1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


I BOB  MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI ASOSLARI



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

I BOB 
MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI ASOSLARI 
 
1.1. Mashinalarni ishlab chiqarishning xususiyatlari 
 
Mashinalarni ro‘yobga chiqarish bir qancha murakkab jarayonlarni o‘z 
ichiga oladi: bu loyihalash, ishlab chiqarish va mashinalarni sinash. Amalda, 
odatda tajribaviy namunaviy mashinalarni loyihasi tajriba-loyihalash byurosida- 
“opitno-konstruktorskoye byuro (OKB)” da amalga oshiriladi. Mashinalar asosan 
seriyalab ishlab chiqariladi. Bu namunaviy mashinalarni ishlab chiqarishni tajriba 
sexlarida bajariladi. Mashinasozlikda mashinalarni ishlab chiqarish xususiyatlari 
uning o‘lchamlari, vazifalari va ularga qo‘yilgan taktik-texnik talablarga bog‘liq. 
Mashinasozlik mahsulotlari o‘zining bir-qator xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Mashinasozlikni 
ko‘p 
detalliligi 
va 
ularning 
turli-tumanligi. 
Mashinasozlikda har xil mexanizmlar, dvigatellar, asbob-uskunalar, o‘lchagichlar 
soni juda ko‘p. Detallarning sonlari va turlari juda ko‘pdir. Bular har xil texnologik 
jarayonlarni qo‘llashni talab qiladi. 
Ishlatilayotgan 
materiallarning 
turlari. 
Mashinasozlikda 
turli 
materiallardan foydalaniladi. Materiallardan buyum yoki mashina detallari 
tayyorlanadi. Mashinasozlikda quyidagi materiallarning turlaridan foydalaniladi: 
cho‘yanlar, po‘latlar va ularning qotishmalari, rangli metallar va ularning 
qotishmalari, plastmassalar, rezinalar, metalkeramikalar, kompozitsion materiallar, 
nanokompozitlar va boshqalar. Ushbu materiallarning ko‘pchiligi ishlashning 
yangi texnologik jarayonlarini qo‘llashni talab qiladi. 
Mashinasozlik detallari shakllarning murakkabligi. 
Ba’zi mashina 
detallarini bikrsizligi (nejostkost) va murakkabligi mahsus ishlov berishni talab 
qiladi. Masalan, qanot qoplamalari, o‘lchamlari katta oddiy tunika list tarzida bikr 
bo‘lmagan shaklda bo‘ladi. Bularni ishlash uchun mahsus texnologiya va mahsus 
dastgohlar kerak. Mashina detallarini o‘lchamlari bir necha millimetrdan (vint, 
gayka va hokazo) bir necha metrgacha boradi. Bu ham mashinalarni ishlab 



chiqarishni qiyinlashtiradi. Jami bo‘lib, yig‘ilish davrida aniq o‘lchamlarni olishni 
qiyinlashtiradi. Shuning uchun mashinasozlikda ishlash va yig‘ish aniqligini olish 
uchun mahsus usullar qo‘llaniladi.

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin