1. O‘zbek xalqining amaliy me’morchilik san’ati. Amaliy san’atning bu qayd etilgan turlari



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə4/36
tarix08.10.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#64720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
amaliy me’morchilik san’ati, naqoshlik barcha mavzular

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. S.Bulatov. O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati. Toshkent-1991 yil.

  2. M. Pritsa «Toshkent ganchkorligi»

  3. Badiiy adabiyotlar nashriyoti. 1960 yil.

  4. S.Bulatov. O‘zbekiston san’ati tarixi. Toshkent 1991 yil.

  5. T.Abdullayev XIX-XX asrlarda O‘zbekiston kandakorlik san’ati. Toshkent 1994 yil.

  6. R.Xasanov. Amaliy bezak san’ati metodikasi. Toshkent 2003 yil.

2. KANDAKORLIK SAN'ATI KANDAKORLAR TOMONIDAN TAYYORLANGAN MILLIY IDISHLAR

Reja:

1. Kandakorlik 
2. Chinni idishlar to'plami go'zallik va inoyat bilan ajralib turadi.
3. Ovqatlanish korxonalarida dasturxon ishlatiladi har xil turlari
4. Chinni va sopol idishlar.
5. Kristall va shisha idishlar.

Kandakorlik — amaliy sanʼat turi; oʻymakorlikning metall buyumlarni oʻyib, chizib naqsh, tasvir ishlash sohasi. Buyumlarni bezashda kandakori (oʻyib, kesib), qolipaki (qolip yordamida), simkori (simdan foydalanib), shuningdek, buyumlarning qismlari (qopqoq, dasta va b.) va ikki qavatli buyumlarni bezashda shabaka (panjarali qilib ishlash) usullari qoʻllaniladi, anʼanaviy usimliksimon (islimiy) va handasiy (girih) naqshlardan mujassamotlar yaratiladi. Naqsh yoki tasvir zamini poʻlat qalam (asbob)lar yordamida chuqur yoki sayoz oʻyiladi, zamin sayoz oʻyilganda rangli loklar bilan boʻyaladi, pardozlanadi, chekma, uyma, katak, parallel kesma chiziqlar bilan jilo beriladi. 1930 yil lardan metall sirtiga kimyoviy moddalar taʼsir ettirib naqsh, tasvir yaratish usuli ham (ilk bor Toshkent badiiy oʻquv i.ch. kombinatida) qoʻllaniladi. Arxeologik topilmalar (bronza qozon, mil. av. 6—5-asrlar, Fargʻona vodiysi, Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyida; Amudaryo xazinasi tarkibiga kirgan metall buyumlar, mil. av. 4—2-asrlar, Britaniya muzeyida; Samarqand Registonidan topilgan metall buyumlarning yirik xazinasi va b.) K. badiiy hunarmandlik turi sifatida Oʻrta Osiyo (jumladan, Oʻzbekiston hududi)da juda qadimdan mavjudligini koʻrsatadi. Dastlab buyumlarga afsonalardagi qahramonlar tasviri ishlangan, arablar istilosidan keyin tasvirlar oʻrnini handasiy naqshlar, bezak darajasiga yetkazib ishlangan arab yozuv (bayt)lari egallagan. Temuriylar davrida yangi usullarning yuzaga kelishi oqibatida K. sanʼati yanada rivojlandi, bezak turlari koʻpaydi. 18— 19-asrlarda Buxoro, Samarqand, Xiva, Qoʻqon, Qarshi, Shahrisabz, Toshkent kabi shaharlarda K. markazlari boʻlgan. 19-asrning soʻnggi choragida K. maqsulotlariga boʻlgan talabning ortishi ularni sanoatda qolip yordamida kup nusxada i.ch.ta olib keldi. Bu, oʻz navbatida, K.ning maʼlum darajada susayishiga sabab boʻldi.
Oʻzbekistonda 19-asr oxiriga kelib usulining oʻziga xosligi, zarbning chuqur yoki sayozligi, naqshlar yuzasi va zaminini bezashda qoʻllanadigan usullariga koʻra, bir-biridan farqlanadigan K.ning bir necha (Fargʻona, Toshkent, Buxoro, QarshiShahrisabz, Samarqand, Xorazm) maktablari shakllandi. Fargʻona K. maktabi ustalari (Abdufozil Otaullayev, Mulla Siddiq Otaullayev va boshqalar) buyumlarni bezashda koʻrkam bogʻlar, chamanzorlarni eslatuvchi nafis naqshlarni sayoz, tor zaminli qilib ishlaganlar, oʻziga xos tarzda pardozlaganlar, baʼzan mujassamotga meʼmoriy tasvirlar ham kiritilgan. Toshkent K. maktabi vakillari yirik buyumlarga anʼanaviy naqshlarni yirikroq qilib ishlaganlar, bezakda sodda naqshlar (mehrob, zanjira, zuluk, olmagul va b.)ni qoʻllaganlar. Buxoro K. maktabi vakillari (Hakim Buxoriy, Doʻstmuhammad Rizo va b.) buyumlarni oʻrtacha hajmda nafis, baytlarni kup qoʻllagan holda bezaganlar. Qarshi — Shahrisabz K. maktabiga Buxoro K. maktabining taʼsiri kuchli boʻlgan, ustalar buyumlarni, shuningdek, shisha, feruza koʻzlar qadab bezaganlar, naqsh zamini rangli loklar bilan boʻyalgan, baʼzan buyum sirti qolipaki usulida ishlangan bezaklar bilan qoplangan. Samarqand K. maktabi vakillari buyumlarni shabaka usulida (panjarasimon) bezaganlar, naqshda shobarg keng qoʻllanilgan, naqsh zamini chekma gullar bilan pardozlangan. Xorazm K. maktabi ustalari (Xoʻjaniyoz Sayitniyozov, Matyoqub Jonibekov, B. Yoqubov va b.) naqqoshlar tayyorlagan axtalar yordamida murakkab buyumlarni handasiy va islimiy naqshlar bilan toʻldirib bezaganlar. Bu maktablar oʻzaro aloqada boʻlgan, ayrim usta kandakorlar oʻz ijodlarida turli maktab usullarini qoʻllagan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida yasalgan K. buyumlari shakli xilma-xil (choydish, mis koʻza, kosa, lagan, laʼli, kashkul, oftoba, qumgʻon va b.) tayyorlangan hamda nihoyatda nozik va bejirim naqshlangan. 20-asr 20-yillaridan ustalar artellarga uyushtirildi. K. sexlarida ijod qila boshlagan ustalar turli maktablarning anʼanalari, usullaridan foydalanib badiiy buyumlar (choydish, mis kuza, mis lagan, satil, oftoba, dastshoʻy, qumgʻon va b.) tayyorladi. 60-yillar boshlarida artellar tugatilib mahalliy sanoat korxonalari, mahalliy xizmat kombinatlarida (Qoʻqonda L. Fozilov, Buxoroda S. Hamidov, M. Mukarramov, A. Hamidov, Xivada Yo. Bekjonov boshchiligida) K. buyumlari ishlab chiqarildi. Toshkent, Buxoro, Qoʻqon, Xiva kabi shaharlarda Oʻzbekiston BA K. ustaxonalarida keksa kandakorlar yoshlarga (ustoz-shogird usulida) oʻz qunarlarini oʻrgatmoqda. Buxoroda K. maktabi ishlab turibdi (yana qarang Buxoro kandakorlik maktabi).

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin