1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

Tekshiruv savollari 
1.
Yuza qatlam nima va uni detalning fizik-kimyoviy va ekspluatatsion 
xossalari bilan bog‘liqligi qanday? 


70 
2.
Sirt noteksliklarini va yuza qatlam fizik-kimyoviy holatini aniqlovchi 
parametrlarini aytib bering? 
3.
G‘adir-budurlik, to‘lqinsimon va yuza qatlamining fizik-kimyoviy holatini 
o‘lchash usullari va vositalarini aytib bering? 
4.
Yuza qatlamining asosiy qismlarini aytib bering? 
5.
Yuza qatlamini detalning ekspluatatsion xossalari va ishonchliligiga 
ta’sirini tushuntirib bering? 
6.
Yuza qatlam parametrlariga ishlov berish usullari va rejimlari qanday ta’sir 
qiladi? 


71 
IV BOB 
MEXANIK ISHLOV BERISHDAGI XATOLIKLAR 
 
Asosiy tushunchalar 
 
Ishlab chiqarishda albatta detal aniqligini buzuvchi xatoliklar vujudga 
keladi. Bularning sabablari juda ko‘p. Xatoliklar kelib chiqish sabablariga qarab 
ikki xil bo‘ladi: sistematik va tasodifiy. 
Sistematik xatoliklar ham o‘z navbatida sistematik doimiy va sistematik 
o‘zgaruvchan xatoliklarga bo‘linadi. Sistematik doimiy xatoliklar xatolik 
ko‘rilayotgan detallar guruhi uchun doimiy hisoblanadi. Masalan, stanokning
moslamaning, keskichning (parma, protyajka va h.k.) xatoliklari. Sistematik 
o‘zgaruvchan xatoliklar ma’lum qonuniyat bo‘yicha o‘zgaradi: keskichning 
yeyilishi, stanok-moslama-asbob-detal (SMAD) tizimining temperatura ta’sirida 
deformatsiyalanishi. Sistematik xatoliklarni oldindan hisobga olish mumkin. 
Tasodifiy xatoliklarni oldindan bilib bo‘lmaydi. O‘z nomi bilan, xohlagan vaqtda 
vujudga keladi va yo‘qoladi. Masalan, qirqish kuchining o‘zgarishi, qiytim 
qalinligini o‘zgarishi va h.k. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin