3. Gimnastikada hakamlik qilish.
Hozirgi kunlarda gimnastika
musobaqalarida hakamlik qilish, har
bir hakamdan shu soha bo'yicha yaxshi bilim,
malaka va yetarli
darajada amaliy tajribani talab qiluvchi murakkab jarayondir. Shu- ning
uchun ham musobaqa hakamlariga faol va muvaffaqiyatli ish- lash
uchun yaxshi sharoit yaratiladi. Hakamlar
musobaqa qoidasi va
dasturini, qo‘shimcha maxsus talablarni va bajarish murakkab bo‘lgan
mashqlar texnikasini mukammal bilishi shart. Hatto quyi toifali
gimnastlar ishtirok etayotgan kichik (umumta’lim maktab- lari, kollej,
litsey, tuman va boshq.) tashkilotlarda «Alpomish va Barchinoy»
sog‘liq darajasini aniqlaydigan testlar
mezonlarini topshirish
osonlashtirilgan
o‘quv
dasturlari
bo‘yicha
o‘tkaziladigan
musobaqaiarda hakamlik qilish uchun ham muayyan malakaga ega
bo‘lish zarurdir.
Adolatli baholashga mas’uliyatli yondashish (hakamlik qilish)
uchun, hakamlar musobaqaga oldindan tayyorgarlik ko'rishi zarur. Shu
maqsadda hakamlar guruhi uchun maxsus seminarlar uyush- tiriladi.
Xulosa.
Bajarilgan mashqlar 10
ball bilan baholanib, kichik xato uchun,
(ahamiyatsiz) 0,1 ball; o‘rtacha xato uchun (muhimroq xato uchun) 0,2
ball, qo‘pol xato (buzib bajarish) uchun esa 0,3 ball,
jihozlardan
qulashda 0,5 ga kamaytiriladi.
Hakam gimnastlar yo'l qo'ygan hamma xatolarni ko'rishi shart.
Hakam (ayniqsa, hakamlik faoliyatining boshida) xatolarni mayda,
o‘rta va qo'pol xatolarga mos keladigan shartli belgilardan foydalanib
ifodalashi, agar element birikmasi tushirib
qoldirilgani yoki buzib
bajarilganini sezib qolganda, uni
qaydnomada yozib, belgilab bori- shi
kerak. Bularning hammasi butun mashqning bajarilishini yodda
yaxshiroq tiklash va uning qaysi qismlarida qanday xatoga yo‘l qo‘yil-
ganligini aniqlash imkonini beradi; to'g'ri baholash, ayniqsa, ha- kamlar
bergan baholar orasida katta farq yuz berganda muhimdir. Yuqoridagi
ma’lumotlarga
asoslanib, hakam ballarda yakuniy bahoni qo'yadi va
uni ko'rgazma kitobcha yordamida katta hakamga ko'rsatadi.