Elektr uchqun bilan ishlash – elektr errozion ishlov berishning bir turi,
kerosin suyuqligida turgan qovushqoq, mustaxkam detal sirtida juda qisqa
razaryadlari hosil bo‘ladi, issiq ajraladi, u yuzani tozalaydi va yemiradi, quyma
naqshlar, kichik teshiklar, izlar, shtamplar olish mumkin.
Jilvir qog‘oz – donador abraziv materialdan tayyorlangan abraziv qog‘oz.
Jilolash –
Material sirtiga oynadek silliq ishlov berish.
Kavsharlash –
Qoplash uchun eritilgan kavshar metalni detal yuzasiga
yugurtirish.
Kokilga quyish –
Metal qoliplarga erigan metallarni quyish.
Likvatsiya –
Qolipga quyilgan suyuq metal, qotish davrida qotgan metal
yuzasida cho‘kish hosil bo‘ladi.
Zagatovka – keyinchalik ishlov berib tayyor buyum olinadigan chala
mahsulot.
Zazor (bo‘shliq) – mashinasozlikda tutash detallarining sirtlari orasidagi
masofa, tirqish.
Yo‘nib kengaytirish –
oldindan
ochilgan teshiklarni yo‘nib kengaytirish,
keskich bilan ishlash.
Katod – kimyoviy tok manbaining manfiy elektrodi.
Kukun metallurgiyasi –
metal kukunlarini, ma’lum t° da qizdirib, presslab
olinadigan detal, qattiq qotishma yoki asbob materiali.
Mashina vaqti – insonning aralashuvisiz mashinani ish bajarish uchun
ketgan vaqti.
Mashinalarni yig‘ish – tayyor detallar, uzellarni va agregatlarni ma’lum
tartibda bir-biriga biriktirshdan iborat.
Mashinalarni sozlash – mashinalarni ishga tayyorlash, jihozlash, rostlashga
oid operatsiyalar majmui.
Mexanizm – jism xarakatini boshqa jismlarning talab etiladigan xarakatiga
aylantirib beruvchi jismlar sistemasi.
Perforator – axborotni teshik ochish yo‘li bilan yozib oladigan qurilma.