Metodikaning tuzilishi va uni o’tkazish jarayoni Ushbu metodika jami 80 ta savoldan iborat bo’lib, savollar, bir tomondan, 8 ta qadriyat yo’nalishlaridan biriga qaratilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, shu savollar 5 ta hayotiy sohaga ham taalluqli qilib tuzilgan. Aniqroq qilib aytilsa, beshta hayotiy sohaning har birida sakkiz juft (16ta) dan savol mavjud (16x5=80) bo’lib, ayni paytda bu savollar sakkiz yo’nalishdagi maqsadli qadriyatlarga tegishlidir. Va aksincha, har bir maqsadli qadriyat yo’nalishi besh xil hayotiy sohara qaratilgan besh juft (10 ta) savol orqali aniqlanadi (10x8=80).
Javob varaqasi parallelogram shaklini eslatadigan 8x10 hajmli jadval (8 ta satr va 10 ta ustun)dan iborat bo’lib, savollar shunday tartibda joylashtirilganki, javob varaqasining har bir satri bittadan maqsadli qadriyat yo’nalishini aks ettiradi. Quyida ushbu satrlarning qaysi qadriyat yo’nalishlariga tegishli ekanligi ko’rsatilgan.
Qadriyat yo’nalishlari Oliy nufuzga ega bo’lish
Shuningdek, jadvalning dastlabki 5 ta (1 - 5) va keyingi 5 ta ustunlari (6 - 10) bir – birini takrorlagan holda beshta hayotiy sohani o’z ichiga oladi. Har bir hayotiy sohaga taaluqli ustunlarni quyidagi jadvaldan aniqlab olish mumkin:
Hayotiy sohalar
Ustunlar
Kasb—hunar olami
O’quv — tarbiya sohasi
Oilaviy hayot
Ijtimoiy hayot
Qiziqishlar olami
1, 6
2, 7
3, 8
4, 9
5,10
Ushbu metodikani tadqiqot guruhlarida o’tkazish uchun tajribadan o’tuvchilarga bittadan javob varaqasi va savolnoma tarqatiladi va bajarilishi kerak bo’lgan vazifa tushuntiriladi.
Metodika yo’riqnomasi savolnomada keltirilgan bo’lib, unga binoan sinaluvchi savolni o’qiydi va unda yoritilgan fikrning o’zi uchun muhimlik darajasini 5 ballik tizim bo’yicha baholaydi va javob varaqasining tegishli katakchalarida qayd etib boradi. Javoblarni “pastga engashgan” satrlar bo’ylab emas, balki odatdagidek gorizontal satrlar bo’ylab ya’ni katakchalarning tartib raqamlariga rioya qilgan holda qayd etish lozim bo’ladi. Demak savolnomada savollar shunday izchillik asosida joylashtirilganki, biror joyda mazmunan bir —biriga yaqin savollar yonma — yon tushib qolmaydi. Bu esa test mazmunining yoki tashxis yo’nalishining sinaluvchi uchun oydinlashib qolishining oldini oladi.
Demak. Yuqorida qayd etilganidek tajriba o’tkazuvchi hap bir sinaluvchiniig nima ish bajarishi lozimligini to’liq tushuntira olishi va uzluksiz nazorat qilishi kerak. Sinaluvchi barcha savollarga javob berib bo’lgach javob varaqasi va savolnomani tadqiqotchiga topshiradi.