18
3-bob.
ZAMONAVIY JANGOVAR SHIKASTLOVCHI VOSITALAR
3.1. Yadro quroli
Yadro qurolining tasiri yadro reaksiyasi, yani parchalanish-sintez yoki
bu ikkalasining baravar roy berishi natijasida yadro ichidan ajralib chiqadigan
energiyadan foydalanishga asoslangan.
Yadro qurolining quvvati trotil ekvivalenti, yani trotil zaryadining vazni
bilan ifodalanadi. Trotil zaryadining portlash energiyasi yadro qurolining
portlash energiyasiga teng.
Portlash markazining yer (suv) sathiga
nisbatan joylashishiga qarab
havoda portlash, yerda portlash, yer ostida portlash, suv ustida portlash va
suv ostida portlashlar farq qilinadi (1-rasm). Bu turdagi portlashlarning har
biri obyektlarga oziga xos ravishda shikastlovchi tasir korsatadi.
Havodagi yadroviy portlash
bunda portlash havoda sodir boladi,
yoruglik sohasi yer yuzasiga tegmaydi. Havodagi portlash yuqorida yoki
pastda bolishi mumkin. Pastdagi yadroviy portlashda kotarilayotgan chang
ustuni portlash buluti bilan tutashadi va natijada qoziqorinsimon bulut
hosil boladi. Havoda sodir boladigan yuqori
portlashda chang ustuni
portlash buluti bilan tutashmaydi.
Havodagi yadroviy portlash qisqa vaqt, kozni qamashtiradigan yoruglik
tarqalishi bilan sodir boladi. Shundan song sfera shaklidagi yoritilgan soha
paydo boladi. Undagi harorat bir necha million gradusga yetadi. Yoritilgan
soha yoruglik nurlanishi manbayi bolib xizmat qiladi.
1-rasm.
Yadro zaryadining portlash turlari:
a
havoda;
b
yer yuzida;
d
yer ostida;
e
suv ostida va ustida portlash.
a
b
d
e
19
Yadroviy portlash momaqaldiroq paytida hosil boladigan
ovozga
oxshash keskin gumburlash bilan sodir boladi. Portlash buluti shamol
yonalishi boyicha harakatlanib, oziga xos shaklni yoqotadi
va tarqalib
ketadi. Yuqoridagi yadroviy portlashlarda sharga oxshash yoritilgan soha
hosil boladi. Uning olchamlari yer yuzasi atmosfera qatlamlarida sodir
boladigan yadroviy portlashga qaraganda katta boladi.
Yoritilgan soha
sovigach, chang-tozonli sharsimon bulutga aylanadi. Yuqoridagi portlashda
chang-tozon buluti va ustuni hosil bolmaydi.
Yer yuzasidagi yadroviy portlash
deb, yer yuzasidan uncha baland
bolmagan havodagi portlashga aytiladi, bunda yoritilganlik sohasi yer yuzasi
bilan
kesishib, yarim sfera shaklida boladi. Yer yuzasida portlashdan
chuqurlik hosil boladi. Chuqur olchamlari portlash quvvatiga bogliq bolib,
bir necha yuz metrgacha yetishi mumkin.
Yer ostidagi yadroviy portlash
deb, yer ostida otkazilgan
yadroviy
portlashga aytiladi. Bunday portlashda yoritilganlik sohasi kuzatilmasligi
mumkin. Bunda tuproqqa katta bosim beriladi, hosil bolgan zarba tolqini
yer qimirlashiga oxshash tebranish hosil qiladi. Portlash sodir bolgan joyda
katta chuqur hosil boladi, uning olchamlari portlash quvvati va tuproq
turiga bogliq. Chuqurdan kop miqdordagi tuproq qavati radioaktiv moddalar
bilan atrofga sochiladi. Portlash ustuni bir necha yuz metrgacha yetadi.
Suv ustida sodir boladigan yadroviy portlash
tashqi korinishiga kora yer
ustida sodir boladigan portlashga oxshaydi.
Dostları ilə paylaş: