1-mustaqil ta`lim Geografiyani o`qitish tamoyillari va qonuniyatlari


Geografiyani o'qitishning o'lkashunoslik tamoyili



Yüklə 14,68 Kb.
səhifə3/3
tarix06.06.2023
ölçüsü14,68 Kb.
#125730
1   2   3
1-mustaqil ta`lim1

Geografiyani o'qitishning o'lkashunoslik tamoyili. Maktab o'lkashunosligining vazifasi o'quvchilar tomonidan ta'lim-tarbiya maqsadida har xii manbalar bo'yicha va bevosita kuzatishlar asosida o'z o'lkasi hududini har tomonlama o'rganishdir. O'lkashunoslik hayot bilan bog'lanishning qudratli vositasidir. Ko'pchilik o'quvchilarning maktabni bitirganlaridan keyin mahalliy sanoat va qishloq xo'jaligi korxonalariga ishlash uchun borishlari hisobga olinganda, o'lkashunoslik alohida ahamiyat kasb etadi. O'lkashunoslik bevosita tabiat muhofazasi bilan bog'liq, chunki o'z o'lkasini bilish o'quvchilarga uni muhofaza qilish va ko'kalam-zorlashtirish bo'yicha ishlarda ongli qatnashish imkoniyatini beradi. O'z o'lkasini o'rganish o'quvchilarning mustaqilligini rivojlan-tiradi, chunki bu ijtimoiy-foydali mehnatda faol qatnashishga imkon beradi.
O'lkashunoslik materialini o'rganish bo'yicha ish o'quv maq-sadlariga javob berishi kerak, shuning uchun ham uning maz-muni va xarakteri o'quv dasturi bilan belgilanadi. O'lkashunoslik ishJari tashkil qilinish shakllari bo'yicha sinfda va sinfdan tashqarida bo'lishi mumkin. Faqat ular barcha o'quvchilar tomonidan bajarilsin.
O'lkashunoslik tamoyili nazariy geografiya kursining o'quvchilar o'z o'lkalari tabiati bilan bevosita muloqotda bo'lishida oladigan tasavvurlarga uzviy ravishda bog'lanishini nazarda tutadiO'lkashunoslik tamoyilini o'quv-tarbiya ishlarida faqat maktab oikashunoslik burchagida mahalliy materiallarni izchil ravishda to'plab borgan sharoitdagina amalga oshirish mumkin. Eng oddiy o'lkashunoslik kuzatishlari, boshlang'ich sinfda o'quvchilar chiqargan xulosalar ular ongida asta-sekin to'planib boradi va bu xulosalar hayotda hamda tabiatni keyinchalik o'rganishda kerak bo'ladigan asosiy Geografiya tushunchalarini shakllantirish uchun baza bo'lib xizmat qiladi.
Yüklə 14,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin