212
Gidrostatik skelet umurtqasiz hayvonlar, masalan, to‘garak va halqali
chuvalchanglarda uchraydi. Uning tanasida alohida to‘qima suyuqligi bo‘lib,
muskullarga bosim ko‘rsatadi. Mazkur bosim ta’sirida muskullar qisqaradi
va chuvalchang harakatlanadi (68-rasm).
Tashqi skelet bo‘g‘imoyoqlilarda uchraydi. U teri hujayralarining hosilasi
bo‘lib, xitindan iborat. Shu sababli ular xitin qoplami deyiladi.
Tashqi skeletning harakatda ishtirok etadigan ayrim qismlari, tana
bo‘limlarining bo‘g‘imlarida xitin qoplami yumshoq bo‘ladi. Bo‘g‘imlarning
harakati xitin qoplamiga birikkan muskullarning qisqarishi orqali ta’minlanadi.
Xitin qoplami bo‘g‘imoyoqlilarning tanasidan suv yo‘qotilishining oldini
oladi. Shunday qilib, bo‘g‘imoyoqlilarning tashqi skeleti (xitin qoplami)
tayanch va ichki organlarni himoya qilish, organizmni ortiqcha suv
yo‘qotishdan asrash vazifalarini bajaradi.
Xordali hayvonlarda ichki skeletning, ya’ni xorda, umurtqali hayvonlarda
esa umurtqa pog‘onasining paydo bo‘lishi hayvonlar evolutsiyasidagi yirik
aromorfozlardan biri sanaladi.
Tirik organizmlarning muhim xususiyatlaridan biri harakatlanish sanaladi.
Harakatlanish tufayli hayvonlar dushmandan himoyalanadi, oziq izlab
topadi, naslini himoya qiladi. Evolutsiya jarayonida tayanch organlarining
takomillashuvi bilan bir qatorda harakat organlari ham taraqqiy etgan.
Hayvonlarning harakatlanishi maxsus qisqarish xususiyatiga ega bo‘lgan
muskullarning bo‘lishi bilan bog‘liq. Bir hujayrali sodda hayvonlar
sitoplazma o‘simtalari, xivchinlar va kiprikchalar yordamida harakatlanadi.
Tuban ko‘p hujayralilar, masalan, bo‘shliqichlilarda maxsus harakat
organlari bo‘lmaydi. Ular ektoderma qavatidagi teri-muskul hujayralari,
entoderma qavatidagi hazm qiluvchi hujayralaridagi muskul tolachalarining
qisqarishi hisobiga harakatlanadi.
Chuvalchanglarning teri-muskul xaltasida halqasimon va bo‘ylama
muskullar rivojlangan. Ko‘p tukli halqali chuvalchanglar tanasining har bir
segmentida maxsus harakat organlari – muskulli o‘simtalar (parapodiylar)
shakllangan. Molluskalarning muskulli oyoqlari mavjud. Bo‘g‘imoyoqlilarda
Dostları ilə paylaş: