Ijtimoiy hayot sohasi. Bu ko’rsatgich bo’yicha yuqori ballga ega bo’lgan kishilar jamiyat hayotiga doir muammolarga katta ahamiyat berishlari bilan ajralib turadilar. Odatda, bunday kishilar ijtimoiy – siyosiy hayotga tezda kirishib ketadilar va o’zlarining ijtimoiy – siyosiy qarashlarini insoniyat uchun juda muhim deb hisoblaydilar.
Qiziqishlar olami. Bu ko’rsatkich bo’yicha yuqori ballga ega bo’lgan kishilar hayotida ularning shaxsiy qiziqishlari asosiy o’rinni egallaydi. Odatda bunday kishilar bo’sh vaqtlarini to’laligicha muayyan qiziqish sohalari uchun sarflaydilar va bo’sh vaqtlarda biror bir soha bilan mashg’ul bo’lishni havas qilmagan kishilar hayotini zerikarli, ko’p jihatdan mazmunsiz deb hisoblaydilar.
III. Hayotiy sohalar doirasida maqsadli qadriyatlarning talqini Kasbiy faoliyat Oliy nufuzga ega bo’lish. Bu qadriyat odamning jamiyat tomonidan yuqori baholanadigan kasb sohasini tanlashga intilishlarida o’z aksini topadi. Bu yo’nalishdan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishilar odatda o’zlari tanlagan kasbga nisbatan odamlar qanday fikrda ekanligini bilishga qiziqadilar va obro’liroq biror kasbga ega bo’lish orqali obro’-e’tibor qozonishga intiladilar.
Yuqori moddiy ta’minlanganlik. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatkichga ega bo’lgan kishilar yuqori maoshni yoki boshka moddiy ta’minotni kafolatlaydigan kasbni tanlashga moyil bo’ladilar. Agar tanlangan kasb sohalari o’zlari kutgan darajada moddiy rag’batlantirishni ta’min etmasa, ular o’z mutaxassisliklarini o’zgartirishlari ham hech gap emas.
Ijodkorlik. Kishining o’z kasbiy faoliyatiga ijodiylik namunalarini kiritishga intilishlarida o’z aksini topadi. Bu ko’rsatkich bo’yicha yuqori ballga ega bo’lgan kishilar mehnat faoliyatini odatdagi tarzda yuritishdan, har kun bir xil usulda ish qilishdan, tezda zerikib qoladilar. Shuning uchun doimiy ravishda o’z kasbiy faoliyatiga turli yangiliklar, o’zgarishlar kiritishga bo’lgan intilish ularga xos hislatlardandir.