1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

texnologik tayyorlash
. (IChТТ): ishlab chiqarish ketma - 
ketligini aniqlash, texnologik kartalarni yaratish, kerakli asbob-uskuna 
moslamalarni tanlash (yoki yaratish), ishlash rejimini hisoblash, texnik - 
iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ta’minlash va h.k. 
3.
Mahsulotni o‘rnatilgan hajmda, aniqlangan harajatlarda, o‘z vaqtida ishlab 
chiqarishni 
kalendar rejalash
deyiladi. 
Тexnologik tayyorgarlikning mehnat sig‘imi ishlab chiqarishning mehnat 
sig‘imini 50% dan ortig‘ini tashkil etadi. 
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorgarligi “Ishlab chiqarishni texnologik 
tayyorgarligini yagona sistemasi” (“Yedinaya sistema texnologicheskoy 
podgotovki proizvodstvo” - YeSТPP) IChТТdavlat standarti asosida tashkil etiladi 
va boshqariladi. IChТTni funksiyalarini davlat, soha va korxona miqyosida amalga 
oshiriladi. Korxona miqyosida IChТТning funksiyalari quyidagilardan iborat: 


35 
1. Mahsulot konstruksiyasini texnologikligini ta’minlash. 
2. Zagotovkalarni tanlash va tayyorlash.
3. Тexnologik jarayonni yaratish. 
4. Тexnologik jihozlar vositalarini loyihalash. 
5. Тexnologik jarayonni nazorat qilish va boshqarish. 
Mashinasozlikda mahsulot ishlab chiqarish donali, turdosh va guruhli 
texnologik jarayonlar asosida amalga oshirilishi mumkin. 
Donali texnologik jarayon, 
qoida bo‘yicha, ma’lum aniq detal uchun 
yaratiladi. 
Тurdosh texnologik jarayon 
konstruktiv belgilari bir xil bo‘lgan guruh 
mahsulotlariga yaratiladi. 
Guruhli texnologik jarayon 
har xil shaklli, lekin, ba’zi yuzalari bir xil 
mahsuslashtirilgan dastgohlarda (ish o‘rinda) ishlanadigan mahsulotlar guruhiga 
yaratiladi. 
Тurdosh va guruhli texnologik jarayonlar orasidagi farq shundaki, turdosh 
uchun texnolgik yo‘nalish bir xil; guruhli uchun ishlatilayotgan asbob uskunalar 
bir yoki bir necha operatsiyalar uchun bir xil bo‘lishi kerak. 
Тexnologik hujjatlar standartlar talablari asosida rasmiylashtiriladi. Standartlar 
tomonidan quyidagi texnologik hujjatlar ko‘zda tutilgan: 
1. Marshrut kartasi: texnologik jarayonlarni (donali, turdosh, guruhli) va 
operatsiyalarni yoritish uchun. 
2. Eskizlar kartasi: grafik ko‘rinishlar, sozlash ko‘rsatmalari, o‘rinlar, 
o‘rnatish sxemalari va hokazo uchun. 
3. Тexnologik jarayon kartasi: operatsiyalarni yaratish uchun. 
4. Тurdosh texnologik jarayon kartasi: turdosh texnologik jarayonni 
operatsiyali yoritish uchun. 
5. Operatsiyali karta: donali, turdosh, guruhli operatsiyalar uchun. 
6. Detallar (yig‘uv birliklari) qaydnomalari. 
7. Тexnologik hujjatlar qaydnomalari. 
8. Yordamchi va keskich asboblar kartasi. 


36 
9. Belgilangan axborot kartasi. 
Detallarni ishlash va mahsulotni yig‘ish texnologik jarayonlarini yaratishda, 
konstruktorlik xatoliklar chiqib qolishi mumkin, qo‘yilgan texnik talablar amaldagi 
ishlab chiqarish sharoitiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin, qog‘ozdagi konstruksiyani 
amalda bajarish mumkin bo‘lmasligi, yoki iqtisodiy to‘g‘ri kelmasligi mumkin 
(konstruksiya texnologik emas) va h.k. Bunday holda texnolog detal 
konstruksiyasini va yig‘uv birligi konstruksiyasini o‘zgartirish bo‘yicha taklif 
kiritadi. 
Тexnologik jarayonni yaratishda quyidagi asosiy ikki prinsipga asoslanish 
kerak. Birinchisi - texnik prinsip, ya’ni texnologik jarayon ishchi chizmaning va 
mahsulot qabul qilishdagi texnik shartlarning barchasini bajarish. Ikkinchi prinsip-
mahsulotni kam harajatlar bilan ishlab chiqarish (aqliy va jismoniy mehnat 
harajatlari). 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin