1. Ovqatlanish va inson salomatligi


Allergik kasalliklarning kelib chiqishi haqida ilk ma’lumotlar



Yüklə 140,84 Kb.
səhifə2/6
tarix26.12.2023
ölçüsü140,84 Kb.
#197709
1   2   3   4   5   6
Allergik kasalliklar bilan kasallangan bolalarda oziq-ovqat mahs

1.2. Allergik kasalliklarning kelib chiqishi haqida ilk ma’lumotlar.
Allergik kasalliklarga eramizdan avvalgi alllomalarimiz qoldirgan qo‘lyozmalarda rm ta’rif berilgan bo‘lib, ularning kelib chiqishi uzoq o‘tmishga borib tarqaladi. Taxminimizcha, AK lar zqakida ilk bor Buqrot eramizdan 4 asr avval yozib qoldirgan. U oziq-ovqat mahsulotlariga o‘ta sezuvchanlik holatini kuzatgan va jumladan, sut me’da buzilishi va eshakemi chazqirishini ta’kidlagan. Undan bir yarim ming yil keyin allomamiz Abu Ali ibn Sino turli xildagi zaharlanishlar, toshmalarni davolash usullari xasida «Tib qonunlari» asarida to‘xtalgan. Vavilon Talmudida tuxumga nisbatan ichak sezuvchanligini davolash usullari ko‘rsatmasi yozilgan.
Wills (1679) o‘z maqolasida vino ichish oqibatida qo‘qqisdan yuzaga keladigan astma hurujiga olib kelishini yozgan. Salter (1859) nafas olganda ta’sir qiluvchi moddalar, me’da —ichakka suriluvchi birikmalar qo‘qqisdan yuzaga keladigan astma hurujiga olib kelishini yozgan.
Eramizdan 400 yil ilgari ta’rif berilgan allergiya hozirgi kunda o‘z ahamiyatini yuqotgani yo‘q, balki muaammoligicha qolmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra allergik kasalliklar soni oxirgi 30 yilda butun dunyoda o‘sgan. Masalan, Germaniyada axolining 1/3 1qismi allergik kasalliklar bilan kasallangan. Allergologiya muammolariga bag‘ishlangan Venadagi (1988) xalqaro kongressda yer yuzidagi 2/3 qism axoli teri kasalliklari, jumladan allergik tabiatli kasalliklar bilan og‘rigani qayd etilgan. Buning sababi sifatida ishlab chщarishdagi kimyoviy moddalar va tashqi muqitning boshqa turli omillari e’tirof etilgan [59]. Organizmga tashqi muhitdan tushadigan allergenlar «ekzoallergenlar» deyiladi va bir necha guruhga bo‘linadi:
I. Noinfeksion ekzoallergenlar: maishiy (uy changi), epidermal (soch, jun, qazg‘oq), o‘simlik changi (o‘t, daraxt changlari), dori (antibiotiklar, sulfanilamidlar, barbituratlar va hk.), kimyoviy moddalar (benzin, benzol, xloramin, ursol va hk.)( kelib chiqishi bo‘yicha o‘simlik (sabzavot, mevalar) va hayvon mahsulotlari (go‘sht, baliq)ga bo‘linuvchi oziq— ovqat mahsulotlari.
II. Infeksion ekzoallergenlar: bakterial, zamburugli, virusli allergenlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Organizm ichida mavjud bo‘lgan allergenlar «endoallergenlar» deyiladi va ular bo‘linadi:

  1. Birlamchi yoki tabiiy endoallergenlar (asab to‘qimasi, gavqarning normal to‘qimasi)

  2. Orttirilganyoki ikkilamchi endoallergenlar (patologik to‘qimalar): infeksion va noinfeksion [7, 108].

Hozirgi vaqtda oziq-ovqat allergiyasi muammosi saqlanib qolmoqda. Dunyo bo‘yicha Sog‘liqni saqlash tashkilotlari aholining 47% allergik kasalliklardan aziyat chekmoqdaligini ma’lum qilgan. Oziq-ovqat bilan bog‘liq yuqori sezuvchanlikni aniqlash uchun zarur bo‘lgan yangi diagnostika usullari mavjud [43].
Oziq-ovqat allergenlari noinfeksion ekzoallergenlar guruhiga mansub bo‘lib, kelib chiqishi bo‘yicha o‘simlik (meva, sabzavotlar) va hayvon (go‘sht, sut, baliq) mahsulotlariga bo‘linadi.
Shifokorlar mintaqadagi ekologik vaziyat bilan allergiya, bronxial astma bilan og‘rigan odamlar sonining ko‘payishi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aniqladilar. Xrom, nikel, berilliy, asbest kabi ishlab chiqarish chiqindilari va ko‘p pestitsidlar saraton kasalliklariga sabab bo‘ladi. O’tgan asrda bolalarda saraton deyarli noma’lum edi, va endi u tobora keng tarqalgan. Biosferaning ifloslanishi natijasida yangi, ilgari noma’lum kasalliklar paydo bo‘ladi. Ularning sabablari juda o‘rnatish qiyin. Turli ekzoallergenlar chaqiradigan kasalliklar keng tarqalgan bo‘lib, ularning chastotasi o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib bormoqda [39].
Ekzogen allergik kasalliklar kelib chshuishida umumiy mexanizmlar mavjud:

  1. genetik irsiy moyillik (kasallik kqshincha ommaviy xarakterga ega);

  2. ekzogen induktor allergenlarq mavjudligi, ularning eliminatsiyasi qisman yoki to‘liq sog‘ayishga olib keladi,

  3. immun (tezkor va suyet) reaksiyalarning allergenga nisbatan giperergik xarakteri;

  4. ekzogen allergenlar yordamida desensibilizatsiya o‘tkazish mumkin va samarali ta’sirga ega.

Ushbu kasalliklarining asosiy patogenetik mexanizmi bo‘lib yuqori immunlogik reaktivlik xizmat qiladi, u immun (sistemaning alohida omillari: ma’lum sinf antitelolari (ko‘pincha IgE), sensibilizatsiyalangan limfotsitlar, ularning A turlari ko‘p ishlab chiqarilishi (giperproduksiya) bilan xarakterlanadi. Bu holatning sababi turlicha bulishi mumkin. Umumiy va spetsifik T— supressorlarning yetishmasligi, umumlashtirib aytilsa, ba’zi immunnitetni boshqaruvchi mexanizmlar yetishmasligi oqibatida immun sistemada disfunksiya mavjudligi kabilar. Taxmin qilinishicha, [Stannegard et al., 1979] atopik (ekzogen allergik) kasalliklarda turli fiziologik moddalarga nisbatan reaktivlikning o‘zgarishi asosida hujayra defekti yotadi.


Yüklə 140,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin