1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

-59- 
baholab bo‘lmaydi. Uning to‘g‘risida keragidan ortiqcha ko‘p kitoblar, maqolalar, 
esdaliklar, sahna asarlari yaratilgan. Ammo ular bir-biriga o‘xshamaydi, bir-birini 
inkor etadi. Bu yozma manbalarning ba’zilarida Temurning ijtimoiy-siyosiy va davlat 
faoliyati xolisona va ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan bo‘lsa, boshqa birovlarida 
g‘arazlik, ochiqdan-ochiq dushmanlik, ko‘rolmaslik jarayonida turib, sub’ektiv fikr 
va xulosalar ilgari surilgan. Bunday manba asarlarining mualliflari ulug‘ bobolarimiz 
Amir Temurni «qonxo‘r», «bosqinchi», «kallakesar», va hokazo deb tuhmat qiladilar. 
Masalaning eng ayanchli va mudhish tomoni shundaki, G‘arbiy Yevropaning ilg‘or 
mamlakatlari Angliya, Fransiya, Germaniya va boshqalarda ilm-fan va davlat 
arboblari Temurga ijobiy baho berib, ilmiy, badiiy va sahna asarlari yozganlar, uni 
e’zozlab o‘quv yurtlari dasturlariga kiritganlar va muzeylar tashkil etganlar. Masalan, 
nemis olimi Dagenxard 1913- yildayoq Yevropa sharqshunoslarining Amir Temur va 
temuriylar davriga bag‘ishlangan asarlar ro‘yxati bibiliografiyasini chop etgan edi. 
Taniqli fransuz olimlari L.Keren «Temerlan yoxud sohibqiron salatanati» va 
Jan Pol Ru «Temerlan» nomli kitoblarida har biri amir Temur haqidagi 100 dan ortiq 
asar ro‘yxatini keltirgan bo‘lsalar, «Ulug‘bek astranomiya sultoni» (Parij – 1994) 
nomli to‘plamda 40 asr, «Samarqand 1400-1500: Tamerlan poytaxti: saltanat va 
uyg‘onish yuragi» (Parij – 1995) nomli asarda 27 kitob haqida ma’lumot berilgan. 
Abdulhay Habibiyning 1974 yili Tehronda nashr etilgan 1018 sahifadan iborat 
«Temur davri san’atlari» nomli asari Amir Temur va temuriylar sulolasi tarixi, 
majaniyati va san’atiga oid kitob va risolalar ro‘yxati hamda dunyoning qaysi 
kutubxonalarida saqlanayotganligi bilan tanishtirishga bag‘ishlangan. «Ahmad Zakiy 
Validiy asarlarining tartibi» kitobida 23 asar va kitob ko‘rsatilgan (Yosh Leninchi 
gazetasi 1991 yil 1 iyun) yoki N. Muhiddinovning «Temuriylar tarixi-xalqimiz tarixi» 
maqolasida temuriylar sulolasi to‘g‘risidagi 44 dan ortiq manba, asarlar ro‘yxati 
berilgan (Fan va turmush 1992 yil 11-12-sonlar). Akademik B.Ahmedovning 
«Tarixdan saboqlar» va «Amir Temur» asarlarida sohibqiron va temuriylar sulolasi 
haqida ko‘pgina tarixiy hamda hozirgi zamonda chop etilgan kitoblar tahlil berilgan. 


-60- 
Rus sharqshunoslari ham XIX asrning II-yarmidan Amir Temur shaxsini 
o‘rganishga astoydil kirishganlar. Eng avvalo, bir qancha xorijiy davlatlarda chiqqan 
asrrlar 
rus tiliga 
tarjima 
qilingan. 
Masalan, 
taniqli 
sharqshunos olim 
N.Ostroumovning tashabbusi bilan va uning rahbarligida frantsuz tilidan tarjima 
qilingan «Temur tuzuklari»ni va E.M. Langleyning «Temur hayoti» nomli asarlarini 
ko‘rsatish mumkin. Bulardan tashqari Kastiliya qirolining elchisi Rui Gonsalez de 
Klavixoning «Amir Temur saroyiga sayohati kundaliklari» 1990 yili Moskvada 
«Nauka» nashriyotida qayta nashr etildi. N.Likoshin o‘zbek tilidan Amir Temurning 
«Tarjimai holi»ni 1894 yilda rus tilida nashr qilgan. T.N. Granovskiy, M.I. Ivanin, 
D.N. Logofet, L.Zimin, I.I. Umnyakov va boshqa bir qator rus sharqshunoslari Amir 
Temurning sarkardalik mahoratiga e’tibor berilgan maqolalarni chop ettirishgan. Rus 
temurshunosligida ayniqsa, salmoqli o‘rinni mashhur akademik V. V. Bartoldning 
chuqur tadqiqotlari «Turkiston mo‘g‘ul istilosi davrida», «Ulug‘bek va uning davri» 
kitoblari, hamda taniqli sharqshunos A.Yu. Yakubovskiyning «O‘zbekiston xalqlari 
tarixi»ning Amir Temur va temuriylarga bag‘ishlangan bo‘limi, uning 
hammualliflikda B.D. Grekov bilan yozgan «Oltin O‘rda va uning qulashi» va boshqa 
bir necha maqolalari muhim o‘rinni egallaydi. Bu va bir qator ko‘zga ko‘ringan 
temurshunoslarning maqolalari 1922-yili nashr etilgan katta hajmli to‘plamda 
berilgan. 
Vatanimiz va davlatchiligimiz tarixida sohibqiron Amir Temur alohida o‘rinda 
turadi. Ulug‘ bobomiz shaxsining murakkabligi munozarali muammo emas. Shu 
boisdan ham Amir Temurga baho berganda uni bir xil andoza va o‘lchov bilan 
baholab bo‘lmaydi. 
Shuni chuqur taassuf bilan ta’kidlamoq lozimki, XX asrning 60-80 yillarida 
markscha-lenincha mafkura tayziqi ostida bo‘lgan ayrim sovet tarixchi olimlari Amir 
Temur shaxsini «faqat qora ko‘zoynak orqali» talqin etadilar. Ular Amir Temur 
bobomizni «qonxo‘r», «bosqinchi» va h.k. deb atadilar. Sobiq sho‘rolar davrida 
markscha-lenincha mafkura hukmronligi tufayli Amir Temur haqida ijobiy fikr 
bildirilgan asar yoki maqola yozish u yoqda tursin, buyuk vatandoshimizning hatto 


-61- 
nomini ham tilga olish ta’qiqlab qo‘yilgan edi. Amir Temurning nomi faqat qora 
bo‘yoqlarda o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarga kiritildi. 
Amir Temur va temuriylar sulolasi tarixini chuqur bilish nima uchun zarur? 
Birinchidan, o‘z tarixini, nasl-nasabini, merosini bilmagan millatning kelajagi 
bo‘lmaydi. Chunki har bir xalqning o‘z tarixi mavjud. O‘z tarixini bilmagan, uning 
ijobiy va salbiy tajribalarini o‘rganib, tegishli xulosalar chiqarmagan xalq bugungi 
hayotning qadrini va muammolarini tushunib eta olmaydi, o‘z kelajagi haqida aniq 
tasavvurga, puxta ishlangan dasturga ega bo‘la olmaydi. Biz kelajagi buyuk 
O‘zbekistonni barpo etishga kirishgan ekanmiz, bobokalonimizning ulug‘ hayoti va 
faoliyati bizga katta ishonch, intilish, qattiyat va kuch-quvvat baxsh etadi. 
Ikkinchidan, Amir Temur va temuriylar tarixini har tomonlama chuqur 
o‘rganish faqat ilmiy va ma’rifiy ahamiyat kasb etib qolmasdan, tarbiyaviy va amaliy 
ahamiyatga ham egadir. Bu davrda shikllangan va rivojlangan tarix saboqlaridan 
mustaqillik yo‘lida foydalanish zarur. 
Tarix har bir insonni o‘z vataniga muhabbat, sadoqat, o‘z xalqining o‘tmishi 
qaqida aniq tasavvurga ega bo‘lish, uning hozirgi kuni va kelajagi bilan g‘ururlanish 
ruhida tarbiyalashning muhim vositalaridan biridir. Shu boisdan Amir Temur va 
temuriylar davri tarixini o‘rganish va tahlil qilish hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini 
yo‘qotmagan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin