1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari ularni kafolatlovchi huquqiy mеxanizmining yaratilishi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə62/83
tarix13.03.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#87658
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83
тарих

66. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari ularni kafolatlovchi huquqiy mеxanizmining yaratilishi. Jahonda inson huquqlari sohasida 70 ta standart qabul qilingan. Bu hujjatlarda hukumatning o’z fiiqarolari oldidagi majburiyatlari belgilab berilgan. o’zbekiston bu standartlardan 25 tasiga qo’shilgan. Demokratik jamiyatda inson huquqlari har tomonlama himoya qilinishi, har bir shaxs o’zining huquqlarini bilishi buning uchun ularga huquqiy bilimlar berilishini takomillashtirish talab etiladi. o’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil oktabrdagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo’yicha o’zbekiston Respublikasi Milliy Markazi tashkil etildi. Inson huquqlari bo’yicha o’zbekiston Respublikasi Milliy Markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:1)milliy harakat rejasini, shuningdek, Konstitutsiya, qonunlar va inson huquqlari sohasidagi umume'tirof etilgan xalqaro huquq me'yorlari qoidalarini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish; 2)inson huquqlari sohasida o’zRning xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish; 3)inson huquqlarini rag’batlantirish va muhofaza qilishning turli jihatlari yuzasidan tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazishdan iborat. Milliy Markaz o’z faoliyatini o’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko’ra olib bormoqda. Televideniyeda ko’rsatuvlar tayyorlandi. Inson huquqlarini imoyalashning turli yo’nalishlari bo’yicha xalqaro va milliy miqyosda o’quv dasturlari, seminarlar, anjumanlar, ma'ruza kurslari va o’quv safarlari tashkillashtirildi.Milliy Markaz tahliliy yo’nalhish bo’yicha ham amaliy ishlar olib bormoqda. Oliy Majlis muhokamasiga qo’yib kelinayotgan inson huquqlari himoyasiga alo qador barcha qonun hujjatlarining muhokamasida faol qatnashmoqda, mazkur qonun loyihalarining ochiq muhokamasini tashkillashtirmoqda. Jumladan, «Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha Vakili (Ombudsman) to'g’risida», «0mmaviy axborot vositalari to'g’risida», «Jurnalistning kasbiy faoliyatiga doir faoliyatini himoya qilish to'g’risida», «Axborot olish erkinligi kafolatlari to'g’risida», «Ta'lim to'g’risida» va boshqa bir qator qonunlarni muhokama qilish bo’yicha ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazildi. Milliy Markaz fuqarolarni qabul qilish masalasiga ham katta e'tibor berayotir.2002-yilning o’zida 6 mingdan ortiq ariza va shikoyat ko’rib chiqildi.Inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashda 1997-yil 26-aprelda O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan «Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha Vakili (Ombudsman) to'g’risida»gi Qonun alohida ahamiyatga ega. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha Vakili mansabdor shaxslar, tashkilotlar va davlat organlarining inson huquqi, erki va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilinishini ta'minlashga ko’maklashish maqsadida faoliyat ko’rsatadi. Mustaqillik yillarida mamlakatda inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga qaratilgan qator amaliy tadbirlar ham o’tkazildi. 1996-1997-yillarga mo’ljallangan Dastur va tadbirlar rejasi, 1997-yil avgustda esa «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy Dasturi» qabul qilindi.1996-yil sentabr oyida Toshkentda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining inson huquqlari bo’yicha milliy muassasalar Kengash seminari ham o’z e'tiborini inson huquqlariga qaratdi.Jahon davlatchiligi nazariyasi va amaliyotining dalolat berishicha,Ombudsman to’g’risidagi qonunning qabul qilinishi jamiyatda demokratiya yuksak darajada rivojlanayotganligining, davlat bilan fuqarolarning o’zaro munosabatlari inson huquqlari va erkinliklari ustuvor ekanligining ko’rsatkichidir. Shunday qilib, mustaqil o’zbekistonda inson huquqi va erkinliklarini ta'minlash uchun keng imkoniyat yaratildi. Bu o’zbekistonda qurilajak adolatli, demokratik, fuqarolik jamiyatining muhim omilidir.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin