167
32-§. BIOSFERA EVOLUTSIYASI. NOOGENEZ
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
. Yerda odamning paydo bo‘lishi –
antropogenezni eslang. Insonning tirik organizmlar dunyosi tizimidagi
o‘rnini ta’riflab bering.
Noosfera haqida tushuncha
. Biosferaning inson tomonidan tubdan
o‘zgartirilgan yangi qobig‘i
noosfera
deyiladi.
Inson tabiatning bir qismi sifatida u bilan uzviy bog‘langan
va uning
hayot faoliyati barcha tirik mavjudotlarga xos umumiy biologik qonunlar
asosida sodir bo‘ladi. Yerdagi barcha tirik organizmlardan farqli ravishda
inson ong,
tafakkur, og‘zaki va yozma nutqqa ega.
Fransuz matematigi Eduard Lerua
noosfera
atamasini taklif qildi.
(grek
.
«noos» – ong, «sphaira» – shar). U inson ongi bilan shakllantiriladigan
biosfera qobig‘ini noosfera deb atadi.
Noosfera –
Y
er qobig‘ining kishilik jamiyatining ongi,
tafakkuri,
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, fan-texnika rivoji, madaniyati bilan bog‘liq
holda biosferaning yangi qiyofaga ega inson jamoasini o‘z ichiga oladi.
Biosfera to‘g‘risidagi ta’limotning asoschisi V.I.Vernadskiy noosferani
biosferaning inson va tabiat munosabatlarini ongli
ravishda tartibga solish-
dan iborat bo‘lgan, biosferaning rivojlanishidagi yangi bir bosqich deb
ifodalaydi. U inson faoliyatining ijodiy va yaratuvchanlik xarakterdaligi, inson
ongi tufayli ilgari tabiatda mavjud bo‘lmagan va tabiatda mustaqil yashay
olmaydigan madaniy o‘simliklarning yangi navlari
va uy hayvonlarining
zotlari yaratilganligini qayd etadi.
Noosfera
–
biosfera rivojlanishining oliy
bosqichi, unda insoniyatning ongli faoliyati asosiy harakatlantiruvchi kuchga
aylanadi. Inson biosferaning rivojlanish qonuniyatlarini to‘g‘ri
tushunishi va
shundan kelib chiqib, uning ekologik rivojlanishini ongli ravishda boshqarishi
lozim.
Boshqacha aytganda, inson o‘z mehnat faoliyati bilan biosferaning
rivojlanish qonuniyatlariga amal qilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: