosiy yo‘llari rejada to‘g‘ri chiziq bilan, zaxira yo‘llari esa punktir chiziq bilan ko‘rsatiladi. Chiziqlar asosiylaridan ikki barobar qalin va yashil rangda bo‘lishi kerak. Qavatlardagi asosiy evakuatsiya yo‘llari zinapoyalar yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Agar yong‘in xavfidan himoyalanish nuqtai nazaridan ikkita zinapoya teng bo‘lsa, u holda asosiy evakuatsiya yo‘li eng yaqin zinapoyaga ko‘rsatiladi. Evakuatsiya yo‘llarini ko‘rsatuvchi chiziqlar har bir xonadan xavfsiz joyga yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri tashqariga chiqishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak;
v) rejaning grafik qismidagi belgilarni idrok qilishni yaxshilash maqsadida tashqi kontur (yong‘inga qarshi jo‘mraklardan tashqari) qizil rangda, evakuatsiya yo‘llari esa yashil rangda chizilishiga ruxsat etiladi; yong‘inga karshi jo‘mrak ko‘k rangda belgilanadi;
g) rejalarni chizishda joylashgan joyi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish sharoitlarini yaxshilash maqsadida “siz shu erdasiz” ma’nosidagi belgini rejaning izohida ko‘rsatish kerak;
d) qavat rejalarida shartli belgilar yordamida: qo‘l yordamida ishga tushiriladigan yong‘in xabarlargichlari; telefon; yong‘inga qarshi jo‘mraklar, o‘t o‘chirgichlar; tutun so‘rish tizimi qurilmalarini qo‘l bilan ishga tushirish tugmalari joylashgan joylari ko‘rsatiladi. Shartli belgilarga qavat rejasining pastki qismida izoh berilishi kerak;
e) rejaning grafik qismida yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining, rahbar va obyekt bo‘yicha mas’ul navbatchining telefon raqamlari ko‘rsatilishi kerak;
j) rejaning grafik qismining namunaviy shakli quyida keltirilgan 1-rasmda ko‘rsatilgan.
3. Reja navbatchi xodimlar xonasida va har bir qavatning zinapoyalaridan chiqish eshiklari oldiga (binodan evakuatsiya chiqish yo‘llari) shishali (plyonka) qoplama ostida ko‘zga ko‘rinarli joyga joylashtiriladi.
Bolalarni evakuatsiya qilish rejasida uning grafik qismidan tashqari quyidagilar ham ko‘rsatiladi:
a) xizmat xodimlaridan shaxsan kim odamlarni (bolalarni) evakuatsiya qiladi va evakuatsiya tugagandan so‘ng ularning ro‘yxat bo‘yicha tekshiradi;
b) evakuatsiya qilinayotgan odamlarni binodan yoki sog‘lomlashtirish muassasasi, bolalarning yozgi dam olish oromgohlari hududidan xavfsiz joyga harakatlanish yo‘llari;
v) mol-mulkni evakuatsiya qilish joyi va uni qo‘riqlash uchun javobgar shaxs;
d) yong‘in-qutqaruv bo‘linmasiga kim xabar berishi va aloqa vositasining turi (telefon, ratsiya, xabarchi va boshqa yo‘l bilan);
e) evakuatsiya rejasiga kiritilgan shaxslar vaqtincha yo‘qligida ularning vazifasini bajaruvchi shaxslar zaxirasi;
j) yong‘inni o‘chirishni kim tashkil etadi.

Yong‘in xavfsizligi qoidalariga
6-ILOVA
Yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarining kerakli miqdorini aniqlash
1. Yong‘inni o‘chirish birlamchi vositalarining turlari va miqdori yonuvchi moddalarning fizik-kimyoviy va yong‘in xavfli mavjud xossalari, ularning o‘t o‘chirish vositalariga bo‘lgan aloqasini, shuningdek, ishlab chiqarish binolari, ochiq joylar va qurilmalarning maydonini hisobga olgan holda aniqlanadi.
2. Texnologik uskunalarni o‘t o‘chirgichlar bilan jihozlash, ushbu uskuna uchun texnik shartlar (pasportlar) talablariga yoki tegishli yong‘in xavfsizligi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Chet elda ishlab chiqarilgan uskunalarni o‘t o‘chirgichlar bilan jihozlash, ularni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Muayyan xonaga yoki obyektga o‘t o‘chirgichlarning kerakli turini aniqlash va miqdorini hisoblash ularning o‘chirish quvvatiga, maksimal maydoniga, shuningdek, yonuvchi modda va materiallarning yong‘in sinfiga ko‘ra amalga oshirilishi kerak:
A sinf — asosan kelib chiqishi organik bo‘lgan, yonishi cho‘g‘lanish bilan kuzatiladigan qattiq moddalarning (yog‘och, mato, qog‘oz) yong‘inlari;
B sinf — yonuvchi suyuqliklar yoki eriydigan qattiq moddalarning yong‘inlari;
C sinf — gazlar yong‘inlari;
D sinf — metallar va ularning qorishmalarining yong‘inlari;
E sinf — elektr uskunalari yonishi bilan bog‘liq yong‘inlar.
O‘t o‘chirgich turini (ko‘chma yoki transportirovka qilinadigan) tanlash sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in o‘choqlarining hajmiga bog‘liq. Agar ular katta bo‘lsa, transportirovka qilinadigan o‘t o‘chirgichlardan foydalanish kerak.
5. Foydalanishning tegishli harorat chegarasiga ega bo‘lgan o‘t o‘chirgichni tanlashda bino va inshootlarning iqlim sharoitlarini hisobga olish zarur.
6. Agar aralash yong‘in o‘choqlari bo‘lsa, unda o‘t o‘chirgichni tanlashda afzallik uning qo‘llash doirasi nuqtai nazaridan universal yong‘in o‘chirgichga beriladi.
7. Turli toifadagi xonalarning to‘liq maydoni uchun (bitta yoki bir guruh o‘t o‘chirgichlar bilan himoyalanadigan maksimal maydon) 1 va 2-jadvallarda “++” yoki “+” belgisidan oldin ko‘rsatilgan turdagi o‘t o‘chirgichlar sonining birini tanlash kerak.
8. Jamoat binolari va inshootlarning har bir qavatida kamida ikkitadan kam bo‘lmagan ko‘chma o‘t o‘chirgichlar bo‘lishi kerak.
9. Portlab-yonish va yong‘in xavfi bo‘yicha D toifadagi xonalarning maydoni 100 m2 dan oshmasa, ushbu xonalar o‘t o‘chirgichlar bilan jihozlanmasligi mumkin.
10. Agar yong‘in xavfi bo‘yicha bir xil toifadagi bir nechta kichik xonalar mavjud bo‘lsa, zarur o‘t o‘chirgichlar soni ushbu xonalarning umumiy maydonini hisobga olgan holda 14-band va 1 va 2-jadvallarga muvofiq belgilanadi.
11. Korxonadan qayta zaryadlash uchun yuborilgan o‘t o‘chirgichlar, tegishli miqdordagi zaryadlangan o‘t o‘chirgichlar bilan almashtirilishi kerak.
12. Kompyuter xonalari, telefon stansiyalari, muzeylar, arxivlar va boshqalarni himoya qilishda yong‘inni o‘chirish vositalarining himoyalangan uskunalar, mahsulotlar, materiallar va boshqalar bilan o‘zaro ta’sirining o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Ushbu xonalar o‘t o‘chirish moddalarining maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyasini hisobga olgan holda xladonli va uglekislotali o‘t o‘chirgichlar bilan jihozlanishi lozim.
13. Statsionar avtomatik o‘t o‘chirish qurilmalari bilan jihozlangan xonalar o‘t o‘chirgichlar bilan jihozlanishi belgilangan sonidan kelib chiqib 50 foiz miqdorida ta’minlanishi kerak.
14. Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in o‘chog‘idan o‘t o‘chirgich joylashgan joyigacha bo‘lgan masofa: jamoat binolari va inshootlari uchun 20 m dan; portlab-yonish va yong‘in xavfi bo‘yicha A, B va V toifadagi xonalar uchun — 30 m dan, G toifadagi xonalar uchun — 40 m dan, D toifadagi xonalar uchun — 70 m dan oshmasligi kerak.
15. Obyektda yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarini sotib olish, ta’mirlash, saqlash va ishlatishga shayligi uchun javobgar shaxs tayinlanishi kerak.
16. Obyektga o‘rnatilgan har bir o‘t o‘chirgich ustiga oq rangli bo‘yoq bilan tartib raqami yozib qo‘yilishi kerak. Unga belgilangan shaklda pasport yuritiladi.
17. O‘t o‘chirgichlar har doim soz holatda saqlanishi, muntazam ko‘zdan kechirilishi, tekshirilishi va o‘z vaqtida qayta zaryadlanishi kerak.
18. Qish mavsumida (1 °C dan past haroratda), suv asosidagi zaryadli o‘t o‘chirgichlar isitiladigan xonalarda saqlanishi kerak.
19. Yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarini yo‘laklarda va o‘tish joylarida joylashtirish odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilishga xalaqit bermasligi kerak. Ular 1,5 m dan ortiq bo‘lmagan balandlikda xonalardan chiqadigan joylarga yaqin joylarda joylashtirilishi kerak.
20. Asbest, namatni (kigizni) qopqoqli metall idishlarda saqlash, vaqti-vaqti bilan (uch oyda kamida 1-marta) quritish va changdan tozalash tavsiya etiladi.
21. Ichki yong‘inga qarshi suv ta’minoti va avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalari bilan jihozlanmagan ishlab chiqarish xonalarida va omborxonalarda yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarini, mexanizatsiyalashmagan yong‘inni o‘chirish vositalari va uskunalarini joylashtirish uchun, shuningdek, tashqi yong‘inga qarshi suv ta’minoti mavjud bo‘lmagan obyektlar hududi yoki ularning binolari (inshootlari) tashqi texnologik qurilmalari tashqi yong‘inga qarshi suv manbalaridan 100 m dan uzoq masofada joylashgan taqdirda yong‘inga qarshi qalqon bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Yong‘inga qarshi qalqonlarning turi va ularning talab qilinadigan soni, binolar (inshootlar) va tashqi texnologik qurilmalarning portlash va yong‘in xavfi bo‘yicha toifasiga, bitta yong‘inga qarshi qalqonning maksimal himoyalash maydoniga va yong‘in sinfiga ko‘ra 3-jadvalga muvofiq belgilanadi.
22. Yong‘inga qarshi qalqonlar 4-jadvalga muvofiq yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari, mexanizatsiyalanmagan yong‘in vositalari va inventarlar bilan jamlanadi.
23. Yong‘inga qarshi qalqon yoniga o‘rnatilgan suv sig‘imlarining hajmi kamida 0,2 m3 bo‘lishi va chelaklar bilan ta’minlanishi kerak. Qum uchun qutilar 3, 1 yoki 0,5 m3 hajmga ega bo‘lishi va belkurak bilan ta’minlanishi kerak. Qum oson olinishi va yog‘ingarchilikdan himoyalangan bo‘lishi kerak.
24. Qum bilan to‘ldirilgan qutilar, odatda, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyukliklar to‘kilishi mumkin bo‘lgan xonalarda yoki ochiq maydonlarda yong‘inga qarshi qalqonlar bilan birga o‘rnatilishi kerak.
Portlab-yonish va yong‘in xavfi bo‘yicha A, B va V toifadagi xonalar va ochiq texnologik qurilmalar uchun qutilardagi qum zaxirasi himoyalanadigan har bir 500 m2 maydonga 0,5 m3, G va D toifadagi xonalar va ochiq texnologik qurilmalar uchun esa himoyalanadigan har bir 1000 m2 maydonga 0,5 m3 dan kam bo‘lmasligi kerak.
25. Asbest, dag‘al junli mato yoki namat o‘lchami kamida 1x1 m bo‘lishi hamda ushbu mato o‘lchamining 50 foizidan katta bo‘lmagan maydondagi va havosiz yonishi mumkin bo‘lmagan modda va materiallar yong‘in o‘chog‘ini o‘chirish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni qo‘llash va saqlash joylarida ushbu matolar o‘lchamlari 2x1, 5 m yoki 2x2 m dan oshirilishi mumkin.
Asbest mato, dag‘al jun matolar yoki namat (kigiz, yonmaydigan materialdan tayyorlangan choyshab) suv o‘tkazmaydigan yopiladigan va yong‘in sodir bo‘lganda tezda qo‘llash imkonini beradigan g‘iloflarda (qadoqlarda) saqlanishi lozim. Ushbu vositalar kamida 3 oyda bir marta quritilishi va changdan tozalanishi kerak.
26. Yong‘inga qarshi qalqon to‘plamidagi mexanizatsiyalanmagan yong‘inga qarshi qo‘l asboblariga quyidagi operatsiyalarni o‘z ichiga olgan davriy xizmat ko‘rsatiladi:
chang, kir va korroziya izlarini tozalash;
GOST-12.4.026-2015 standartiga muvofiq bo‘yoqlarni tiklash;
foydalanishdan keyin qoldiq deformatsiyalarni bartaraf etish uchun lom va bagorlarni to‘g‘rilash;
GOST 12.3.023-80 talablariga mos holda kerakli asboblarning charxlash burchaklarini tiklash.
27. Yong‘inga qarshi qalqonlar ularga o‘rnatilgan yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarini tezkorlik bilan olishda qulaylikni va ularni joylashtirish talablariga rioya etilishini ta’minlashi lozim.
28. Yong‘inga qarshi qalqon va yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarining rangi va bo‘yash sxemasi GOST 12.4.026-2015 standartiga muvofiq amalga oshiriladi.
29. Yong‘inga qarshi qalqon eshiklarining tashqi tomonida qum uchun quti, suv uchun bochkalar va stendlarda ularning tartib raqamlari va eng yaqin yong‘in-qutkaruv qismining telefon raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Yong‘inga qarshi qalqonlarning tartib raqami “YoQQ” harfli indeksdan so‘ng ko‘rsatiladi.
6-Ilovaga
1-JADVAL
Xonalarni ko‘chma o‘t o‘chirgichlar bilan jihozlash me’yorlari


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin