58. “Qayta qurish” yillarida O’zbеkistonda ijtimoiy – siyosiy hayot. “Kadrlar to’dasi”, “Paxta ishi” va ularning salbiy oqibatlari. Sovet jamiyatining 80-yillar o'rtasidagi holati, ijti-moiy-siyosiy, iqtisodiy sohalardagi ahvoli mamlakatning bundan oldingi bosqichlarida hukm surgan siyosatning bevosita, mantiqiy davomi edi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, 80-yillarning boshlariga kelib sovet mustabid siyosiy tizimi, xo'jalik yuritish usuli o'zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi.
Sobiq mamlakat siyosiy rahbariyati mamlakatningijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarida bir necha marta tub islohotlar, o'zgarishlar qilishga urinib ko'rdi. Ammo bunday harakatlarning barisi zoye ketdi, ko'zlangan maqsadga erishilmadi. Bunday holat, ayniqsa, mamlakat xalq xo'jaligiga zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etish, jamiyatni demokratlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish masalalariga ko'proq daxldor bo'ldi.Ana shunday sharoitda 80-yillarning o'rtalarida sovetjamiyatida «qayta qurish» boshlandi. Qayta qurish KPSSMK Bosh kotibi Mixail Sergeyevich Gorbachevva KPSS Markaziy Komitetining aprel (1985-yil) plenumi bilan bevosita bog'liqdir. Ushbu jarayon avvalo jamiyat-ning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarida to'planib qolgan inqirozli holatlarni tahlil etishdan bosh-landi. Natijada mahsulot ishlab chiqarish uchun ikki baravar ko'p tabiiy resurslar, energiya, inson mehnatisarf etilishi, temir, po'lat, stanoklar ishlab chiqarishbo'yicha dunyoda birinchi o'rinni egallasliiga qaramas-dan mamlakatda raqobatbardosh mahsulotlar ishlabchiqarishning yo'lga qo'yilmaganligi qayd etildi. Qayta qurishning I-bosqichi ma'muriy-tashkiliy tadbirlarning an'anaviy usullarda olib borilishi bilan izohlandi. Mazkur bosqichda kun tartibiga qo'yilgan vazifalardan bin ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosidajamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallaslitirish vauning asnosida inson omilini faollaslitirishdan iboratbo'ldi. Natijada jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida ma'lum o'zgarishlar ro'y bera boshladi, kishi-larning ijtimoiy faolligi oshdi, demokratiya sari qadamtaslilandi, milliy o'zlikni anglasli jarayoni yuz berdi. Qayta qurishning II-bosqichi endi jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo'yildi va uning asosiy maqsadi sovet jamiyatini to'liq demokratlaslitirishdan iborat ekanligi ta'kidlandi. Lekin keyinchalik vaziyat o'zgardi, 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan iqtisodiy inqiroz, ijtimoiy muammolarni hal etishdagi' uquvsizlik demokratik jarayonlar va oslikoralikning yarim yo'lda qolib ketishi bularning barisi jamiyat a'zolarida qayta qurishga bo'lgan munosabatni o'zgartirdi Qayta qurish oshkoralik, demokratiya va fikrlar xilma-xilligining ma'lum ma'noda kuchayishiga imkon yaratdi. Natijada torn ma'nodagioslikoralikka erishib bo'lmadi, demokratiya esa amaldanavbatdagi «siyosiy o'yin»lar ko'rinishini oldi.Chunki, bunday islohotlar aslida sobiq markazningsiyosiy manfaatlari nuqtai nazaridan amalga oshirilishi lozim edi. Natijada ijtimoiy-siyosiy inqiroz yuza-ga keldi. Bunday holat, ayniqsa, O'zbekistonda o'ziga xos tarzda namoyon bo'ldi. O'zbekistonda tobora kuchayib borayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqiroz, boshboshdoqliklarning zudlik bilan oldini olish, pirovard natijada ijtimoiy adolatga erishish lozim edi.SobiqSSSRda vujudga kelgan inqirozli harakatlar sabablarini ittifoqdosh respublikalardan qidirish, ularni ayblasliuchun Markaz turli nayranglar, «siyosiy o'yinlar» o'ylab chiqdilar. Sobiq mamlakatning turli mintaqalarida «o'ylab topilgan» bunday «tadbirlar» ichida O'zbekiston misolida uning rahbariyatini, xalqini uyushgan jinoyatchilikda ayblab, obro'sizlan-tirish yo'lini tutdi. Buning natijasida «o'zbek ishi», keyin «Paxta ishi»paydo bo'ldi. «O'zbek ishi» aslida markazda o'ylab topilgan bo'lib, uning mohiyatini O'zbekiston misolida sobiq SSSRning taraqqiyot jihatidan umumjahon andozalaridan ajralib qolganligini xaspo'shlab ko'rsatish edi. «Paxta ishi» esa «o'zbek ishi»ning davomi bo'lib, nima qilib bo'lsa-da o'sha davrda barcha respublikalardaavj olgan qo'shib yozish, xizmat lavozimini suiiste'mol qilish, uyushgan jinoyatchilikning vujudga kelganligini, ularni bartaraf etish orqali sobiq SSSRning davomiyligini saqlaslidan iborat edi. Ta'kidlasli kerakki, O'zbekistonning o'sha paytdagiayrim rahbarlarida (Inomjon Usmonxo'jayev, RafiqNishonov va b.) ham qat'iy jur'at, sobiq Ittifoq doirasi-da respublikaning real tutgan o'rnini ochiq-oydin aytishuchun mardlik yetishmadi. Aksincha, uning o'rniga bun-day rahbarlar Markaz vazifalarini tezroq «uddalasli»,respubikaning Ittifoqqa boqimanda ekanligi to'g'risidagisoxta fikrlarni tasdiqlaslidan nariga o'tmadilar. Ijtimoiy-ma'naviy sohada esa milliylikning har bir ko'rinishi«internatsionalizm« mohiyatiga yot ekanligini isbotlasli-ga harakat qilindi. Bu narsa o'zbek tili, din, milliy urf-odat, an'ana, marosimlar, ayniqsa, «Navro'z» bayramigamunosabatda yaqqol ko'rindi. Gdlyan va Ivanovrahbarligidagi jazo otryadlari 1984—1989-yillarda turli bahonalar bilan o'n minglab rahbarlarni ishdan oldilar, kadrlarni almaslitirish siyosati ommaviy tus oldi. Birgina 1984—1987-yillarda Moskva, Leningrad va Rossiyaning boshqa shaharlaridan 400 dan ortiq kishi O'zbekistonning partiya, sovet, ma'muriy-xo'jalik organlariga ishga yuborilgan. Markazdan yuborilgan amalparastlar O'zbekistonning partiya va hokimiyat tizimlaridagi asosiy o'rinlarni egal-lab, qatag'on boshladilar. «Paxta ishi» keyinroq atay «o'zbek ishi»ga aylanti-rilib, xalqimizning nafsoniyatini toptash yo'liga o'tildi. Oqibatda butun respublikamizda parokandalik, lo-qaydlik, umidsizlik va ishonchsizlik kayfiyati chuqurlashdi. Odamlarning ko'ngli jamiyatdan ham, siyosatdan ham sovidi, sarosimada, tahlikada yasliay-digan bo'ldi. «Paxta ishi», «O'zbek ishi» Moskvada to'qib chiqarilgan bo'lib, pirovard natijada millat sha'niga, uning asrlar mobaynida to'plangan obro'-e'tiboriga, milliy qadriyatlariga dog' tushirdi. Bu esa o'zbek xalqining sovetlar tuzumi, kommunistik mafkuraga nisbatan nafrati oshirdi.