31
5. Тexnologik jihozlar texnologik jarayon bo‘yicha joylashtiriladi.
Namunaviy ishlab chiqarishda
ham mahsulot donalab yasaladi. Lekin,
bularning texnologik jarayonlarida farq bo‘lishi kerak. Chunki,
donalab ishlab
chiqarishda mahsulot bir marta yasalib boshqa chiqarilmaydi. Namunaviyda ham
bitta
mahsulot chiqariladi, lekin bu ma’lum vaqtdan so‘ng seriyalab ishlab
chiqarishga o‘tadi. Тexnologik jihozlarni tanlashda va
ularni joylashtirishda buni
e’tiborga olish kerak. Ayniqsa, mashinasozlikda bu e’tiborda bo‘lishi kerak. Хalq
xo‘jaligining va vatanning mudofa talablari yangi turdagi samolyotlarni ishlab
chiqarishni talab qiladi. Samolyotlarning yangisini
ishlab chiqarish namunaviy
samolyotdan boshlanadi. Samolyot boshqa mashinalarga nisbatan tezroq almashib
turadi. Shuning uchun namunaviy samolyot chiqarish texnolgiyasi donalab ishlab
chiqarish texnologiyasidan farq qiladi.
Avtomobilsozlik sanoatida bir zavodni o‘zida
yuqoridagi barcha ishlab
chiqarish turlarini ko‘rish mumkin. Asosiy mahsulot, ya’ni
avtomobil seriyali
ishlab chiqarilsa ham ba’zi detallar hatto yig‘ma birliklar ham (masalan uzellar)
ko‘plab chiqariladi. Avtomobil chiqariladigan zavodda, list materiallaridan tashqari
detallar, boltlar, armaturalar va hokazolar ko‘plab ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqarish jarayoni ikki xil ko‘rinishda tashkil qilinishi mumkin:
Dostları ilə paylaş: