1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

 
texnologik o

lchamlarni hisoblash,
 
mexanik 
ishlov bershish aniqligini ta’minlash, mashina detallarini ishlab chiqarish 
texnologiyasini yaratish, texnologik jarayonni marshrutini tuzish, qiytimlarni 
hisoblash, zagotovkalarni ishlash operatsiyalarini ishlab chiqish, progressiv 
texnologik
 
jarayonlarni yaratish,
 
ko‘plab va donalab ishlab chiqarish texnologik 
jarayonlarini yaratish, yuzalarni ishlash usullari, metallarni elektrofizik va 
elektroximik ishlash, mashinasozlikda yig‘ish texnologik jarayonlari va boshqa 
bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. 
UO‘K: 531/534(075.8) 
KBK: 34.41ya73 
ISBN 978-9943-993-78-5 
© Hidoyatov A.V. 
© «Tafakkur-bo‘stoni», 2020 



KIRISH 
Hozirgi zamon texnikasini va texnologiyasini rivojlanish darajasi, yangi 
yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan takomillashgan, avtomatlashgan, yuqori 
aniqlikka ega bo‘lgan mashinalarni ilm-fanda erishilgan eng yangi yutuqlaridan 
foydalanish bilan belgilanadi. 
Mashinasozlik xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlariga yangi texnikani 
yetkazib beradi. Shuning uchun bu masalaga birinchi darajali deb qaraladi. 
O‘zbekiston Respublikasining oxirgi yillar ichida mashinasozlikni rivojlantirish 
konsepsiyasiga ko‘ra respublikada mashinasozlik ishlab chiqarish korxonalarini 
rivojlanishiga olib kelmoqda. 
Mashinasozlik texnologiyasi amaliy injenerlik - muhandislik va ilmiy 
fanlarning yig‘indisi bo‘lgan kompleks fan hisoblanadi. Mashinasozlik 
texnologiyasi - bu mashinalarni kerakli sonda va sifatda amaliy tayyorlash, ishlab 
chiqarishni tayyorlash, ishlab chiqarish programmasini belgilash va tannarxini 
iqtisodiy kamaytirish bilan tayyorlash kiradi. 
Shunday qilib mashinasozlik texnologiyasi – bu talab qilingan aniqlikda, 
sifatda va ma’lum sonda, aytilgan vaqt ichida kam harajatli mashinalar 
tayyorlashdir. 
Texnologiya yunoncha so‘zlar yig‘ilmasidan iborat bo‘lib “texno - san’at, 
mahorat, uddalash” usulini ifodalaydi, “logos - o‘qitish” so‘zini bildiradi. 
Hozirgi zamonda eng dolzarb masalalardan biri ishchining va texnologning 
og‘ir qo‘l mehnatini kamaytirib, ish o‘rinlariga mexanizatsiya, avtomatizatsiya 
kirgizib, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish va ortiqcha ishchi kuchlarini, 
boshqa ishlarni bajarishga jalb qilishdir. Masalan: bitta dastur bilan 
boshqariladigan stanokni ishlab chiqarishga qo‘llash, 3-4 ishchi kuchini qo‘l 
mehnatidan, avtomatik tizim (liniya) esa 30 tagacha ishchini va avtomatlashtirilgan 
uchastka esa 60 ta ishchini qo‘l mehnatidan ozod qiladi. 
Fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga jadal sur’atlar bilan qo‘llash 
uchun, yetuk malakali mutaxassislarni tayyorlash zarur, bu esa o‘z navbatida 



Respublikada mashinasozlik korxonalarini rivojlanishga olib keladi, yangi 
materillarni yaratilishi (kompozit, asbobsozlik materiallari, o‘ta yengil alyuminiy 
qotishmalari, 
elektrofizik-ximik 
ishlov 
berish 
usullarini 
qo‘llash, 
nanotexnologiyani kirib kelishi, mashinasozlikda olamshumul yangiliklarni 
yaratishga olib keladi. 
Mashinasozlikga shu jumladan aviatsiyaga, avtomobilsozlikka va boshqa 
sohalarga nanotexnologiyani kirib kelishi, yangi texnologiyalar yaratilishining 
yangi 
avlodini 
keltirib 
chiqarmoqda. 
Mashinasozlikni 
rivojlanishida 
nanotexnologiyani qo‘llanilish sohalariga quyidagilar kiradi: o‘ta yengil 
materiallar, yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan, korroziyaga, yeyilishga chidamli, 
issiqbardosh, bikr materiallar, ularning konstruksiyalarini massasini, hajmini 
o‘lchamlarini 
kamaytirishiga olib 
keladi. 
Nanostrukturali 
materiallardan 
foydalanib, nuqsonsiz yuza qoplamalarini yaratish; bu qoplamalar bilan 
kuchlanishli yuzalarni qoplash, samolyot tashqi yuzasini yaxlamasligini oldini 
olish, turli xildagi: kley, lak, kraska, ishqalanish koeffitsiyentini kamaytirishga, 
darzlarni, yoriqlarni kattalashuviga qarshilik qiladi. 
Nanotexnologiya yordamida galvanik qoplamalar, germetik kleylar va yangi 
kompozit materiallar yaratilmoqda, hozirgi zamonda, kelajagi porloq bo‘lgan 
konstruksion material nanokompozit yaratilgan. Nanokompozitlar keramika 
matritsali asosida, metal matritsa asosida va polimer matritsa asosida ishlab 
chiqarilmoqda. Nanokompozit – bu ko‘p komponentli qattiq material bo‘lib, har 
bir komponent o‘lchamlari 100 nanometr dan oshmaydi. 
Mashinasozlik texnologiyasi o‘zini rivojlanish davrida bir qancha 
bosqichlarni bosib o‘tdi. Birinchi bosqich 1929-1930 yillargacha bo‘lgan davrda, 
bu davrda mamlakat sanoatining rekonstruksiya qilish, tashqi davlatlar bilan shu 
sohadagi aloqalar natijasida, turli jurnallarda maqolalarni nashr qilinishi, 
loyihalash institutlarini normativlari ishlab chiqish davriga to‘g‘ri keldi. Ikkinchi 
bosqich 1930-1941 yillar, bu davrda oldingi bosqichda to‘plangan tajribalar 
asosida, texnologik jarayonlar tuzishning ilmiy prinsiplari ishlab chiqildi. Uchinchi 
bosqich 1941-1970 yillar, bu davrda mashinasozlik texnologiyasi gurkirab 



rivojlandi. Mashinasozlik texnologiyasini ilmiy asoslari yaratildi. Texnologik 
jarayon loyihalashning yangicha usullari yaratila boshlandi. Aniqliklarning 
o‘lchash usullari, baholash mezonlari yaratildi. B.S.Korsakov tomonidan yig‘ish 
texnologiyasini sistemasi yaratildi. To‘rtinchi bosqich 1970-yildan hozirgi 
davrgacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda mashinasozlik 
texnologiyasi fundamental va umuminjenerlik fanlaridan foydalanib mashinasozlik 
texnologiyasini nazariy muommolarini va amaliy masalalarini yechib kelmoqda. 
Raqamli dastur bilan boshqariladigan stanoklarni, robotlarni va avtomatlashtirilgan 
yig‘uv sexlarini texnologik jarayonlarini boshqarishda kompyuterlardan 
foydalanish, texnologik jarayonlarni avtomatik loyihalash tizimlarini yaratilishi, 
kompazitsion materiallarni qo‘llanilishi, nanotexnologiyani kirib kelishi va 3D 
printer kompyuterlarini qo‘llanilishi bilan harakterlanadi.
Mashinasozlik texnologiyasini o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari. 
1. “Mashinasozlik texnologiyasi – bu ilmiy fanning amaliy natijasidir. 
Texnologiya to‘g‘risidagi o‘rganishlar sexlardan boshlanadi, agar shu o‘rganish 
bo‘lmasa texnologiyalarning ishlari besamar bo‘lar edi” – degan “Mashinasozlik 
texnalogiyasi” fanining asoschisi A.P.Sokolovskiy. 
2. Mashinasozlik texnologiyasi ilmiy-amaliy fan bo‘lib, uning juda katta 
qismi nazariy asosga egadir, u o‘z tarkibiga turdosh texnologik jarayonlarni 
o‘rganishni, guruhli ishlov berishni, SMAD sistemasining bikirligini, ishlash 
jarayonining aniqligini, xom-ashyolarni ishlaganda o‘lchamlarining tarqalish 
maydonini, moslama xatoligini, mexanik ishlov berishning, metalning holatiga, 
xom ashyoning yuza qatlamiga va uning eksplutatsiya qilish xususiyatiga ta’sirini, 
ishlov berish qiytimini, texnologik jarayonining unumdorligini va istisodiy 
tejamkorligini va konstruktorlik va texnologik bazalarni va boshqa nazariy 
bilimlarni o‘z ichiga oladi. 
3. Mashinasozlik texnologiyasi – texnologik jarayonlarni o‘rganish, 
homashyolarga ishlov berish natijasida o‘lchamlarning va shakllarning o‘zgarishi, 
qo‘yilgan talablarga to‘liq javob beruvchi sifatli buyum ishlab chiqarish haqidagi 
fandir. 



4. Mashinsozlik texnologiyasi – ilm-fan sifatida o‘zbek va chet el olimlari 
tomonidan berilgan nazariy ishlanmalar, hamda ishlab chiqarishdagi navator 
ishchilarning ma’lumotlari asosida rivojlanadi. 
5. Mashinsozlik texnologiyasi fan sifatida u ishlab chiqarishdagi yig‘uv 
ishlarini savollariga javob berish bilan tugaydi. 
6. Mashinsozlik texnologiyasi mashinasozlik sohasidagi asosiy ixtisoslik 
fanlaridan biri bo‘lib hisoblanadi, u bakalavrlarni bilim darajasini oshirishga 
xizmat qiladi. 
Mashinasozlik tehologiyasini birinchi rivojlanish davri ishlab chiqarish 
sanoati tashkil topgan vaqtdan boshlangan. Keyingi yillarda mashinasozlik 
texnologiyasini rivojlanish bosqichlarida u fan sifatida shakllandi. 
Mashinasozlik texnologiyasining asosiy, zamonaviy kelajagi va o‘sish 
yo‘nalishlarini mashinasozlik texnologiyasida qirqish rejimlarini optimallashtirish, 
seriyali ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, texnologik jarayonlarni boshqarish
eksplutatsiya qilinayotgan, tayyorlanayotgan va yig‘ilayotgan mashinalarni sifatini 
oshirishni, yangi texnologik uslublarini yaratish, nazariy va texnik ilmiy 
yo‘nalishlarini 
asosan 
matematik 
modellashtirishni, 
3D 
printer 
kompyuterlashtirishni, 
robototexnikani, 
metallofizikani, 
kompozitsion 
materiallarni va nanotexnologiyani qonunlariga asoslanib rivojlantirish. 
Uning fan bo‘lib yaratilishida quyidagi olimlar B.S.Balakshin, 
V.S.Korsakov, 
M.E.Yegorov, 
B.M.Kovan, 
A.I.Kashirin, 
A.A.Matalin, 
A.P.Sokolovskiy 
va 
o‘zbek 
olimlari 
M.T.O‘rozboyev, 
T.R.Rashidov, 
R.G.Mahkamov, X.X.Usmonxodjayev, A.Karimov, O.U.Salimov, G.I.Yakunin, 
K.B.Usmonov, G.E.Aliqulov, M.T.Balabekov, M.A.Abralov, E.O.Umarov, 
A.A.Muhamedov, N.M.Mo‘minov va boshqalar mashinasolik texnologiyasi faniga 
o‘zlarining xissalarini qo‘shib keldilar va qo‘shmoqdalar. 
Darslikni yaratishda o‘zlarining qimmatli maslaxatlari bilan qatnashgan 
taqrizchilar professorlar D.E.Alikulov, dotsent A.Tojiyevga, hamda kompyuter 
grafikasini yaratishda qatnashgan injener J.N.Bigbutayevga muallif o‘z 
minnatdorchiligini bildiradi. 




Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin