1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

3.2. Yuzalarning g‘adir
-
 budirligi va to‘lqinsimonligi 
 
Qandaydir usul bilan ideal to‘g‘ri yuza olish mumkin emas. Haqiqiy 
detalning yuzasi nomukammalliklardan holi emas. Nomukammallik to‘g‘risidagi 
nuqtai nazar qarashning masshtabiga bog‘liq. Yuzaning to‘g‘ri geometrik 
shaklidan og‘ishni makro-mikro va submikroskopik o‘lchamlarda qarash mumkin. 
Detalning makro geometrik og‘ishlari haqiqiy yuzaning katta yuzalarida qaraladi. 
U aniqlikni tavsif qiladi; mikro geometriya – kvadratning tomonlari 10 mm dan 10 
mkm gacha bo‘lgan kichik yuzalarda qaraladi. Yuzaning geometrik shakli 
to‘g‘risidagi fikr yuritish 
g‘adir-budirlik
deb ataladi. 
Submikroskopik notekisliklar kvadratning yon o‘lchamlari 1 dan 10 mkm 
gacha bo‘lgan yuzada qaraladi. Geometrik nomukammalliklar yuzaning 
molekulyar strukturasi bilan aniqlanadi. Bu soha hozirda mukammal 
o‘rganilmagan. Adabiyotlarda bu sohaning o‘rganish asosan zamonaviy asbob-
uskunalarga bog‘liq deb tushuntirilgan. 


51 
Nanotexnologiyaning rivojlanishi, shuningdek yetarli darajada asbob-
uskunalarning yaratilishi detal yuzalarining submikroskopik, nanodarajalarda 
o‘rganishga imkon beradi. Shu narsa ma’lum bo‘ldiki, zarrachalarning o‘lchami 
100 nm dan kichik bo‘lganda materiallarning fizik-mexanik va fizik-kimyoviy 
hossalari keskin o‘zgaradi. 
Yuzalarning geometrik og‘ishlari qadam uzunligi S ning noteksliklar 
balandligi H ga nisbatida ham qaraladi: agar S/H >-1000 – makroskopik 
chetlanishlar yoki to‘g‘ri geometrik shakldan og‘ish (konussimonlik, ovallik, 
botiqlik va boshqalar), agar S/H 50 dan 1000 gacha bo‘lsa, yuza to‘lqinsimon va 
agar S/H < 50 bo‘lsa, yuza g‘adir-budir (sheroxovatost) bo‘ladi (3.3-rasm). 
Yuzaning g‘adir-budirlik va to‘lqinsimonlik parametrlari va ularni 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin