54
To‘lqinsimonlik balandligining Wz qiymati quyidagi qatordan olinadi: 0,1;
0,2; 0,4; 0,8; 1,6; 3,2; 6,3; 12,5; 25; 50; 100; 200 mkm.
To‘lqinsimonlikning eng katta balandligi W
max
– l
w
bazaviy uzunlikdagi
bitta to‘liq to‘lqinda o‘lchangan to‘lqinsimonlik profilining eng katta va eng kichik
nuqtalari orasidagi masofaga aytiladi.
To‘lqinsimonlikning o‘rtacha qadami S
w
– bazaviy uzunlikda profilning
m
w
o‘rtacha chizig‘i bo‘yicha o‘lchangan qo‘shni to‘lqinlarning bir xil tomonlari
orasidagi S
wi
masofaning o‘rtacha arifmetik qiymatiga aytiladi:
(3.2)
Amaliyotda to‘lqinning balandligi va qadami ishlatiladi. Ishlab chiqarishning
bazi bir sohalarida to‘lqinsimonlik faqat uning balandligi orqali baholanadi.
Masalan, dumalash podshipnigining halqasini jilvirlashda (diametr 18...120 mm) H
sinf (0 sinf) to‘lqinsimonlik g‘adir-budirlikning 40...110% ni, S sinfi bo‘yicha esa
(11…13-kvalitet) -15...60% ni tashkil etadi.
To‘lqinsimonlikni universal asboblar (indikator, induktiv o‘zgartirgich,
optimetr, proyektor va boshqalar), yuza g‘adir-budirligini va shakldan og‘ishni
tekshirish asboblari (kruglomer, profilometr-profilograf va boshqalar), shuningdek
mahsus o‘lchovchi asboblar-volnograf va volnomerlar yordamida o‘lchash
mumkin.
Ko‘p hollarda to‘lqinsimonlik yuzaning fizik-kimyoviy holatini o‘zgartiradi,
bu esa mashina detallari va uzellarning ekspluatatsion xossalarini o‘zgartirishga
olib keladi (ishqalanish va yeyilish, yuzani nurni qaytarish qobilyati, yuzalarning
germetik qobilyati, o‘rnatish aniqligi).
To‘lqinsimonlik yuzalarning va detalni mashina birikmasida o‘zaro
joylashishiga ham ta’sir ko‘rsatadi, o‘zaro bir-birini tortib turishga (natyag) va ular
orasidagi bo‘shliq (zazor) ning qiymatiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: