10
Mashina detallarining ba’zi qismlari sifatiga qo‘yilgan talablarning
yuqoriligi.
Mashina sifati bu uning taktik-texnik
harakteristikalari va
ko‘rsatkichlari yig‘indisidir, bular uni ishlatishdagi ishonchliligini ifodalaydi.
Loyihada - qog‘ozda zo‘r mashina bo‘lishi mumkin. Lekin, buni ishlab-chiqarishda
talab qilingan aniqlikda amalga oshirish imkoni bo‘lishi kerak. Mashinalarni tashqi
qismi yuzalari sifatiga (tashqi havo oqimi bilan sirpanib ishlaydigan yuzalarga)
yuqori talab qo‘yiladi. Faqat yuza sifatiga (silliqligiga) emas, balki, uning motor
detallari aniqligiga ham talab yuqori qo‘yiladi. Mashinalar ob’yekt
sifatida ishlab
chiqarish xususiyatlarini quyidagicha tushuntiradi.
Ishlab chiqarishni keng kooperatsiya qilinganligi.
Mashinalar ishlab
chiqarishda uning ba’zi detallari mahsus zavodlarda
va korxonalarda ishlab
chiqarilgan mahsulotlar qo‘llaniladi: materiallar (mahsus po‘latlar, kompozitsion
materiallar, shishalar), zagotovkalar (mahsus shakldagi), agregatlar (dvigatellar,
reduktorlar, gidropnevmo moslamalar),
priborlar, o‘lchagichlar va h.k. Bundan
tashqari bir qator mahkamlovchi detallar (bolt, vint, parchin mix),
qirquvchi
asboblar (parma, zenker, protyajka, freza va h.k.) ishlatiladi.
Bular ham mahsus
ixtisoslashgan korxonalarda yasaladi. Bunday keng kooperatsiya usulini qo‘llash
iqtisodiy tomondan yaxshi, chunki mahsus ixtisoslashgan korxonalarda ishlab
chiqilgan mahsulot narxi pastroq bo‘ladi. Shuning uchun kooperatsiya buyum
ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi.
Ishlab chiqarish ob’yektini tez o‘zgarib turishi.
Mashinalarga
qo‘yilayotgan
texnik talablarning kuchayishi, ularni zamon,
ilm-fan yutuqlari
asosida doimo yaxshilashni va yangilashni talab qiladi. Shuning uchun buyum tez
ma’naviy eskiradi va yangi mukammallashgan konstruksiya bilan almashtiriladi.
Demak, zavodning moddiy-texnik bazasi ham o‘zgaradi.
Dostları ilə paylaş: