200
(stegosefallar) hisoblanadi. Umurtqali hayvonlarning suv muhitidan quruqlikda
yashashga o‘tishi birinchidan havodagi kislorod bilan nafas olish, ikkinchidan
qattiq substratda harakatlanishni talab etadi. Evolutsiya jarayonida dastlabki
suvda hamda quruqlikda yashovchilar gavda tuzilishi va organlar sistemasida
sodir bo‘lgan muayyan irsiy o‘zgaruvchanlik asosida vujudga kelgan belgilar
ularning o‘zgargan muhit sharoitiga moslanishiga imkon bergan. Oldingi
va orqa oyoqlarning paydo bo‘lishi, yuragining uch kamerali bo‘lishi, qon
ikki doira bo‘ylab harakatlanishi, nog‘ora parda va eshitish suyakchasining
paydo bo‘lishi suvda hamda quruqlikda yashovchilarga quruqlik muhitida
yashash imkonini yaratdi.
Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlikda yashovchi hayvonlar bo‘lib,
ularning
terisi quruq, nafas olishda ishtirok etmaydi. Tashqi urug‘lanish
o‘rniga ichki urug‘lanish kelib chiqqan, ular yirik, sariqlikka boy tuxum
qo‘yadi. Ularning markaziy nerv sistemasi, ayniqsa bosh miyasi va sezgi
organlari yaxshi rivojlangan. Boshining harakatchanligi sezgi organlaridan
ko‘proq foydalanish imkonini beradigan bo‘yin umurtqalari taraqqiy etgan.
Skeletida ko‘krak qafasining vujudga kelishi o‘pkani himoyalab,
nafas
olishining takomillashishiga olib kelgan, nafas yo‘llari – traxeya, bronxlar
paydo bo‘lgan, o‘pkalarda gaz almashinish yuzasi kengaygan, yurak
qorinchasida chala to‘siq paydo bo‘lgan.
Quruq va issiq iqlimli mezozoy erasida sudralib yuruvchilar rivojlangan,
ularning xilma-xil vakillari vujudga kelgan va keng tarqalgan. Iqlimning
sovub ketishi natijasida gigant sudralib yuruvchilar
yashash uchun kurash
va tabiiy tanlanishda qirilib ketgan.
Qushlarda quyidagi evolutsion o‘zgarishlar vujudga kelgan. Nerv siste-
masi va sezgi organlaridan kuchli taraqqiy etgan va harakatlari uchish ga
muvofiqlashgan. Yuragi to‘rt kamerali, yurak qorinchalari to‘liq ajralgan.
Arterial va venoz qonlari aralashmaganligi, moddalar almashinuvi jadallashuvi
tufayli tana harorati doimiy bo‘ladi.
Qushlarning asosiy harakati – uchish bilan bog‘liq holda muayyan evolutsion
o‘zgarishlar vujudga kelgan. Qushlarning gavdasi suyri shaklda, oldingi oyoqlari
uchish organi – qanotga aylangan, skeletida toj suyagi yuzaga kelgan. Tanasi
murakkab pat qoplami bilan qoplangan. Tanasida havo xaltachalarining bo‘lishi
va ularning nafas olishda bevosita ishtirok etishi qushlarning yashash uchun
kurashda va tabiiy tanlanishda saqlanib qolishiga yordam beradi.
Dastlabki sutemizuvchilarning vakillari
mezozoy erasida yashagan
sudralib yuruvchilardan kelib chiqqan. Sutemizuvchilar issiqqonli bo‘lishi
201
tufayli sudralib yuruvchilar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar uchun
noqulay bo‘lgan sharoitda ham yashash imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Sutemizuvchilarning bosh miyasida oliy nerv faoliyati markazlari paydo
bo‘lgan. Bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘i yaxshi rivojlangan. Shu sababli
ularning xulq-atvori murakkablashgan va ular tashqi muhit ta’sirlariga
mukammal tarzda javob qaytaradi. Eshitish va hid bilish organlari yaxshi
rivojlanganligi ularning tashqi muhit sharoitiga moslanish, o‘zini
himoya
qilish va oziq topishiga imkon beradi. Sutemizuvchilarda termoregulatsiya
kuchli rivojlangan. Yuragi to‘rt kamerali, o‘pkalari alveolalardan tuzilgan
bo‘lib, nafas olish yuzasi ortgan. Terida turli vazifalarni bajaradigan yog‘, sut,
ter, hid ajratuvchi bezlar bo‘lib, teri jun bilan qoplangan. Sutemizuvchilarda
bachadonning paydo bo‘lishi, embrionning bachadonda rivojlanishi hayvonot
olamidagi yirik aromorfozlardan biri sanaladi. Sutemizuvchilarning suv, havo
va quruqlikka moslanish belgilari idioadaptatsiya natijasida vujudga kelgan.
Hayvonlar filogenezini to‘liq tasavvur qilish uchun tirik organizmlarning
organlar sistemalari rivojlanishini o‘rganish lozim.
Dostları ilə paylaş: