1. Oliy nufuzga ega bo’lish



Yüklə 156 Kb.
səhifə1/15
tarix21.05.2023
ölçüsü156 Kb.
#118384
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Qadriyatlar yo’nalishlari savolnomasi (I.G.Senin) (2)


Qadriyatlar yo’nalishlari savolnomasi
(I.G.Senin)
Tavsiya etilayotgan savolnoma tarkibiga quyida keltirilgan 8 yo’nalishdagi maqsadli qadriyatlarga doir savollar kiritilgan.
1. Oliy nufuzga ega bo’lish, ya’ni muayyan ijtimoiy talablarga rioya qilish yo’li bilan jamoatchilik nazarida bo’lishga intilish, ijtimoiy talablarga rioya qilgan holda jamoatchilik yoqlaydigan, qo’llab-quvvatlaydigan faoliyatga intilish, o’z mavqeini tobora baland ko’taradigan faoliyat turini izlash va bajarish payida bo’lish.
2. Yuqori moddiy ta’minlanganlik, ya’ni farovon hayot omillariga tiriklikning asosiy mazmuni sifatida munosabatda bo’lish.
3. Ijodkorlik, ya’ni o’z ijodiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, tevarakdagi narsa va hodisalarni o’zgartirishga intilish.
4.Faol ijtimoiy munosabatlar, ya’ni ijtimoiy hamkorlik jarayonida iliq hissiy munosabatlarni o’rnatishga intilish, odamlar bilan ishlashni, hamkorlik qilishni yoqtirish xislati.
5. O’z ustida ishlash, ya’ni o’z shaxsiy xislatlarini anglab, doimiy ravishda o’z qobiliyatlarini va shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishga intilish.
6.yutuqlarga yo’nalganlik, ya’ni o’z oldiga muayyan hayotiy maqsadlarni qo’yish va albatta ularga erishishga hayotning asosiy omili sifatida yondoshish xislati.
7.Ma’naviy qoniqish, ya’ni ma’naviy fazilatlar va ehtiyojlarni moddiy ehtiyojlardan yoki har xil ijtimoiy talablar, rasm- rusmlardan ustun qo’yish xususiyati.
8. O’zlikni saqlash, ya’ni o’z fikr va qarashlarini boshqa har qanday qarashlardan ajrata olish, ba’zan ustun qo’yish, o’zining betakrorligi va o’ziga xosligini, mustaqilligini muhofaza etish.
Shu bilan birga, insonning turli hayotiy sohalarda faoliyat ko’rsatib, ularda har xil ijtimoiy vazifalarni bajarishi nazarga olinganda, quyidagi 5 turdagi vositali qadriyatlar turkumini tashkil etadigan hayotiy sohalarni farq qilish mumkin:

  1. Kasb —hunar olami;

  2. O’quv — tarbiya sohasi;

  3. Oilaviy hayot;

  4. Ijtimoiy hayot;

  5. Qiziqishlar olami.

Har bir inson ushbu hayotiy sohalarni u yoki bu tarzda tanlar ekan, bu tanlovda maqsadli qadriyatlar xam ma’lum darajada o’z ifodasini topadi. YA’ni, muayyan hayotiy soha shaxsning qadriyatlariga qanchalik muvofiq kelsa, shaxs uchun shunchalik katta ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan, oilaga bo’lgan hurmat, sadoqat, ishonch, oilaning moddiy ta’minoti yoki ma’naviy etukligi uchun javobgarlik kabi hodisalar shaxs uchun oilaviy hayotning naqadar ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi va h.k.
Shunday qilib, ushbu metodika bir tomondan, turli hayotiy sohalarda o’z aksini topgan muayyan maqsadli qadriyatlarning ustivorligini aniqlasa, ikkinchi tomondan shaxsning yo’nalish va aqidalariga bog’liq bo’lgan u yoki bu hayotiy sohaning shaxs uchun ahamiyatini o’lchashga yordam beradi.
Qadriyatlar yo’nalishlari savolnomasining tarjima etilgani, milliy muhitga moslashtirilgani, uning ishonchlilik darajasini tahlil etib, o’zbek psixologlariga taqdim etilgani kasbga yo’naltirish ishlarida to’plangan chet eldagi ilg’or tajribalar asosida amalga oshirilgan bo’lib, Respublikamiz ta’lim tizimida bo’layotgan o’zgartirishlarga ijobiy hissa bo’lib qo’shildi, degan umiddamiz. Metodikaning shaxs yo’nalganligi to’g’risida ancha mukammal, keng qamrovli ma’lumot berishini nazarga olib, uni maktab, o’rta maxsus va oliy ta’lim psixologlariga tavsiya etish mumkin.



Yüklə 156 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin