1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

2.5. Birikma (yig‘ma) aniqligi 
Birikma ikki yoki bir qancha detallar yig‘masidir. Detallar aniqligi yoki 
butun mashina aniqliklari bir-birlari bilan chambarchas bog‘langan. Mashinalarni 
yig‘ishda detallarni bir-birlariga nisbatan joylashish xatoligi vujudga keladi. Bu 
holat mashinaning o‘z vazifalarini to‘la bajarish qobilyatini pasaytiradi va birinchi 
navbatda – mashina ishonchliligini kamaytiradi. 
Mashinadan to‘g‘ri foydalanilsa, u nisbatan kam buziladi. Mashina ko‘proq 
tashqi faktorlar ta’sirida ishdan chiqadi. Masalan, yeyilish natijasida mashina 
buziladi. Bu yig‘ilayotgan detallar xatoliklari bilan chuqurlashadi. Mashinadan 
foydalanish iqtisodiyoti detal va detallarning yig‘ma aniqligi bilan chambarchas 
bog‘langan. Agar detal aniqligi ortsa, yig‘ish davridagi harajatlar kamayadi. 
(to‘g‘irlash (podgonka) – ishlari kamayadi). Lekin, detalni ishlash uchun ketgan 


47 
harajat ko‘payadi. 2.3-rasm, a da 1- chizig‘i detalni ishlash uchun ketgan 
sarflarning o‘zgarishini ko‘rsatadi (kvalitet quyim IT ga qarab). 2 – egri chizig‘i 
detallarni yig‘ishga ketgan harajatini ko‘rsatadi. Egri chiziq 3 esa mahsulot 
tayyorlash uchun ketgan harajatlar yig‘indisini ifodalaydi. 
Mashinadan foydalanishni umumiy ishlash davri uchun sarf qilingan 
harajatlarni chiziq 4 ko‘rsatadi (2.3-rasm, b). 
2.3-rasm. Birikmalarni hosil qilishda harajatlarning o‘zgarish grafigi. 
Agar bu harajatlarni egri chiziq 3 harajatlari bilan birlashtirilsa, jamiy egri 
chiziq 5 hosil bo‘ladi. Jamiy harajatning eng kam zonasi chapga surilgan, ya’ni 
detallar va yig‘ish aniqligiga qo‘yilgan quyimlarning kichik tomoniga (aniqlik 
katta bo‘lgan tomoniga) surilgan. Bu ishlash va yig‘ish davridan texnolgik tahlil 
qilishni hal qiluvchi nuqtasidir. 
Agregatlarning asosiy o‘lchamlari va ularning joylashishini aniqlovchi 
o‘lchamlar mashinaning yoki buyumning umumiy ko‘rinishida ko‘rsatiladi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin