1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   179
11sinif biologiya

62-rasm. 
Umurtqali hayvonlarda bosh miya filogenezi.
G‘oz
Timsoh
Uzunchoq miya
Miyacha
Minoga
Akula
Treska
Baqa
Hid bilish zonasi
Boshqa zonalar
Ot
O‘rta miya


206
Baliqlarda bosh miya unchalik katta hajmga ega emas, oldingi miya 
yarimsharlarga bo‘linmagan. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda oldingi 
miya yarimsharlarga bo‘lingan. Miyacha harakatlarning soddaligi tufayli 
yaxshi rivojlanmagan. Sudralib yuruvchilarning quruqlikda yashashga o‘tishi 
miyaning murakkab morfologik va funksional tuzilishni talab etadi. Ularda 
oldingi miya boshqa bo‘limlarga nisbatan yiriklashgan. Miyacha sudralib 
yuruvchilarning xilma-xil harakatlari tufayli kuchli rivojlangan.
Qushlarda xulq-atvorning murakkablashuvi, nasli uchun qayg‘urish 
instinkti bo‘lganligi ularning bosh miyasi yaxshi rivojlanganligidan dalolat 
beradi. Bosh miyada oldingi miya yarimsharlarining sathi katta, o‘rta miya, 
oraliq miyaning ko‘rish do‘mboqlari yaxshi rivojlangan. Miyachasi hara-
katlarni muvofiqlashtirish markazi bo‘lganligi sababli kuchli rivojlangan.
Sutemizuvchilarda oldingi miya yarimsharlari po‘stlog‘i kuchli rivojlangan 
va unda ko‘rish, eshitish, tuyg‘u, harakat analizatorlarining oliy markazlari, 
shuningdek, oliy nerv faoliyatining markazlari joylashgan. Miyachasi kuchli 
rivojlangan (62-rasm).
Siz «Odam va uning salomatligi» o‘quv fanida odam organizmi dagi 
ichki sekretsiya bezlari birgalikda endokrin sistemasini tashkil etishi, ichki 
sekretsiya bezlarida ishlab chiqiladigan biologik faol modda – gormonlar 
organizmning ichki muhiti qon va limfaga quyilishi haqida ma’lumotga 
egasiz. Gumoral boshqarish aynan shu gormonlar orqali tirik organizmdagi 
barcha hayotiy jarayonlarni boshqarilishida muhim ahamiyatga ega. Gumoral 
boshqarish – organizmning yaxlit bir butun tizim shaklida yashashining 
ta’ minlanishi uchun unda boradigan hayotiy jarayonlarni gor mon lar vosita-
sida boshqarish sanaladi.
Hayotiy jarayonlarni gumoral boshqarish o‘simliklar, zamburug‘lar va 
hayvonlarga xos bo‘lib u evolutsiyaning dastlabki bosqichlarida paydo 
bo‘lgan. O‘simliklar va zamburug‘larda gumoral boshqarish biologik faol 
moddalar fitogormon va alkaloidlar orqali amalga oshiriladi. Biologik faol 
moddalar o‘simliklarda o‘tkazuvchi to‘qimalar, zamburug‘larda esa mitselliy 
gifalari orqali barcha hujayralarga yetkaziladi.
Hayvonlarda gumoral boshqarish endokrin sistemasiga kiradigan ichki 
sekretsiya bezlari tomonidan ishlab chiqariladigan biologik faol moddalar – 
gormonlar orqali amalga oshiriladi. Mazkur gormonlar organizmning ichki 
muhiti – qon, limfa va to‘qima suyuqligi orqali tanaga tarqaladi.
Organizmning o‘z-o‘zini boshqarishning nerv va gumoral usullari bir- 
biri bilan chambarchas bog‘liq. Bir tomondan nerv sistemasi faoliyatiga 
qon bilan yetib kelgan gormonlar doimiy ravishda ta’sir ko‘rsatsa, ikkinchi 


207
tomondan ichki sekretsiya bezlaridan ajraladigan gormon miqdori va qonga 
quyilishi nerv sistemasining doimiy nazoratida bo‘ladi. Shu sababli, tirik 
organizmlarda sodir bo‘ladigan fiziologik jarayonlar yagona neyrogumoral 
mexanizm orqali amalga oshadi. Bundan tashqari, organizmdagi organlar va 
organlar sistemalari o‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi natijasida fiziologik 
jarayonlarning o‘z-o‘zini boshqarilishi amalga oshadi.
Siz odam organizmida himoyalanish xususiyatlarining mavjudligidan 
xabardorsiz. Himoyalanish xususiyatlari uchta bosqichdan iborat bo‘lib, 
birinchi bosqichda organizmga yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarining 
kirishining oldi olinadi, ikkinchi bosqichda qonning oq qon tanachalari 
leykotsitlari faoliyat ko‘rsatadi, uchinchi bosqichda organizmga kirgan yot 
moddalarga qarshi antitelo va antitoksinlar ishlab chiqariladi. Antitelolar 
organizmga kirgan mikroblarni bir-biriga yopishtirib, parchalab yuboradi. 
Antitoksinlar esa mikroblarning hayot faoliyati natijasida vujudga keladigan 
zaharli moddalarni neytrallab parchalaydi. Organizmda himoyalanish 
xususiyatlarining mavjudligi ularning evolutsiya jarayonida yashab qolish 
va ko‘payish imkoniyatini beradi. Organizmlarning yuqumli kasalliklarni 
qo‘zg‘atuvchi mikroblarga qarshi kurashishi, o‘zini himoya qilishi, 
organizmga kirgan yot moddaning tabiati hisobga olingan holda antitelo va 
antitoksinlar ishlab chiqarish xususiyati
immunitet
deyiladi.
Immun boshqarish
– bu organizmning hayot faoliyatini bir butun tizim 
sifatida yot moddalarga nisbatan barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan 
jarayonlar yig‘indisi sanaladi.
Immunitet hayvonlarda immun tizimi orqali o‘simlik va zamburug‘larda 
hujayra qobig‘ining mustahkamligi va himoya moddalari, masalan fitonsid 
va antibiotiklar orqali ta’minlanadi.
Organizm – yaxlit sistema, uning o‘z-o‘zini boshqarishi nerv va endokrin 
sistemalar, himoya xususiyati immunitet orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin