Abdulla Oripov 55. A.Oripovning kelajagini bashorat qilib ketgan asari qanday nomlangan?
A) “Mitti yulduz” B) “Onajon”
C) “Jannatga yo‘l” D) “Sohibqiron”
56. A.Oripovlar oilada nechta aka-uka bo‘lgan?
A) 2 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta
57. “Mitti yulduz” asari qachon chop etilgan?
A) 1954-yil B) 1960-yil
C) 1963-yil D) 1965-yil
58. “Mitti yulduz” asari kimning e’tiboriga va tahsiniga sazovor bo‘lgan?
A) M.Shayxzoda B) G‘.G‘ulom
C) A.Qahhor D) Mirtemir
59. A.Oripov qanday asarni tarjima qilgan?
A) “Shoh Edip” B) “Faust”
C) “Yevgeniy Onegin” D) “Ilohiy komediya”
60. Shoir 1998-yil qanday mukofot bilan taqdirlangan?
A) Hamza nomidagi davlat mukofoti
B) Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat Mukofoti
C) “O‘zbekiston Qahramoni”
D) “O‘zbekiston xalq shoiri”
61. A.Oripovning “O‘zbekiston” qasidasi qachon yozilgan?
A) 1968-yil B) 1960-yil
C) 1963-yil D) 1965-yil
62. A.Oripovning “O‘zbekiston” qasidasi necha satr?
A) 120 satr B) 140 satr
C) 160 satr D) 100 satr
63. Yurmasman hech behishtni izlab,
Topolmasam chekmasman alam.
O'tirmasman ertaklar so'zlab,
Musallo deb yo'nmasman qalam.
Ko'klamingdan olib sururni,
Dovrug' soldi ustoz … ,
… tuygan g'ururni. (“O‘zbekiston”)
Nuqtalar o‘rniga quyidagilardan mosini qo‘ying
1) M.Shayxzoda; 2) H.Olim; 3) A.Qahhor; 4) Mirtemir; 5) G‘.G‘ulom;
A) 1,2 B) 3,4 C) 1,4 D) 2,5
64. Ushbu qasida bo‘yicha Qotil qo'li qilich soldi mast, Quyosh bo'lib uchdi tilla boshdeya kimning boshiga ishora qilinmoqda?
A) A.Navoiy B) Mirzo Ulug‘bek
C) Bobur D) A.Temur
65. Amerika - sehrli diyor,
Uxlar edi Kolumb ham hali,
Dengiz ortin yoritdi ilk bor
…ning aql mash'ali.
Nuqtalar o‘rniga qasida bo‘yicha to‘g‘ri javobni qo‘ying.
A) Beruniy B) Mirzo Ulug‘bek
C) Xoramiy D) Farg‘oniy
66. Qasidada tilga olingan konchi kim?
A) – B) Habib Abdulla
C) Sobir Rahim D) Oybek
67. Olovda kuymaydigan qush nima deyiladi?
A) samandar B) lochin
C) quzg‘un D) sor
68. Maqtamasman moziyni, biroq
O'tmishingni o'ylayman bir zum.
Zabtga olib keng Osiyoni,
Bir zot chiqdi mag'rur, davongir,
Ikki asr yarim dunyoni
Zir qaqshatdi ulug' jahongir.
Gap kim haqida ketmoqda?
A) A.Navoiy B) Mirzo Ulug‘bek
C) Bobur D) A.Temur
69. “…so‘zni topib so‘zlaydiganlardan edi”► Kim?
A) shoirning onasi B) akasi
C) otasi D) bobosi
70. Hech kimnikiga o‘xshamagan dard va ohanglar, kutilmagan o‘xshatish – manzaralar, dadil xulosalar birdan hammaning diqqatini o‘ziga qaratib olgan asari ?
A) “Mitti yulduz” B) “Onajon”
C) “Jannatga yo‘l” D) “Sohibqiron”
71. Bitilmagan dostondir bori()
Faqat ojiz qalamim manim,
0‘zbekiston, Vatanim manim!
Qavs o‘rniga qaysi tinish belgisi qo‘yiladi?
A) ikki nuqta B) tire
C) ko‘p nuqta D) vergul
72. Yerda qolgan, o, tanim manim misralari mavjud bo‘lgan bandda quyidagi misralarning qay biri uchraydi?
A) Ikki asr yarim dunyoni Zir qaqshatdi ulug‘ jahongir.
B) Uxlar edi Kolumb ham hali, Dengiz ortin yoritdi ilk bor.
C) Temur tig‘i yetmagan joyni Qalam bilan oldi Alisher.
D) Do‘stlar, ko‘kda yulduzlar emas, U Ulug‘bek ko‘zidagi yosh.
73. Ko‘z oldimdan kechar …lar, Ko‘z-ko‘z etib nuqs-u chiroyin.
Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zni joylashtiring.
A) umrlar B) asrlar
C) xayollar D) bolalik
74. Ko‘p jahongir ko‘rgan bu dunyo, Hammasiga guvoh - … .
Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zni joylashtiring.
A) bu olam B) bitiklar
C) bu o‘tmish D) yer osti
75. Bobolardan so‘zladim, ammo Bir zot borkim, baridan suyuk:
Gap kim yoki nima haqida ketyapti?
A) Ona B) ona tabiat
C) ona xalq D) ona vatan
76. Qasida bo‘yicha qora xalqimizni kim g‘azablanib, dunyodan yo‘qotmoqchi bo‘lganligi aytiladi?
A) Chingizxon B) Arablar
C) Oq podsho D) Kayxusrav
77. Qasidada tilga olingan Dansig (Gdansk) joyi haqida gapirilganda nima bosh mavzu qilib olingan?
A) fashist zulmi B) yurtimizning gullab, yashnashi
C) – D) qahramonliklar
78. … edi, men seni ko‘rdim,
Derazamdan boqardi birov.
U sen eding, o, dehqon yurtim,
Turar eding yalangto‘sh, yayov.
Nuqtalar o‘rniga qaysi fasl nomi qo‘yiladi?
A) bahor B) kuz
C) qish D) yoz
79. Sen ketarsan balki yiroqqa, …da balki balqarsan.
Kerakli joyga qaysi viloyat nomi qo‘yilishi kerak?
A) Farg‘ona B) Surxon
C) Toshkent D) Buxoro
80. Balki chiqib oqargan toqqa,
Cho‘pon bo‘lib gulxan yoqarsan.
Balki ustoz …dek to'lib,
Yozajaksan yangi bir doston.
Nuqtalar o‘rniga quyidagilardan to‘g‘risini qo‘ying
1) M.Shayxzoda; 2) H.Olim; 3) Oybek; 4) Mirtemir; 5) G‘.G‘ulom;
A) 5 B) 3 C) 2 D) 4