171
33-§. INSON BIOSFERA OMILI SIFATIDA.
INSON FAOLIYATINING BIOSFERAGA TA’SIRI
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang.
Antropogen omil o‘simlik va hayvon
turlari, ularning yashash muhitiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Mazkur
ta’sir qanday natija va oqibatlarga olib keladi?
Kishilik jamiyatining tabiatga nisbatan tubdan o‘zgartiruvchi ta’siri muqarrar
hisoblanadi. Aholi sonining o‘sishi, biosferada mavjud bo‘lgan moddalar va
energiyadan xo‘jalik maqsadlarida foydalanishning
tobora ortib borishi, undagi
aloqa va bog‘liqlik umumiy tuzilmasini qayta qurish
natijasida jamiyatning
biosferaga ta’siri muntazam ravishda kuchayib bormoqda. Inson faoliyati
sayyoraning qiyofasini tobora kuchliroq o‘zgartirmoqda.
A
holi
sonining ortishi
bilan insonning tabiatga nisbatan bo‘lgan ta’sirining kuchayishi bir vaqtda sodir
bo‘lmoqda. Agar XVIII asr boshlarida
Y
er aholisi taxminan 600
mln kishidan
iborat bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi paytda u 7,5 mlrd dan oshib ketdi.
Dostları ilə paylaş: