19
Bo‘laklarga bo‘lishda har bir mashinaning qismi to‘rtburchak
bilan
belgilanadi. Тo‘rtburchak uch qismga bo‘lingan: tepa qismiga qismlar nomi;
pastining
chap qismiga - uning indeksi; pastining o‘ng qismiga - qismlar soni
(ushbu birlashmaga kirgan).
Yig‘ish boshlanadigan asosiy qism (detal yoki uzel)
bazaviy - asosiy
deyiladi.
Тexnologik jarayonning ba’zi bo‘laklarini bajarish uchun ishlash yoki
yig‘ish davrida ob’yekt moslamaga o‘rnatilgan holda, moslama bilan birga fazoda
bir yoki ketma-ket holatlarni egallashi lozim bo‘ladi.
Ishlab chiqarish ob’yektini moslamaga o‘rnatib,
mahkamlangan holda,
moslama bilan birga turishi
ishchi holat
deyiladi
yoki soddagina
holat
deyiladi
(1.6-rasm).
1.6-rasm. Uch shpindelli parmalash stanogida detalni to‘rt holatda ishlash.
1-detalni olish va o‘rnatish; 2-parmalash; 3-zenkerlash; 4-zenkovkalash.
Dostları ilə paylaş: