Allergik kasalliklar bilan kasallangan bolalarda oziq-ovqat mahs
1.3. Ovqat allergiyasi tarqalishi va o‘ziga xos kechish yullari. Allergik tipdagi ovqatni ko‘tara olmaslik holati tez —tez uchrab turadi. OA da kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari haqida aniq statistik ma’lumotlar yuqligini kasallikni allergik tabiatga ega ekanini aniqlash va tashxis qo‘yish qiyinligi bilan tushuntiriladi.
Deyes (1959) ma’lumoti bo‘yicha 1939 yildan 1959 yilgacha OA bilan xastalangan bolalar soni 10 marta o‘sgan. U sutga nisbatan bolalarda uchraydigan allergiyani XX asr xastaligi deb nomlagan.
Tashkillashtirilgan epidemiologik tekshiruvlar o‘tkazilmagani tufayli OA ning tarqalishi aniq chastotasi ma’lum emas. Shimoliy Amerikadagi ma’lumotlar bo‘yicha aqoli populyatsiyasida 10% (3% bolalar va 7% katgalar), Yevropadagi ma’lumotlar bo‘yicha 0,3 —7,5% bolalar va 2% kattalar orasida uchraydi. Maxkamova ma’lumoti bo‘yicha bolalar orasida OA 0,3 —3,8% atrofida uchramoqda [27].Andersen (1953), Rowe (1956) ta’kidlashicha, umuman olganda OA chastotasi boshqa allergik kasalliklar ichida 5 —50%ni tashkil qiladi [1]. OA da o‘ta sezuvchanlik holati yuzaga kelishida irsiy moyillik muhim rol o‘ynaydi. D.M.Guseynova, A.A.Eyubova o‘tkazgan tadqiqot ishlari natijasida allergik kasalliklarga moyillik autosom — retsessiv tip aniqlangan. JSST bergan ma’lumotlarga kora OA bolalar orasida 40% gacha uchraydi. M.Farrell va B.Kettelxat bergan ma’lumotlar bo‘yicha nasldan — naslga utishi, ko‘prok, (2:1) ayollar og‘rishi ma’lum. Ovqat allergiyasi bilan erkaklar ayollarga nisbatan 2 marta ko‘proq xastalanadi va kasallik uchrash chastotasi 0,1—7% ni tashkil etadi. Qarindoshlarda ovqat allergiyasi xastaligi mavjud bo‘lganda kasallanish xavfi xavfifi yanada ortadi. Tezkor tipda kechuvchi allergik reaksiyalar bilan bog‘lik, ovqat allergiyasi kasalligi 0,1—7% atrofida uchrab turadi va A u erkaklar ayollarga nisbatan 2 marta kup xastalanadi. Allergik kasalliklar bo‘yicha aholi orasida yalpi ko‘rik o‘gkazilganda davolash muassasalarining hisobotlari bo‘yicha odatdagidan 5 — 7 marta ko‘proq bemor anidlangan. Buning sababi—hamma bemorlar dam vrachlarga murojat qilavermaydi va hamma vaqt ham to‘g‘ri tashxis qo‘yilavermaydi (Nazarov O.A., Yuldosheva). Oziq — ovqat mahsulotlariga nisbatan allergiya tashxis qo‘yilganganga nisbatan juda kup uchraydi. Bemorlar vrachga kasallik belgilari qayta —qayta yuzaga kelganda yoki surunkali tus olgandagina murojaat qilishadi. Statistik ma’lumotlarning axboroti ham diagnostik xatoliklar tufayli chegaralangan. Bemorlardan sinchkovlik bilan anamnez yiqqanda ko‘pincha ularda qaysidir oziq- ovqat mahsulotiga nisbatan eshakemi, Kvinke shishi va boshda ko‘rinishlarda kasallik kechgani aniqlanadi.
Yeger bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan allergiya 3- 4% (0,3-7,5%) kukrak va ilk bolalik davridagi go‘daklarda aniqlangan, ularning 2/3 qismida ikkinchi yil oxirida yo‘qolib ketgan. Ilk yoshda boshlangan allergiya nisbatan ijobiy «prognoz»ga ega bo‘lib, katta yoshlilarda ko‘pincha saqlanib qoladi. OA erta bolalik yoshidagi go‘daklarda eng ko‘proq uchrovchi sensibilizatsiya turlaridan biri bo‘lib, ko‘pincha bir yoshgacha bo‘lgan bolalardagi allergodermatoz va respirator allergozlar u bilan bog‘liq bo‘ladi. OA maktabgacha tarbiya va maktab yoshidagi allergiya 11% hollarda, me’da-ichak trakti kasalliklari oilan ogrigan bemorlar orasida esa 20% ^ollarda anshushngan. HafnerMIT (JKT) kasalliklari bilan og‘rigan 4000 bemorni tekshirganda 5,5% hollarda oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘tara olmaslik holatini (eliminatsiya va ekspozitsiya usuli yordamida) aniqladi. 2385sog‘lomkatta yoshli shaxslar anketa yordamida tekshirilganda 4,9% ida OA aniqlandi. M.M.Seregin bergan ma’lumoti buyicha AK bilan xastalangan bemorlarning 36% ida OA kasallikning asosiy sababchisi bo‘lgan turli guruh allergenlari bilan birga uchragan. Muallif bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bolalarda kamroq klinik namoyon bo‘ladi, teridagi belgilar boppqa nishon a’zolar bilan almashadi. Ko‘pincha LOR —a’zolar, MIT), buyrak, asab va boshqa tizimlarda kasallik belgilari yuzaga keladi. Andersen va Werner bergan ma’lumotlar bo‘yicha ixtiyoriy tanlangan bemorlar guruuida oziq- ovqat mahsulotlariga nisbatan ma’lumotlar bo‘yicha. 49% bemorlar ovqat allergenlari turini aniqlash uchun maxsus allergologik tekshiruvdan o‘tishga muxtoj bo‘lgan. Yu.K.Skripkin (1973) allergik dermatozlar bilan xastalangan 47,7% bolalarda oziq- ovqat mahsulotlariga allergiyani aniqlagan. Ovqat hazm qiilip a’zolari kasalligi bo‘lgan shaxslar ushbu kasalliklar bilan og‘rimaganlarga nisbatan ko‘proq OA xastaligiga duchor bo‘ladilar.
Hansen va Werner (1967) ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari bilan xastalangan 20% bemorlarda, A.A.Mins (1967) esa 27,3% hollarda, X.Ya.Novek va L.X.Xering (1967) 30% hollarda, Bernard (1967) 23,5%, Hafner (1971) esa atigi 5,3% bolalarda OA xastaligini qayd qilgan [1]. OA bo‘yicha statistik ma’lumotlar nisbiy, chunki oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘tara olmaslik holati har doim ham allergik xarakterga ega emas. Yu.V.Gorbunov (1969), A.M.Nogaller (1972) bergan ma’lumotlar bo‘yicha ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni klinik, laborator, asbob —uskunalar bilan kompleks tekshiruvlarda garchi 62% bemor ovqatni ko‘tara olmaslikka shikoyat qilgan bo‘lsada, 14,7% ida chin OA aniqlangan.
Chin OA faqat erta bolalik davrida yuzaga keladi va butun umr saqlanib qoladi, bir yoki bir necha mahsulotga nisbatan allergik rayeaksiya bilan kechadi. OA ning bonnsa bir turi mavjud bo‘lib, u kuproq uchraydi va MIT holatiga bog‘liq ravishda rivojlanadi. Bunda disbakterioz, surunkali gastrit, surunkali xoletsistit va boshqa kasalliklar ahamiyatga ega bo‘lib, asab tizimining holati va eliminatsion fon ham muhim rol uynaydi. Bu holatda alohida ovqat allergenlari allergik reaksiya vujudgakelishida yetarli bulmaydi, biroq ularning birgalikdagi (summatsion) ta’siri kasallik yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi [25].
Adabiyot manbalarining ko‘rsatishicha, OAning tarqalishi qamma joyda qar xil bo‘lib, bizning qududimizda yetarli darajada anik; ypi anilmagan. I urli avtorlar bergan ma’lumotlar bo‘yicha, OAning uchrash chastotasi bolalar urtasida 0,3dan 7,5- 15%gacha, kattalar urtasida Esa 2 — 3% ni tashkil qiladi. Kattalarda bu kasallik kamdan— kam qollarda aloqida uchraydi, ko‘pincha polivalent allergiyaning klinik ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. 50% dan kup bemorlarda OA bir vaqtning uzida bir necha mahsulotga nisbatan yuzaga keladi va boshqa guruh allergenlariga sensibilizatsiya ham oson yuzaga chiqadi [25].
Shimoliy Amerikadagi ma’lumotlarga ko‘ra OA ning umumiy chastotasi aqoli populyatsiyasida 10% (bolalar orasida 3% va kattalar orasida 7%), Yevropadagi ma’lumotlar bo‘yicha OA bolalar orasida 0,3— 7,5% va kattalar orasida 2% ni tashkil qiladi. Atopik bemorlar orasida OA salmogi ancha govori, ya’ni 10% atrofida kuzatiladi.[92].
O’tkazilgan tadqiqotlar natijasida allergik kasalliklar o‘sma kasalligiga nisbatan 30 marta, revmatizmga nisbatan esa 2000 marta ko‘p tarqalgani aniqlangan. Amerika qo‘shma shtatlarida 20 mln. kishi pollinoz bilan, 9 mln. kishi bronxial astma va yana shuncha kishi qavarchiqlar va Kvinke shishi bilan xastalangan. Finlyandiyada 20% axolida, Shveysariyada esa 8,4% axolida allergiya aniqlangan. Allergik kasalliklarning tarqalishi iqlim sharoitlari va ekologik vaziyatga ham bog‘liq bo‘lib, shahar va qishloq axolisining kasallanish ko‘rsatkichi turlicha bo‘ladi. Atmosfera havosi yuqori darajada ifloslangan mintaqalarda (masalan, metallni kbayta ishlash, sement ishlab chiqarish korxonalari yaqinida jylashgan rayonlarda) allergik kasalliklar bilan davolash muassasalariga murojaat qilgan aqoli soni toza havoli hududlarga nisbatan 8 — 10 marta ko‘proq.
Gruziyaning ayrim tumanlarida allergik kasalliklar bilan kasallangan bemorlar soni 1000 kishiga 11,4 kishini tashkil rsllsa, Krasnodar ulkalarida bu ko‘rsatkich 233,8, ya’ni 20 marta ko‘p. Allergik kasalliklar bo‘yicha epidemiologik tekshiruvlar natijasida kasallanish xavfi bo‘lgan gurux, aniqlandi: kasallik kup rog; ayollarda, shauar auolisida, meunatga uobiliyatli yoshda (20 — 40 yosh) va ziyolilar orasida uchrar ekan. Allergik kasalliklardan ko‘riladigan ijtimoiy va iutisodiy zarar ham ancha katta. Ayrim ishlab chiqarish korxonalarining surunkali allergik kasalliklar bilan kasallangan ishchilarining vaqginchalik ishga yaroqsiz kunlari 100 ta ishchiga bir yilda 331 kunga to‘g‘ri kelgan. Bemorlarning mehnatga qobiliyatli yoshda nogiron bo‘lib qolish darajasi ham yuqori bo‘lib bormoqda. Masalan, Germaniyada BA bilan 1712 ta bemor tekshirilganda, ularning 15,3% nogiron deb tan olingan. Respublikamizning ayrim hududlarida esa BA kasalligi bilan kasallangan bemorlar orasida nogironlik 49% gacha yetdi. Allergik kasalliklarning dunyo bo‘ylab tarqalishida tashqi xavfli omillar ta’siri ham bor. Ularga: chekish, spirtli ichimliklarni ichish, ekstremal iqlim sharoitida bo‘lish (shu bilan bog‘liq holda suv-tuz almashinuvi, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi), uy sharoitida va ishlab chitsarishda zaharli moddalar bilan munosabatda bo‘lish (ularning organizmga tushishi sezuvchanlik ortishiga va tuqimalar buzilishiga olib keladi), asabiy —ruhiy stresslar, vaqtinchalik immunitet yetishmaslik (bu qondagi kortikosteroidlar miqdorining pasayishiga olib keladi), ovqatda S, A, RR guruh vitaminlarining yetarli miqdorda bo‘lmasligi, dori moddalarini ko‘p iste’mol qilish (polipragmaziya), aqoli yashaydigan qududdarda atmosfera qavosining ifloslanishi va boshqalar kiradi [45].
Evropa mamlakatlaridagi bolalarda oziq-ovqat allergiyasining tarqalishi turli tadqiqot dizaynlari va natijalar ta’riflaridan foydalangan holda bir nechta tadqiqotlarda baholangan. 2000 va 2012 yillar oralig‘ida chop etilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 6 dan 10 yoshgacha bo‘lgan Evropa bolalarida hisobotlarga qaraganda OA 5,7% dan 41,8% gacha va 1,6% dan 24,4% gacha tarqaladi [121].
Allergik kasalliklar siklik ravishda kechgani uchun (avj olish davri tinch davr bilan almashib) bu patolgiya uchrash tezligini o‘rganish uchun alohida tekshirish usullarini talab qiladi. Shaharlar allergolog —shifokorlar bilan yetarli darajada ta’minlamaganligi uchun 45% ga yaqin bemorlar hisobda turmaydi [69].
OA sog‘liqni saqlashdagi eng muhim muammodir. Zero, IgE — bog‘liq OA Fransiyada aholisining 3.24%ida qayd qilingan. Uning klinik ko‘rinishi turlicha bo‘lib, AD, qavarchiqlar, astma, rinit, anafilaktik shok ko‘rinishida bulishi mumkin va yosh utishi bilan ularning qiyosiy chastotasi o‘zgarib boradi. OA yuzaga kelishida xavf soluvchi omillar: alkogolli ichimliklar, aspirin, r — blokatorlar, ferment qosil qiluvchi ingibitorlar roli muhim. Uziga xos ovqatlanish xususitlari, tsishlok, xujalik texnologiyalarining, yangi —yangi oziq —ovqat mahsulotlarining va niqoblangan ovqat allergenlarining iste’moli OA ning vujudga kelishi aspektlarini belgilaydi. OA diagnozi allergologning tajribali baqosiga bogliq bo‘ladi. Ichak florasining roli va erta turli tuman oziq —ovqatlarning iste’moli chidamlilik yuzaga kelishiga yordam beradi. Kasallikni davolash asosan chegaralovchi parxezga asoslanadi. OA bilan xastalangan bemorlarning ovqat qazm qilish, sistemasi a’zolarining biopsiya materiallarini urganish natijasida me’da —ichak shilliq qavatida Ig E,G,M sintezlovchi plazmatik qujayralar soni kupayishi (F.Ainti va R.Poganelli), vorsinkalar atrofiyasi (R.E.Kleinman), eozinofil infiltratsiya (I.M.Voronsov, O.A.Mataligina, R.Calld) ashiqlangan.
Allergik reaksiyalarning peptik yara genezida va gatrit rivojlanishidagi roli plazmatik hujayralarning immunoflyuoressensiya usulida bilvosita tasdiqlangan [85.] Me’da va ichaklarda morfologik uzgarishlar topilmasligi OA mavjudligini istisno qilmaydi, chunki "nishon" a’zo boshqa joyda joylashgan bulishi qam mumkin. Kelib chiqishi nutritiv bo‘lgan qavarchigqar, BA, ekzemada oziq —ovqat mahsuloti kasallik hurujini gastrointestinal simptomlarsiz ham keltirib chiqarishi mumkin [51].
Taxminan 5—10% bolalarda bir yoki bir necha oziq— ovqat mahsulotlariga nisbatan allergiya mavjud. OA ko‘proq erta bolalik davrida uchraydi va bolalarda 90% qollarda sigir suti, tuxum, yonok va bugdoy reaksiya beradi [S.Hasan Arshad, Food allergen avoidance in primary prevention of food allergy].
Ovqat allergiyasi dunyoning turli mamlakatlarida tobora avj olib bormoqda. Uning yuzaga kelishida qar bir xalqning ovqatlanishining uziga xosligi aqamiyatga ega. Shvetsiyada eng kup tarqalgan ovqat allergeni balig; bo‘lsa, Angliyada— tovuq tuxumi, Isroilda— shaftoli eng kup uchraydi) har bir joyda yukoridagi kabi uziga xos mahsulot bilan birga muhim allergenlar sifatida sigir suti, bugdoy, yong‘oq va shokolad kabilar aloxida urin tutadi [97].
OA MNS tomonidan noxushliklar, migren, giperkinetik sindrom, epilepsiya kabilarga olib kelishi mumkin. OAning IgE — boglshq bulishi IgA va IgG antitanalar topilishi me’da— ichak trakti shillik kavatining ovqat antigenlariga nisbatan o‘tkazuvchanligi oshganini bildiradi. [106].
OA asosan tezkor tipdagi uta sezuvchanlik bilan kechuvchi allergik reaksiyalar bilan o‘tadi va klinik simptomlar ko‘pincha ovqat yegandan sung qisqa muddatlarda (5—10 minutdan 3 — 4 soatgacha) paydo bo‘ladi. OAning niqoblangan shakllarida klinik simptomlar ancha kech muddatlarda — bir sutkadai keyin, xatto 10-12 kun o‘tgach paydo bo‘lishi mumkin (Taubte,1973). Allergik reaksiyaning davomiyligi 2 — 3 soatdan 7 —10 kungacha davom etishi mumkin.
Bu ovqat antigeniniig so‘rilish tezligiga,antitananing to‘qimalardagi konsentratsiyasiga, sensibilizatsiya bosqichiga bog‘liq bo‘ladi. O’tkir OA uchun kasallikning ovqat allergeni iste’molidan keyin boshlanishi va umumiy allergik reaksiyalar (isitma, umumiy behollik, qaltirash, lablarda gerpes, teri qichishi, qavarchiqlar, Kvinke shishi, brnxospazm, migren, polnartralgiya va hk.) yuzaga kelishi, arterial bosimning pasayib ketishi, bemor ahvolining og‘irligiga qaramay, ko‘pincha 1—2 sutka ichida kasallik jarayoni to‘xtashi xos bo‘ladi. Allergen mahsulotning qayta iste’moli yuqoridagi klinik belgilarning yana yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Agar allergen mahsulot har kungi yeyiladigan ovqat tarkibida bulsa, allergik reaksiyalar avj olmagan shaklda qaytalashi mumkin, bu surunkali nutritiv allergiya deyiladi (R.A.Luriya, 1937). Bunday vaziyatlarda allergen tabiatini aniqlash qiyin bo‘ladi, chunki qayta —qayta yuzaga kelgan allergik reaksiyalar o‘z — o‘zidan turli a’zolarda, avvalo ovqat hazm qilish sistemasida funksional, keyinchalik esa organik shikastlanishlarga olib keladi. Shunday qilib, ovqat hazm qilish sistemasida noallergik tabiatga ega bo‘lgan simptomlar ham ular bilan birga qo‘shilib, juda murakkab bo‘lgan klinik simptomlarni vujudga keltiradi [50].
Oziq-ovqat antigenlariga nisbatan allergik reaksiyalarning yuzaga kelishi bir tomondan ovqat tarkibida aktiv antigen makromolekulalarining mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lsa, boshqa tomondan ovqat hazm qilish sistemasidagi shilliq qavatlarning lokal himoyasiga va organizmning immunologik reaktivligiga bog‘liq bo‘ladi. Atopik reaksiyalar oziq — ovqat maqsulotlari tarkibidagi makromolekulalarga, birinchi navbatda glikoproteinlarga nisbatan yuzaga keladi. Bu birikmalar oziq- ovqat mausulotlariga texnologii itplop berilayotganda, ya’ni uglevodlar molekulasi oqsil molekulasining lizin epsilon — aminoguruxiga birikishidan uosil bo‘ladi. Bunday glikoproteinlar kimyoviy va biologik xususiyatlarga ega bo‘ladi, jumladan, ular proteinazalar ta’siriga rezistent, tripsinni ingibirlash uobiliyati ga ega, past pH va yuuori haroratda uz antigenlik xususiyatini saqlash qobiliyatiga ega [32].
Eng keng tarqalgan oziq-ovqat allergiyasi birinchi turdagi mexanizmlar (IgE vositachiligida) bilan rivojlanadi. Unda atopiya bilan og‘rigan bemorda IgE antitanalari sintezlanadi.. Bazofillardagi yuqori afinitetli IgE retseptorlari yoki turli organlarning semiz hujayralari, shu jumladan teri, oshqozon-ichak trakti va nafas olish yo‘llari ushbu antitanalar bilan bog‘lanadi. Buning shakllanishi natijasida bazofil va mastotsit retseptorlarining kompleksi va faollashuvi hujayralar yallig‘lanishga qarshi vositachilar va qo‘shimcha omillarni sintez qiladi (sitokinlar), buning natijasida yallig‘lanish va OA belgilari rivojlanishiga olib keladi [3, 4, 6].