1. Musobaqalarning ahamiyati.
Gimnastika musobaqalari
— o‘quv-mashg‘ulot
jarayonining
tarkibiy qismidir. Ular talaba (sportchi)Iarning
gimnastikadan
tayyorgarligini tekshirishning asosiy usuli. Musobaqalar muayyan bir
o‘quv davri uchun (chorak, semestr,
yarim yillik, butun o‘quv yili)
o'quv ishiga aniq va obyektiv ravishda yakun yasashga yordam beradi.
’
'
Shuningdek, ular musobaqa qatnashchilarining
axloqiy- irodaviy
tayyorgarligini tekshirishning samarali vositasi boMib xizmat qiladi va
jamoada uyushqoqlik va intizomlik
hissini rivojlan- tiradi va
shuningdek, iroda va jasoratni tarbiyalashga yordam beradi.
Musobaqada u yoki bu tashkilot qatnashchilarining ko'rsatgan
nati-
jalariga qarab, o‘quv-mashg‘ulot jarayonining kelajakdagi yo‘na- lishi
belgilanadi, o‘quv-mashg‘ulot ishining usuliga o'zgartirishlar kiritiladi.
"
"
Bundan tashqari, musobaqalar eng yaxshi ko‘rgazmali tashvi- qot
vositasidir. Namunali tashkil qilingan va tantanali o'tkazilgan
musobaqalarni qatnashchilar ham, tomoshabinlar ham uzoq vaqt eslab
qolishadi. Musobaqalar gimnastikaning yoshlar o'rtasida keng
tarqalishiga va ulaming gimnastika sho'balari,
sport klublarining
mashg‘u!otlariga doimo qatnashib yurishlariga jalb etadi.