50
4-strukturasi, fazaviy va kimyoviy tarkibi o‘zgargan zona. U detalni ishlab
chiqarish va ekspluatatsiya qilish davrida hosil bo‘ladi, uning qalinligi ko‘p
hollarda 0,01...0,1 mm ni tashkil etadi.
Detal yuzasidagi notekisliklar, yuza qatlamining strukturasi, fazaviy va
kimyoviy tarkibi uning fizik-kimyoviy va ekspluatatsion xossalariga ta’sir qiladi.
Umuman mashina detallarining ishlash ishonchliligiga yuza qatlami katta
ta’sir ko‘rsatadi. Ekspluatatsiya davrida detalning yuza qatlamiga kuchli fizik-
kimyoviy ta’sir ko‘rsatiladi: mexanik, issiqlik, magnitoelektrik, yorug‘lik,
kimyoviy va boshqalar. Detalning xizmat vazifasini yo‘qotishi va uning ishdan
chiqishi ko‘p hollarda yuzadan boshlanadi, masalan charchash yorig‘larini hosil
bo‘lishi, yeyilish, erroziya, korroziya.
Yuza qatlamini detalning fizik-kimyoviy va ekspluatatsion xossalari bilan
bog‘liqligi 3.2-rasmda ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: