1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

“Iqtisodiy aniqlik”
deb ataladi.
 
 
2.3. Zagotovka aniqligi. 
 
Umuman sifat, shu bilan birga mashina aniqligi ham dastlabki materiallar
yarim mahsulot va kelayotgan detal va uzellar sifatiga bog‘liq.
 
Zagotovka aniqligini oshirish navbatdagi ishlash mehnat sig‘imini 
kamaytiradi, material sarfini kamaytiradi (kamroq qirindi olinadi). Detalni 
aniqligini oshirish, yig‘ish jarayoni mehnat sig‘imini kamaytiradi. Zagotovkalarni, 
detallarni ishlash aniqligi va yig‘ilgan mashina aniqligi orasida murakkab 
bog‘liqlik bor. 
Mana shunday bog‘liqliklardan biri xatoliklarning chetga chiqishlarining 
“nasl qoldirish” (kopirovaniye) qobiliyatidir. Masalan, zagotovkaning ovalligi 
(tuxumsimonligi), to‘g‘ri chiziqli emasligi, yuzadan chetga chiqishi kabi xatoliklari 
tayyor detalga o‘tadi. Agar val zagotovkasi ko‘ndalang kesimida oval shaklida 
bo‘lsa, tayyor detal ko‘ndalang kesimida ovallik bo‘ladi, lekin, darajasi kamroq va 
katta hamda kichik o‘qlarga nisbatan boshqa munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat 
texnologik tizimga bog‘liq. 
Zagotovkalarni, detallarni va tayyor mashinalarni talab qilingan aniqlikda 
ishlashga erishish uchun, albatta mablag‘lar sarf qilinadi. Aniqlik katta bo‘lsa 
(quyim qancha kichik bo‘lsa) shuncha ko‘p mablag‘ sarflanadi: uskunalarga, 
asboblarga va lozim bo‘lgan ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘p mablag‘ sarflanadi. 
Bunda mablag‘lar sarfi bilan erishilgan aniqlik orasida to‘g‘ri chiziqli bog‘liqlik 
yo‘q (2.2-rasm). 


42 
2.2-rasm. Mablag‘lar sarfining quyim va IT ishlash aniqligiga bog‘liqligi. 
Aniqlik (IT) ortishi bilan yoki quyim kamayishi bilan mablag‘lar sarfi (S) 
jiddiy ortadi. Mana shu ishlash aniqligi va mablag‘ sarfi orasidagi munosabat 
muammosi texnologik jarayonlarning asosiy muammolarining birinchisidir. 
Zagotovka aniqligi harakteristikalariga qarab ishlash rejimi, texnologik 
asbob-uskunalarni (masalan, moslamalar) loyihalash, boshqa uskunalarni tanlash, 
detal aniqligini olish hisoblari va boshqa texnologik moslamalar aniqlanadi. 
Avtomobil, stanok, dvigatellar va boshqa mahsulotlarni zagotovkalarini 
quyish, bosim ostida ishlash, prokatlash, elektr uchqun va boshqa usullarda olish 
mumkin. 
Quyma zagotovkalarning aniqligi quyish usuliga bog‘liq. Gil-qumdan 
yasalgan qoliplarda qo‘lda quyma olishda zagotovka massasi (og‘irligi, hajmi) 
chegaralanmagan. 
Bu usul bilan cho‘yan, po‘lat, rangli metallar qotishmalaridan quyma 
olinadi. Agar qolip mashinada tayyorlansa (formovka) zagotovka aniqligi oshadi, 
lekin massasi 10 tonnadan oshmaydi. Qobiqli shaklga quyilsa, massasi 0,15 
tonnadan kam bo‘ladi. 
Aylanma harakat shaklidagi detallar uchun markazdan qochirma usuldan 
foydalanib, zagotovka quymasini olish maqsadga muvofiq. Bu usul bilan cho‘yan, 
po‘lat, rangli metallar qotishmalaridan quyma olinadi: Massasi 0,01 dan 1 
tonnagacha bo‘ladi. 


43 
Agar zagotovkalarning soni 300 donadan ortiq bo‘lsa, unda erigan metal, 
metal qoliplarga – “Kokilga” quyiladi. Massasi 0,25-7 tonna. Rangli metallar 
qotishmalari, zagotovkalar soni ko‘p bo‘lganda, bosim ostida quyib, zagotovka 
olinadi. Massasi 0,1 tonnadan oshmaydi. 
Quymalarning 
chiziqli 
o‘lchamlaridagi 
quyim 
ularning 
nominal 
o‘lchamlariga bog‘liq, hamda quymaning aniqlik sinfiga bog‘liq. Bularning har biri 
davlat tomonidan belgilanadi (Ba’zan korxonani o‘zi belgilashi mumkin). Masalan, 
Rossiyada nominal o‘lchami 4-10000 mm bo‘lgan quymalar uchun standart 
bo‘yicha 16 sinf aniqligi ko‘zda tutilgan. 
Bosim ostida olingan zagotovkalarning aniqligi ham, olish usuliga bog‘liq. 
Massasi – 250 tonnagacha bo‘lgan pokovkalar molotlarda-bolg‘alarda erkin 
bolg‘alash usuli bilan olinadi. Uglerodli, legirlangan va mahsus po‘latlar ham erkin 
bolg‘alanadi. 
Molot va presslarda shtamplangan zagotovkalarni aniqligi yuqori bo‘ladi. 
Bosim ostida ishlangan zagotovkalarning aniqligini to‘g‘rilash yo‘li bilan ko‘tarish 
mumkin. Bunda zagotovkaning qiyshayganligi va egilgani to‘g‘rilanadi va bu issiq 
yoki sovuq holda olib boriladi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin