207
3. Operatsiya qurish sxemasini, asboblarini sozlashni va qirqish rejimlarini
tanlab bo‘lgach, to‘plangan TAV ob’yektini aniq sharoitda ishlatish imkoniyati
tekshiriladi.
Anjomlarni tanlashda quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilish kerak:
1. Anjomning ish zonasini o‘lchamlari ishlanayotgan zagotovkalarning yoki
zagotovkalar guruhining o‘lchamlariga to‘g‘ri kelishi kerak.
2. Tanlangan stanok modeli talab qilinayotgan aniqlikni va ishlangan yuza
sifatini ta’minlashi lozim.
3. Stanokning quvvati, bikirligi va kinematik sxemasi yuqori mehnat unumli,
optimal ishlash rejimlarini ta’minlashi zarur.
4. Stanokning mehnat unumi mahsulot chiqarish dasturiga to‘g‘ri kelishi
kerak.
Stanok moslamalarini tanlash zagotovkani o‘rnatish sxemasiga, operatsiya
bajarish mazmuniga, tanlangan qirqish rejimlariga bog‘liq.
Zagotovka yuzasini ishlash usuli keskich guruhini aniqlaydi (masalan,
freza). Ishlanayotgan material va zagotovka turiga qarab keskich guruhchasi
o‘rnatiladi. (Masalan, qattiq qotishmali plastinkali, silindrik freza).
Dostları ilə paylaş: