Barometr –
Atmosfera bosimini o‘lchaydigan asbob.
Bikrlik – Buyumlarni, konstruktsiyalarini tashqi kuch ta’siridan
deformatsiyalanishga qarshilik qilish qobiliyati.
Birliklar sistemasi – Fizik kattaliklarning birliklar sistemasi.
Bolg‘alanuvchanlik –
Metall va qotishmalarning bolg‘alashga, kiryalashga,
presslashga, prokatlashga moyilligi.
Bo‘lish kallagi – Frezerlash stanoklarining ishlov berilayotgan detalni
bo‘laklarga bo‘lib, mahkamlab yoki birorta holatda ishlash.
Berkituvchi zveno – Buyum yoki mashina detallariga aniqlik bo‘yicha
qo‘yilgan talablar bo‘yicha yig‘ish aniqligining asosiy o‘lchashning zvenosidir.
Bo‘shatish –
Metallarga toblashdan keyingi termik ishlov berish usuli.
Toblangan po‘latni mo‘rtligini kamaytirishi va plastikligini oshirish uchun
qo‘llaniladi.
Galvanotexnika –
Elektrolitik, cho‘ktirish usulida metal va metalemaslarga
metal qoplash jarayoni.
Gubchak –
(Stupitsa) g‘ildirakning o‘q yoki val kirgiziladigan
teshikligining markaziy qismi.
Detal –
Bir jinsli yaxlit bo‘lgan, mashina bo‘lagi.
Diffuziya –
Moddaning biror muhitda kamayishi, tarqalish.
Elektorerrozion ishlov berish – elektr toki bilan emirib ishlov berish.
Elektro kimyoviy ishlov berish – elektroliz usuli bilan, elektrolitda ishlov
berish.
Eruvchi modellar yordamida quyish – qobiqli qoliplarga metall
qotishmalardan shakldor quymalar quyish usuli. Quyma o‘tga chidamli material
bilan qoplangan qobiq ichida hosil bo‘ladi, olingan quyma yuqori aniqlikda bo‘ladi