17
daryo, kollarimizdagi suvlar tabiat yaratgan holda saqlanishiga va nafas
olayotgan havoga bogliq. Shuning uchun suvning ifloslanishiga aslo yol
qoymasligimiz kerak. Suv oqar joylarni asrab-avaylash har bir insonning
burchidir.
Inson organizmi, asosan, suvdan iborat, shu bois suv inson uchun
nihoyatda zarurdir. Odam suvsiz yashay olmaydi. Toza suv nafaqat
odamlarga, balki qishloq xojaligiga ham kerakli bolib, suvsiz hosil olishning
iloji yoq. Demak, tabiat inomi bolmish suvni asrab-avaylashimiz kerak.
Biroq songgi paytlarda inson tomonidan tabiatga, ayniqsa, suvga
keltirilayotgan zarar kolami oshib, chegara bilmas darajagacha yetmoqda.
BMTning iqlim ozgarishi boyicha tayyorlagan maruzasiga kora, 2050-
yilga borib Dunyo okeani suvlarining ifloslanish va kislotalilik darajasi 150 %
ga oshadi. Bu dengiz ekotizimida ortga qaytarib bolmas ozgarishlarga olib
keladi. Dunyo suvlari ifloslanishining asosiy sababi inson tomonidan har kuni
2 million tonna chiqindining tabiiy va suniy suv havzalariga tashlanishidir.
Har yili 260 million tonna plastmassa idishlar okeanga uloqtiriladi. Ularning
katta qismini esa dengiz tolqinlari qirgoqlarga chiqarib tashlaydi. Ichimlik
suvining ifloslanishi kuniga 14 ming kishining olimiga sabab bolayotgani aql
bovar qilmas korsatkichdir.
Ifloslangan suv inson organizmiga katta zarar keltiradi. Suv odamning
korish qobiliyatiga, terisining mayin va toza bolishiga, sochi osishi va
miyaning yaxshi ishlashiga ijobiy tasir etadi.
Toza suv qon bilan organizmga kirib, uni vitaminlarga boyitadi. Agar dala
maydonlari iflos suv bilan sugorilsa, ekinlar quriydi va zaharlanadi. Inson
istemol qilayotgan ichimlik suvining 7080% i qishloq xojaligiga sarflanadi.
Shunday bolsa-da, suvni isrof qilish davom etmoqda. Agar birgina irrigatsiya
tizimi takomillashtirilsa, qishloq xojaligiga sarflanayotgan suvning 30 % ini
tejab qolish mumkin. Xullas, suvning ifloslanishi natijasida kelib chiqadigan
kasalliklarning turlari kun sayin ortib borayotganligini tibbiy tashxislar ham
isbotlab turibdi. Suvni avaylab-asramas ekanmiz, u bizdan sogligimiz
hisobidan «tovon» olaveradi, oqibatda biz turli kasalliklarga chalinaveramiz.
Dostları ilə paylaş: