Uchinchi bosqichda
qatnashuvchi jamoa (tashkilot)lar vakillari
bilan kengash o'tkaziladi, jihozlaming mustahkamligi tekshiriladi,
sportchilar jihozlarni sinab mashq o'tkazadilar va musobaqa turlari
bo‘yicha hakamlar boshchiligida o‘tkaziladi, bunda musobaqaga jalb
qilingan hamma mas’ul shaxslaming musobaqa o’tkazishga tayyorligi
tekshiriladi.
Bo'lajak musobaqaga boshchilik qilish jamoalar vakillari bilan
o'tkaziladigan yig'ilishga bog'liq bo'ladi, bunda musobaqa 0‘tkaza-
digan tashkilot vakili, ularga bosh hakamlar hay’atini tanishtiradi,
nizomning alohida bandlarini aniqlab, qayta ko'rib chiqadi, hakamlik
ish texnikasini tushuntiradi, musobaqani o‘tkazish jadvali va tartibini
e’lon qiladi. Shu bilan birga, musobaqani ochilish maro- simida
saflanish joyini, ishtirokchilaming musobaqaga chiqishini, ularning
tarkibi va kiyimini, ochilish va yopilish marosimini, mukofotlash
tartibini va boshqalami aniq belgilab olmoq zarur.
Ishtirokchilarga bir xil sharoit yaratish va ularni yaxshiroq
uyushtirish maqsadida jihozlarda mashq qilib ko'rish musobaqadan bir
kun oldin o'tkazilishi va bunda jihozlarda mashq bajarishda qur’a
bo'yicha aniqlangan tartib saqlanishi kerak.
Jamoalarning vakillari uchun (yig'ilishga) papkalar va muso- baqa
materiallarini tayyorlab qo‘yish kerak: sportchilar chiptalari, dastur,
eslatmalar, musobaqani o'tkazish jadvali, shuningdek, qaydnomalar
uchun daftarcha va boshqalar.
Musobaqa ishtirokchilarining namoyishi, ularni tanishtirish bilan
ochiladi. Bu tantanali qismni bayramona, aniq o'tkazish lozim. Odatda,
u birinchi kunning yarmidan keyin o'tkaziladi (ayrim hollarda
musobaqa ishtirokchilaridan ba’zilari bir kun qatnashmasa, birinchi va
ikkinchi kunning orasida, masalan, erkaklarni ham, ayoilarni ham
tanishtirish zarur bo'ladi). 0‘tgan yil birinchiligi g'oliblaming bayroq
ko‘tarishdagi ishtiroki — namoyishning muhim qismidir.
Musobaqani boshqarish (navbatdagi sportchilarning chiqishi, jihoz
turiarida mushaklar chigalini yozishning boshlanishi va tugashi), bir
jihozdan ikkinchisiga o‘tish va boshqalar bosh hakam o'rinbosari yoki
hakamlar tomonidan amalga oshiriladi.
Musobaqa turiarida baholash (hakamlik qilish).
Musobaqa turida 6
hakamlar brigadasi (4+2) («I» — hakamlar guruhi sportchilarni
qo'ygan xatosi, mahorati (artistizm); «D» — hakamlar guruhi
bajarilgan mashqlarni maksimal qimmatini baholaydi) ishtirok etadi.
Sportchilar chiqishidan oldin hakamlar guruhi musobaqa dasturi,
ishtirokchilari va musobaqalarni o‘tkazish shartlari haqida xabardor
boMishlari shart. Musobaqa gilami chizig‘idagi hakamlarga,
xronometraj hakamlarga ko‘rsatmalar beriladi. Bu musobaqada
qatnashish tajribasiga ega bo‘lmagan sportchilar ishtirok etganda
muhimdir.
Musobaqalarni moddiy-texnika jihatdan ta’minlash (jihozlarni
o'matish va almashtirish, zaxira qismlarini almashtirish, magneziya,
yog’och, konifol va boshqalar bilan ta’minlash) ishlari musobaqa
sohibi rahbarligida olib boriladi, u bosh hakam yoki uning o‘rin-
bosariga bo'ysunadi.
Shifokor nazorati va zarur boiganda birinchi tibbiy yordamni
musobaqa shifokori bosh hakamning (tibbiyot ishlari bo'yicha)
yordamchisi amalga oshiradi.
Axborotchi hakam jamoalar kurashining borishi haqida mun- tazam
ma’lumot berib boradi, shuningdek, har bir turdan keyin musobaqada
kim oldindaligi to‘g‘risida xabar berib turadi.
Musobaqa qoidasiga binoan musobaqalar ertaiab soat 10.00 dan
oldin boshlanmasligi va soat 20.00 dan kech tugallanmasligi kerak.
Birsmenaning davom etishi bolalarva o‘spirinlarjamoalari uchun 2
soatdan va o‘smirlar uchun 3 soatdan oshmasligi lozim. Oddiy dastur
bo'yicha gimnastlarning chiqishidan keyin murakkab dastur (yoki
yuqori toifalilar) bo‘yicha gimnastlar chiqishi boshlanadi.
Musobaqa yakunida oxirgi smenada oz jamoalar musobaqa-
lashishini esdan chiqarmaslik kerak. Bu kotibiyat uchun musobaqani
tezroq yakunlashga inikon beradi. Jamoalarning chiqishidan keyin
ishtirokchilarni mukofotlashdan oldin bo'ladigan tanaffusning o‘rnini
to'ldirish uchun esa ushbu musobaqa ishtirokchilari orasidan eng
yaxshi sportchilarni va shuningdek, bolalar guruhlari yoki boshqa sport
turlari (akrobatika, badiiy gimnastika) vakillarining ko'rgazmali
chiqishlarini tashkil qilish lozim.
Musobaqalar tantanali ravishda barcha marosimlar (g'oliblarni
hurmat shohsupasiga chaqirish, g‘olib jamoaning tantanali marshi,
hurmat doirasi bo'ylab yurish, yangi chempionlar musobaqa bayrog‘ini
tushirishi va boshq.jga rioya qilingan holda yakunlanadi.
Musobaqaga yakun yasash.
Tugagan musobaqani tez yakunlash
bosh kotibning mohirona ishlashini talab qiladi. Musobaqa davomida
bosh kotib har bir qaydnomada o'rtacha va yakuniy ballarning to‘g‘ri
chiqarilganligini tekshiradi va shundan keyin, o‘tgan tur natijalari bilan
qo'shib, tugallangan ko‘pkurash turining natijasini hisobga olgan holda
ballar yig‘indisini aniqlaydi. Agar musobaqa bir necha smenada
o'tkazilsa, unda o‘tgan smenalarning eng yaxshi natijalarini ham
hisobga olmoq zarur.
U yoki bu dastur (toifa) bo'yicha musobaqaning tugallani- shidan
keyin, ishtirokchilarning ko‘rsatgan natijalari tekshiriladi va jamoa
natijalari hisoblab chiqiladi.
G'oliblarni
mukofotlash.
Musobaqa
g'oliblarini
musobaqa
yopilishidan oldin mukofotlash lozim. Ammo hisoblab chiqish
murakkab bo‘lsa (dasturning har xil bo‘lishi, jamoalar tarkibiniig bir
xil bo‘lmasligi va h.k.lar) va uni qisqa vaqt ichida yakunlash imkoni
bo‘lmasa, mukofotlashni musobaqa yakuniga bag‘ishlangan maxsus
kechada o‘tkazish kerak.
Mukofotlash marosimi har doim tantanali, ishtirokchilarga,
tomoshabinlarga qiziqarli bo'lishi lozim.
Musobaqani
yopish
namoyishi.
Musobaqani
yakunlovchi
namoyishga barcha ishtirokchilarni yoki faqat oxirgi smena
sportchilarini jalb etish mumkin. Jamoalar o‘ng qanotdan shu
musobaqada egallagan o'rinlariga muvofiq joylashadi. Musobaqa
yakuni e’lon qilinadi va shu zahoti g'olib jamoalar mukofotlanadi.
Bayroq lushirilgandan keyin, namoyishning barcha ishtirokchilari
tantanali marsh bilan g'olib jamoa ortidan zaldan chiqib ketishadi.
Musobaqa hisobotini tuzish.
Musobaqa tugagandan keyin bosh
hakam (bosh kotib bilan birgalikda) hisobot tuzadi, unda quyida- gilar
ko'rsatiladi:
•
musobaqaning nomi va dasturi, o‘tkazilgan joyi va muddati;
•jamoa va shaxsiy birinchilikning natijalari, shuningdek, toifalar
talablarini bajargan va tasdiqlagan sportchiiar to'g'risida ma’Iumotlar;
•
ko‘pkurash turlari (dastur) bo'yicha — hakamlar guruhining
tarkibi;
•
o‘tkazilgan musobaqani uyushtirish va o‘tkazishdagi ayrim
kamchiliklar va keyingi musobaqalarda e’tiboiga olish uchun takliilar.
Dostları ilə paylaş: |