64
boshqa fizik-kimyoviy jarayonlar), suyuq holatdan qattiq holatga o‘tish
davridagi
fazaviy o‘zgarishlarni turli xil kechishi (suyuq vannalarda sementatsiya, metallarni
elektrolitik cho‘ktirish, quymani kristalanishda kirishishi), shuningdek qattiq
holatdan gaz holatiga o‘tish va aksincha (azotlash, ionlash, po‘latni gaz yordamida
sementatsiya qilish).
Real sharoitda qoldiq kuchlanish turli faktorlarni bir vaqtda ta’siri natijasida
hosil bo‘ladi: mexanik, issiqlik va fizik-kimyoviy.
Murakkab qotishmalardan yasalgan detallar plastik deformasiyalanganda
qoldiq kuchlanishlar bir vaqtni o‘zida plastik deformatsiya va fazaviy o‘zgarish
jarayonlari kechishi bilan bog‘liq. Detalni kesish natijasida uning yuzasida hosil
bo‘ladigan makro kuchlanishlarning tarqalishini, ikki faktorning ta’siri
orqali
tushuntirish mumkin, mexanik (plastik deformatsiya) faqat siquvchi kuchlanish
hosil qiluvchi, va issiqlik (yuza qoplamni qizishi), cho‘zuvchi kuchlanish hosil
qiluvchi.
Metallarni kesish jarayonida kesuvchi asbobning orqa yuzasi ishlov
beriladigan yuza
bilan ishqalanish hisobiga, yuzaning tashqi qatlami cho‘zilib,
plastik deformatsiyalanadi, metalning chuqurroq qismi elastik cho‘ziladi.
Keskich kesib o‘tgandan so‘ng, elastik cho‘zilgan ichki qatlam siqilishga
harakat qiladi, ammo bunga tashqi plastik deformatsiyalangan qatlam halaqit
beradi. Natijada tashqi qatlamda siqilish kuchlanishi, ichida – cho‘zilish
kuchlanishi hosil bo‘ladi.
Kesish jarayonida metalning tashqi qatlami qizishi natijasida cho‘ziladi,
ammo bunga sovuq ichki qatlam yo‘l qo‘ymaydi, bundan kelib chiqadiki,
tashqi
qatlam cho‘ziladi, ichki siqiladi. Jadal qizishda yuzadagi kuchlanish oqish
chegarasidan oshib ketadi, bu esa metalning tashqi qatlamini plastik
deformatsiyalashga olib keladi. Keyingi sovitishlar natijasida tashqi qatlam siqilish
plastik deformatsiya qiymatiga teng bo‘lgan o‘lchamgacha siqiladi. Bunga ichki
qatlamdagi elastik kuchlanish to‘sqinlik qiladi. Natijada tashqi qatlamda cho‘zish
kuchlanishi, ichki qatlamda esa siqilish kuchlanishi hosil bo‘ladi.
65
Shunday qilib, kesishdagi ishlov berish sharoitiga
qarab mexanik yoki
issiqlik faktori hisobiga yuzada cho‘zilish makrokuchlanishi hosil bo‘ladi. Bu
sxema buzilganda, ya’ni, kesish jarayonida fazaviy o‘zgarishlar yuz bersa, ba’zi
hollarda mexanik va issiqlik faktorlariga nisbatan yuzada
Dostları ilə paylaş: