1-savol. MS-Excel dasturi haqida umumiy malumot
Манба:
Урдушев Х. Соҳада АКТ Фанининг Ўқув Услубий Мажмуаси. СамВМИ.
2021 йил.
Microsoft Excel (baʼzan
Microsoft Office Excel deb ataladi
[1]
) —
Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Windows, Windows NT va Mac
OS, shuningdek Android, iOS,Windows Phone uchun yaratilgan elektron
jadvallar bilan ishlash uchun dastur. U iqtisodiy-statistik hisob-kitoblar, grafik
vositalar imkoniyatlarini taqdim etadi. Mac OS X platformasidagi Excel 2008
ning dasturlash tili VBA (
Visual Basic for Application). Microsoft Excel
Microsoft Officening tarkibiy qismi hisoblanadi va bugun Excel dunyodagi eng
mashxur ilovalar qatoriga kiradi.
Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan,
avvalambor
hisoblash va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, berilganlarni tez
o'zgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda,
masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng ko'lamli masalalarni
yechishda qo'llaniladigan o'ta quvvatli vosita hisoblanadi.
Hisoblash elektron
jadvalining dastlabki dasturi 1979-yili Visicals (Visiblencalculators - ko'rinib
turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida chiqqan.
Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko'p jihatdan uning
bozorda ommabopligi aniqlandi. 1981 yil IBM PS kompyuteri paydo bo'lishi
bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila
boshlandi. Visicals va Supercals dasturlarining yangi ko'rinishlari paydo
bo'ldi, shu bilan birgalikda Microsoft- Multiplan firmasining birinchi amaliy
dasturi paydo bo'ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga
aylandi. Hisoblashlar natijalarini ko'rgazmaliroq tasvirlash uchun
joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo bo'lishi, bu elektron jadval
rivojlanishining navbatdagi qadami bo'ldi. 1983-yil LOTUS firmasining 1-2-
3 paketlari chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi.
Ammo 1997-yil Microsoft firmasi tomonidan
Excel dasturi taqdim etildi, u
hozirgi kunda ham o'z sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi.
Shubha yo'qki, Excel eng ommabop dasturlardan biridir. Bu dastur ixtiyoriy
axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va
saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash,
ko'rgazmaliroq ko'rsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda siz
WinWord dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanishingiz mumkin.
Dastlab Excelning ommaviy imkoniyatlarini o'zlashtirish qiyin emas, ammo
dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli ular bilan
tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin,
aynan ish jarayonida uning
yangi-yangi imkoniyatlarini ko'rish mumkin.
Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, hisob va iqtisodiy
masalalarni echishda, jumladan, oldindan tayyor bo’lgan ma’lumotlarni tezkor
ravishda qayta ishlab chiqishda yoki sonli xisobotlar bilan ishlash kabi keng
ko’llamli masalalarni echishda qo’llaniladigan o’ta qulay vosita hisoblanadi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, 1982-yil Microsoft CP/M tizimlarida juda
ommabop bo'lgan ilk jadval protsessori Multiplanni bozorga chiqardi, ammo
u MS-DOS tizimlarida Lotus 1-2-3 dasturidan ortda qolardi. Excelning ilk
versiyasi Mac uchun mo'ljallangan edi va 1985-yil chiqarilgan,
Windows
uchun versiyasi esa 1987-yil noyabrda ishlab chiqilgan.
Lotus Windows uchun dasturini moslashtirishga shoshilmadi bu esa 1988-
yildan Excelning undan o'tib ketishiga sabab bo'ldi. Microsoft har bir yangi
versiya uchun o'z mavqeyini mustahkamlay boshladi. Windows platformasiga
mo'ljallangan hozirgi versiyasi Excel 16, Mac OS X uchun esa Microsoft Excel
2012 dir.
Boshida Excel nomi bilan bog'liq muammo paydo bo'ldi, negaki boshqa
kompaniya shu nomdagi dasturlar paketi bilan savdo qilardi va Microsoftni
sudga beradi. Shu sababli bundan buyon Microsoft har qanday
hujjatlarda
dastur nomini Microsoft Excel deb yuritishga majbur bo'ladi.
Keyinchalik Microsoft kompaniyasining shu nomdagi dasturlarni sotib olishi
natijasida muammoga barham berildi.
Kompaniya dasturning qisqartmasi sifatida XL harflaridan foydalanishga
qaror qildi va bu hozirgacha davom etmoqda, Excel faylarini kengaytmasi
esa — .xls. Birinchi jadval muharrirlari bilan taqqoslaganda Excel
foydalanuvchiga keng imkoniyatlarni taqdim etadi.
Excel foydalanuvchiga ekraning o'zida jadvalning ko'rinishini,
shriftlar,
belgilar va katak tashqi ko'rinishini o'zgartirish imkonini bergan ilk jadval
muharriridir. Yana u kataklarning aqlli hisobini chiqarib beradigan dastur
edi.
1993-yilda ilk marotaba Microsoft Office'ga birlashtirilish munosabati
bilan Microsoft Word va Microsoft PowerPoint Excel'ga monand grafik
interfeysga ega bo'lishdi.
1993-yildan boshlab Excel tarkibiga Visula Basic'ga asoslangan Excel
masalalarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi
dasturlar uchun Visual
Basic dasturlash tili kiritiladi. VBA foydalanuvchi bilan aloqa qilish formalarini
yaratishga imkon beradi. Bu til DLL (ing. Dynamic Link Library - dinamik
kutubxona)ni qo'llashi (yaratishi emas) mumkin.
VBAning funksionalligi Excelni makroviruslar uchun oson nishonga aylantirdi.
Bu antivirus mahsulotlari ularni topishni o'rganmagunlarigacha katta
muammo bo'lib qoldi. Shu sababli Microsoft quyidagi himoya turlarini tanlash
imkonini o'z dasturiga qo'shdi:
makroslarni to'liq o'chirish
hujjat ochilishi bilan makroslarni yoqish
sertifikatga ega makroslarga ishonish.
Excelning 5.0 dan 9.0 gacha versiyalari o'zida turli "yashirin sir"larni saqlaydi,
ammo 10-chi versiyadan so'ng Microsoft ularni yo'q qilish chora-tadbirlarini
qo'llay boshladi .
Dostları ilə paylaş: