216
Qushlar o‘pkasi yaxshi rivojlangan. Ularning o‘pkasida bronxlar
tarmoqlanib, bronxiolalar bilan tugaydi. Qushlar uchishga moslashganligi
sababli, o‘pkasining ikkilamchi bronxlari oxirlari havo xaltachalarini hosil
qiladi. Havo xaltachalari mushaklar orasiga, teri ostiga va suyak bo‘shliqlariga
yetib boradi. Uchish vaqtida bu xaltachalar havo bilan to‘lib, tana vaznini
yengillashtiradi. Bundan tashqari, havo xaltachalaridagi atmosfera havosi
nafas chiqarayotganda o‘pkadan o‘tib, qonni ikkinchi marta kislorod bilan
ta’minlaydi. Bunday holat moddalar almashinuvini jadallashtiradi, chunki
qon ham nafas olganda, ham nafas chiqarganda kislorodga to‘yinadi.
Dostları ilə paylaş: