17
dvigateli quvvatini kichikligi va h.k. 1.4-rasmda texnolgik o‘tishni bajarish
sxemasi berilgan.
1.4-rasm. Texnologik o‘tishni bajarish sxemasi. A
3
-zagotovka o‘lchami.
A
0
ishlangan yuza o‘lchami, 1,2,3- ishchi yurish sonlari.
Texnologik o‘tishga yig‘ish davrida bir detalni ikkinchisiga nisbatan kerak
aniqlikda
birlashtirish; termik ishlashda detalni qizdirish, toblash, tozalash kiradi.
O‘rnatish
- bu texnologik operatsiyaning bir qismi. Bu jismoniy jarayon:
zagotovkani (detal) yoki yig‘uv birligini (“sborochnaya yedinitsa”) moslamaga
(konveyerga) kerakli aniqlikda joylab mahkamlanadi. Zagotovka yoki yig‘uv
birligi o‘rnatilgandan so‘ng, unga ishlash uchun yoki yig‘ish uchun lozim harakat
beriladi. O‘rnatish zagotovka yoki yig‘uv birligini doimiy (o‘zgarmas)
mahkamlangan holda amalga oshiriladi. Masalan, frezerlash-markazlash stanogida
val toretslarini ikki tomondan frezerlash va markazlar ochish (“zatsentrovka”) bir
o‘rnatishda olib boriladi. Agar bu tokar-vintkesar stanogida olib borilsa, ikki
o‘rnatishda olib boriladi: val stanokning uch
kulachokli patroniga joylab
mahkamlanadi-o‘rnatiladi va toresti yo‘nilib, markazlar ochiladi. So‘ngra stanok
to‘xtatilib, zagotovka bo‘shatilib, ishlanmagan toretsni keskich tomonga
aylantirilib ikkinchi uch tomon toretsi yo‘nilib markaz ochiladi.
Ishlov berishda yoki yig‘ishda yuqori aniqlikka erishish uchun iloji boricha
bir o‘rnatishda
ishlash kerak; zagotovka yoki detalning moslama yuzalariga, stanok
yuzalariga nisbatan o‘zgarmasligini-doimiyligini ta’minlash kerak. Buni bitta
o‘rnatishda ishlash deyiladi.
18
Amalda bir qator hollarda detalni bir o‘rnatishda hamma yuzalarini ishlashni
iloji yo‘q. Masalan mahkamlangan yuzani ishlashga to‘g‘ri keladi.
Bu holat mashinalarni yig‘ish davrida ham saqlanib qoladi. Masalan agregat
bir necha ish o‘rnida yig‘ilsa, bir ish o‘rindan ikkinchisiga ko‘chirilganda u qayta
o‘rnatiladi: agregatni umumiy yig‘ish bir necha o‘rnatishlar orqali amalga
oshiriladi.
Yig‘ish jarayonini ko‘rishda
mahsulot uzellarini guruh, va guruhchalarga
bo‘lish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: