Genlar dreyfi – populatsiya genofondida genlarning uchrash chastotasining
tasodifiy va kutilmaganda o‘zgarishi.
Tirik modda – Y
erda tarqalgan barcha tirik organizmlarning yig‘indisi.
Zakazniklar – insonning xo‘jalik faoliyati vaqtinchalik taqiqlangan, davlat
tomonidan himoya qilinadigan hududlar.
Qo‘riqxona – insonning xo‘jalik faoliyati butunlay taqiqlangan maxsus muhofaza
qilinadigan hudud.
Optimum (lotincha – «optimus» – eng yaxshi) – omilning organizm o‘sishi,
rivojlanishi va ko‘payishi samarali kechadigan diapozoni.
Zoosenoz (yunoncha – «zoo» – hayvon, «koitios» – umumiy) – ma’lum bir
biotopda yashovchi hayvonlar populatsiyasi.
Sun’iy tanlash – bu inson ehtiyoji uchun eng qimmatli organizmlarni tanlab olib,
ularni ko‘paytirib, amaliyotda foydalaniladigan jarayon.
Katagenez («kata» – tuban tomonga harakat, «genesis» – rivojlanish) – organizm
tuzilishining umumiy soddalashuviga – umumiy degeneratsiyaga olib keladigan
evolutsion yo‘nalish.
Kommensalizm (fransuzcha – «commensal» – hamtovoq) – birgalikda yashaydigan
organizmning biri ushbu munosabatdan foyda oladigan, ikkinchisi hech qanday naf
yoki zarar ko‘rmaydigan o‘zaro munosabat turi.
Konvergensiya – (lotincha – «converger» – yaqinlashish) tabiiy tanlanish natijasida
kelib chiqishi har xil organizmlarning bir sharoitda o‘xshash bo‘lishi.
O‘zaro raqobat (konkurensiya) – o‘xshash ekologik ehtiyojlarga ega turlar
orasidagi munosabatlar.
Konsumentlar – tirik organik moddani iste’mol qiluvchi va undagi energiyani
oziq zanjiri orqali uzatuvchi organizmlar.
Kosmopolitlar – keng tarqalgan, ya’ni Yer yuzining juda katta hududlarini
egallagan turlar. Masalan, kalamushlar, suvaraklar, pashshalar, burgalar.
Tur mezonlari – turga xos bo‘lgan belgi-xususiyatlarning yig‘indisi.