13
Masalan quyish mashinalari, presslar, metal qirquvchi stanoklar, pechlar, tekshiruv
stendlari va h.k.
Texnologik jarayonni bir qismini bajaruvchi texnologik ta’minlovchi
vositalarga, texnologik qurollar (osnastka) kiradi: ularga-asboblar, shtamplar,
moslamalar, qoliblar va hokazolar kiradi.
Texnologik jarayonlar ish o‘rinlarida bajariladi. Ish o‘rni
deb korxona
strukturasining qisman (eng kichik) birligiga aytiladi. Ish o‘rni - bu ishlab
chiqarish maydonining bir qismida (uchastkasi) joylashadi. Ish o‘rni unda
bajarilayotgan ishga qarab asbob uskunalar bilan jihozlanadi (1.2-rasm).
1.2-rasm. Ish o‘rinlarining sxemalari. a-stanokda ishlaydigan ishchi uchun;
b-yig‘uv ishini bajaruvchi ishchi uchun.
1–asbob-uskunalarni joylash shkafi, 2–metal qirquvchi stanok,
3–yig‘uv stoli, 4–ishchi (stonokda ishlovchi, yig‘uvchi), 5-yog‘och panjara.
Ishchi o‘rnida texnologik jihozlar, asboblar (keskichlar, o‘lchash asboblar,
klyuchlar, va h.k.), moslamalar, ko‘taruvchi-tashuvchi
mexanizmlar, stellajlar,
shkaflar va h.k. joylashadi. Ish o‘rnida bir yoki bir guruh ishchilar ishlashi
mumkin.
Mashinani ishlab chiqarishni texnologik jarayonini bir necha bo‘laklarga
bo‘lib amalga oshiriladi. Bunday bo‘linishga jismoniy va iqtisodiy sabablar bor.
Bir vaqtning o‘zida detalning barcha yuzalarini ishlab bo‘lmaydi. Bir vaqtni o‘zida
samolyotning ikki qanotini va fyuzelyajini yig‘ib bo‘lmaydi, oldin fyuzelyaj bitishi
14
kerak, so‘ngra unga qanotlar o‘rnatiladi, Stanok staninasi o‘rnatilmasdan oldin
orqa babkalarni yig‘ib bo‘lmaydi.
Detalning ko‘p yuzalarini bir vaqtni o‘zida
ishlaydigan stanokni loyihalab,
kam sonli detallar ishlansa, u juda qimmatga tushadi. Samolyotni butun qanot
uzunligi yoki fyuzelyajning uzunligi bo‘yicha bir yoki bir necha qator parchin
mixlarini birdaniga presslaydigan agregat loyihalab ishlab chiqarish mumkin.
Lekin bu ham kam sonli ishlab chiqarishda juda qimmatga tushadi. Bular iqtisodiy
sabablarga kiradi.
Texnologik jarayonning bir ish o‘rnida bir yoki bir necha ishchi tomonidan
bajarilib tugallangan qismiga texnologik operatsiya deyiladi.
Operatsiya ishlab
chiqarishni rivojlantirishda va hisob-kitob qilishda asosiy qism hisoblanadi. Barcha
texnologik rejalash va hisob-kitob hujjatlari odatda operatsiya uchun yaratiladi.
Operatsiya barcha dastgohlarni, asbob-uskunalarni va ishchilarni bir yoki bir
necha ishlanayotgan yoki yig‘ilayotgan ob’yektlar ustida olib borilayotgan
harakatlarni u o‘z ichiga oladi. Stanokda ishlashda o‘z ichiga ishchining barcha
harakatlarini oladi: zagotovkani stanokka o‘rnatib mahkamlash; stanokni
boshqarish; stanokning
avtomatik harakatlari; stanokni to‘xtatib, zagotovkani
stanokdan olib, keyingi zagotovkani ishlashni boshlanguncha bo‘lgan harakatlar.
Operatsiyaning mazmuni keng - bu alohida stanokda (yig‘uv moslamada)
ishlashdan tortib “avtomatik tizim”da ishlashgacha boradi. Operatsiyalar soni
bittadan (prutokli-chiviqli avtomatda detal ishlash, korpusli detallarni ko‘p holatli
stanokda ishlash) bir necha o‘n va yuz o‘rinli (samolyot vintini, shassisini yasash,
turbina lopatkalarini yasash) bo‘lishi mumkin.
Texnologik operatsiyalardan
tashqari transport, nazorat (nazorat qilish),
markirovkalash operatsiyalari ham mavjud.
Texnologik jarayon tarkibiga kirgan texnologik operatsiyalar ma’lum
tartibda bajariladi.
Texnologik jarayonni bajarishda zagotovka yoki yig‘uv birligi korxonaning
bir uchastkasidan ikkinchisiga, bir sexdan ikkinchi sexga o‘tadi va operatsiyalar