1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Mashinasozlik buyumlarini ishlab chiqarishni texnologik jihatdan



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

Mashinasozlik buyumlarini ishlab chiqarishni texnologik jihatdan 
tayyorlash. 
Hozirgi zamon mashinasozligini buyumlarini ishlab chiqarish juda 
murakkab hisoblanadi. Uni ishlab chiqarish uchun o‘n minglab mehnat-soatlari 


11 
sarflanadi. Mashinalarni seriyaga qo‘yib, ishlab chiqarish juda murakkab bo‘lib, u 
ko‘p mehnat talab qiladi. 
Seriyali ishlab chiqarishni texnologik va tashkiliy tayyorlash uchun, ya’ni 
mashinani tayyorlash ketma-ket (posledovatelno) va bir yo‘la (parallel) ishlash 
usullarida ishlar olib boriladi. O‘rnatilgan tartibda mashina chizmalarini ko‘rib 
chiqish bilan bir yo‘la texnologik jarayon ham yaratiladi. Ozgina surilishi bilan 
(qachon texnologiya tamom bo‘ladi, deb kutib o‘tirmasdan) moslamalar 
loyihalanadi va yasay boshlanadi. Shunda seriyali ishlab chiqarishni tayyorlash 
muddati ancha qisqaradi. 
 
1.2. Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar 
 
Tabiat narsalarini (predmetlarini) odam-inson uchun foydali buyumga 
aylantirish uchun ishlab chiqarish jarayoni xizmat qiladi. 
Ishlab chiqarish 
jarayoni 
tabiat predmetlarini buyumlarga aylantirishdagi barcha bosqichlarni o‘z 
ichiga oladi. 
Bu mashinasozlik mahsulotlari uchun tog‘ konlarida ruda qazib olishdan 
boshlanadi. Ruda tashish, boyitish, metallurgiya zavodiga jo‘natish, cho‘yan olish, 
po‘lat eritish, quymalar olish, zagotovkalar (prokat, list, quymalar) olish, agregat 
(panellar) yig‘ish, agregatlardan mahsulot yig‘ish (samolyot, raketa, stanok, 
avtomobil, traktor va h.k.) va nihoyat ularni tekshirib sinovdan o‘tkazish. 
Mashinasozlik zavodida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayoni bu 
umumiy ishlab chiqarish jarayonining bir qismidir. 
Mashinasozlikda ishlab chiqarish jarayoni o‘z ichiga shu korxonaga 
kelayotgan barcha predmetlarni (xom ashyo-zagotovka, polufabrikat, agregat va 
h.k) mahsulotga aylantirish bosqichlarini (yumushlarini) o‘z ichiga oladi. 
Bular jumlasiga ishlash turlari (mexanik ishlash, bosim bilan ishlash, quyib 
ishlash, payvandlash, termik ishlash, ximik ishlash), nazorat, agregatlarni yig‘ish, 
sinash, kraskalash, buyurtmachiga topshirish va hokazolar kiradi. 


12 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin