Texnologik jarayon bu ishlab chiqarish jarayonining bir qismidir.
Texnologik jarayon davrida ishlab chiqarish ob’yektining (material, zagotovka,
detal, mashina) sifat holati o‘zgaradi. Sifat holatini o‘zgarishiga materiallarning
ximik va fizik xossalarining, shakllarining, detallarining (agregatlarining) bir-
biriga nisbatan joylarining, ishlab chiqarish ob’yektini tashqi ko‘rinishining
o‘zgarishlari kiradi.
Masalan, mexanik ishlovning barcha turlarida detal yoki zagotovkaning
shakli va o‘lchamlari o‘zgaradi. Termik va termo-ximik ishlash natijasida
zagotovka (yoki detal) materiallarining fizik-ximik xossalari o‘zgaradi. Yig‘ish
davrida detallarning shakllari va bir-birlariga nisbatan joylashish holati o‘zgaradi,
natijada bu holat yig‘uv birliklari va tayyor mahsulot yig‘iladi. Kraskalash va
pardozlash natijasida tashqi ko‘rinishi o‘zgaradi.
Texnologik jarayonga ishlab chiqarish ob’yektini sifat holatini o‘zgarishi
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, u bilan hamisha bog‘liq hamrox harakatlar (yumushlar)
ham kiradi. Masalan, sifatni tekshirish, zagotovka va detallarni tozalash
(payvandlashdan oldin), ba’zida ularni transportirovka qilishdan oldingi nazorat va
hokazolar kiradi.
Mashinasozlik texnologiyasi - bu texnika ilmiga asoslangan mashina ishlab
chiqarish jarayoning mohiyati to‘g‘risidagi va texnologik jarayonlarni bir biriga
bog‘liqligi va ularni rivojlanishi to‘g‘risidagi ilmiy va amaliy fandir.
Mashinasozlikni ishlab chiqarish texnologiyasi - bu mashinasozlik
zavodiga kelib tushayotgan materiallar, hom ashyolar, uzellar, mexanizmlar va
hokazolarni qayta ishlab, yig‘ib, tekshiriladi. Mashinasozlik zavodiga mashina
ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha mehnat jarayonlari turlari kiradi.
Texnologik jarayonni amalga oshirish uchun ishlab chiqarish vositalari
kerak. Buni texnologik vositalar bilan ta’minlash deyiladi.