1. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə6/21
tarix02.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#92502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
649 20.10.2020

3-mavzu: Olovli ishlarni bajarishga tayyorgarlik ko‘rishda yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari (1 soat).
Olovli ishlarni doimiy va vaqtinchalik olib borish joylari, ularning tavsifi. Olovli ishlarni doimiy va vaqtinchalik olib borish joylarini tashkil etish va ularga tayyorgarlik ko‘rishda qo‘yiladigan talablar.
Obyektlardagi yong‘inga qarshi rejim va yong‘inning oldini olish tizimi. Yonuvchan muhitni, yondirish manbai yuzaga kelmasligi (hosil bo‘lishini cheklash) va yong‘in tarqalishini cheklash choralari. Olovli ishlarni bajarish joylarini yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari va yong‘inga qarshi texnik himoya vositalari bilan ta’minlash miqdorlarini aniqlash hamda ulardan foydalanish tartibi.
Ijrochilar va mas’ul shaxslarning qoida talablaridan chetga chiqishi, ishlash uchun naryad-ruxsatnomada nazarda tutilgan xavfsizlik choralariga rioya qilmaslik va olovli ishlar turlariga bo‘lgan maxsus talablar buzilganligi aniqlanganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar.
4-mavzu. Elektr payvandlash ishlarini bajarishda yong‘in xavfsizligi choralari (1 soat).
Elektr payvandlash ishlarini bajarishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari. Elektr tokining yong‘in xavfi ko‘rinishlari. Shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash.
Elektr payvandlash apparatlari, ularning umumiy talablari. Texnik xizmat ko‘rsatish, rejali-ogohlantiruv ta’mirlash ishlari. Payvandlash apparatlarini, kabellarni ulash. Payvandlashda ishlatiladigan elektrodlar, ushlagichlarga qo‘yiladigan talablar.
Elektr payvandlash ishlarini bajarishda xavfsizlik choralari.
5-mavzu. Gaz payvandlash va gazli kesish ishlarini bajarishda yong‘in xavfsizligi choralari (1 soat).
Gaz payvandlash va gazli kesish ishlarini bajarishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari. Shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash.
Siqilgan va suyultirilgan gazlar uchun mo‘ljallangan ballonlar bilan ishlash xususiyatlari. Kalsiy karbidlarini tashish, saqlash va ishlatish qoidalari.
Uskunaga qo‘yiladigan talablar. Atsetilen generatorlari, ularga qo‘yiladigan umumiy talablar. Texnik xizmat ko‘rsatish, rejali-ogohlantiruv ta’mirlash ishlari.
Gaz uzatish shlanglarini sinovdan o‘tkazish va tekshirish tartiblari. Atsetilen apparatlari va gaz ballonlarini joylashtirish joyi, ularni ochiq olovdan va boshqa issiqlik manbalaridan himoya qilish.
Gaz payvandlash va gazli kesish ishlarini bajarishda xavfsizlik choralari.
Metil atsetilen-allen fraksiyasidan (MAF) foydalangan holda gaz payvandlash, gazli kesish va gaz alangali ishlarni bajarish xususiyatlari.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin