1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

Yuzaning g‘adir-budirligi
– bu yuza relefini tashkil etuvchi kichik qadamli 
noteksiliklarning yig‘indisidir.
 
Mexanik ishlov berishdan keyingi g‘adir-budirlik – bu kesuvchi asbobning 
(metal yoki abraziv) geometrik izidir. 


55 
Zagotovkani kesuvchi asboblar bilan yo‘nib detallar tayyorlashda ularning 
sirt yuzalarida turli darajada g‘adir-budirliklar hosil bo‘ladi. Jumladan, xomaki 
yo‘nib, ishlovdan keyin sirt yuzaga qaralsa, ko‘zga tashlanadigan, nafis ishlovdan 
keyin esa ko‘z ilg‘amas g‘adir-budirliklar bo‘ladi. Sirt yuzadagi bu g‘adir- 
budirliklar darajasi asosan mikroskop ostida kattalashtirilib ko‘riladi va ular 
zagotovka va keskich xossasiga, keskich geometriyasiga, kesib ishlash usuliga, 
rejimiga, 
moylovchi-sovutuvchi 
suyuqliklardan 
foydalanilgan 
yoki 
foydalanilmaganligiga va boshqalarga bog‘liq. 
Shuni aytish joizki, sirt yuzada g‘adir-budirlik darajasi qancha katta bo‘lsa, 
detallarning puxtaligi, korroziyaga bardoshligi shuncha kamayadi. 
GOSТ 2309-79 bo‘yicha g‘adir-budirlik darajasi 14 sinfga ajratiladi va ular 
o‘z navbvtida yana a, b, va v razryadlarga bo‘linadi. Sinflar tartib raqamidagi son 
ortgan sari sirt yuza g‘adir-budirligi kamayadi. 
G‘adir-budirliklar chizmada profil balandligi Rz profilning o‘rtacha 
arifmetik profilidan tafovuti Ra ishora ko‘rinishida ko‘rsatiladi. 
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, 1 5; shuningdek, 13 14-sinf g‘adir-
budirliklari Rz bo‘yicha, 6 12-sinf g‘adir-budirliklari Ra bo‘yicha aniqlanadi. 
Bunda 1 2- sinf g‘adir-budirliklarini aniqlashda baza uzunligi (I) 8mm, 3 4-sinf 
uchun 0,9, 9 11-sinflar 0.25 mm va 12 14-sinflar uchun 0,08 mm olinadi. 
R
z
bo‘yicha g‘adir-budirlikni aniqlashda baza uzunligi chegarasida g‘adir-
budirlikning beshta eng baland nuqtasi bilan beshta eng past nuqtalari orasidagi 
masofa o‘rtasidan o‘tgan o‘rta chiziqdan o‘lchanadi. 
G‘adir-budirlikni Ra bo‘yicha aniqlashda profilning ayrim nuqtalaridan o‘rta 
chiziqqacha bo‘lgan masofalar oraliqlari o‘lchanib aniqlanadi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin